Shaxtali pechlar
Download 0.5 Mb.
|
yuqori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Elektr energiyasida ishlaydigan pechlar
Pechning tuzilishi. Pechni fundamenti monolit temir-betondan tayyorlangan. Fundamentning ustiga qalinligi 50 mm bolgan choyan plitalar joylashtirilgan. Plitalarga betondan tayyorlangan qatlam qoyilgan (4- rasm).
Mis boyitmasini eritishga mo‘ljallangan kislorod mash’al pechi. 1- kislorodli gorelkalar ornatiladigan joy; 2-gaz chiqish joyi; 3- pech; 4-apteyk Pechning ishchi tagi (leshed) uch qator olovbardosh gishtdan yasalgan: eng pasti-eni 230 mm bolgan shamot, orta qismi 230 mm magnezitoxromit va ichki ishchi qatlami 460 mm bolgan magnezitoxromit gishtdan tayyorlangan. Pechning yon tomoni magnezitoxromit gishtdan yasalib, eni 810 mm, bosh va oyoq tomonlarining qalinligi 920 mm. Pechni ustki qismi (shipi) 460 mm qalinlikdagi magnezitoxromit gishtdan tayyorlangan. Pechni mustahkamlash uchun eni 15 mm bolgan polat kojux, 55 nomerli qoshtavr va 55 mm li polat tyagalar ishlatiladi. Shlak pechdan 2 ta suv bilan sovitiladigan misdan yasalgan leyka orqali shlakovozlarga chiqariladi. Shteyn shpur va sifonlar orqali kovshga quyiladi, kovshlardagi shteyn mostovoy kran bilan konvertorga quyiladi. 3.Elektr energiyasida ishlaydigan pechlar Elektr eritish pechlari rangli metallurgiyada qotishmalar, metallarni olishda va xomashyoni eritishda qollaniladi. Hozirgi paytda rudalarni elektr eritishda rangli metallurgiyada quyidagi turkumdagi pechlar qollanilmoqda: - jarayonda boradigan kimyoviy jarayonlarga asosan oksid-lovchi va tiklanuvchi elektro-eritish; - xomashyoni eritish jarayoniga tayyorlash boyicha: ruda va boyitmalar uchun kuydirilgan materiallarni maydalangan material-larni aglomerat va briketlarni; - oxirgi mahsulot boyicha: shteynga xomaki metall olishga; Barcha elektr eritish pechlari 3 yoki 6 ta elektroddan tashkil topgan bolib, pechning geometrik korinishi togri tortburchak va silindr shaklida bolishi mumkin. Bunday pechlarni ruda - termik pechlar deb ham nomlanadi. Bu pechlarning asosiy texnik korsatkichi issiqlikning foydalanish koeffitsientini 60-80% gacha, vanna ichidagi haroratni 1500-1700°C gacha kotarishi mumkin. Pechlar devorining qalinligi 900-1200 mm gacha bolib, u oz navbatida 3-4 qator magnezitli, xrommagnezitli va shamotli otga chidamli gishtlardan terilgan. Pechlarning asosi metall ustunlar bilan mahkamlangan bolib, texnika xavfsizligini taminlash uchun zarur. Ruda-termik pechining korinishi Pechlarning elektrodlari grafitdan, yoki tozalangan komirdan tayyorlangan bolib, ularning uzunligi 800-1400 mm gacha boradi. Elektrodlar maxsus uskunalarga ornatilgan bolib ular gidro-kotargichlar yordamida pechning ishchi hajmiga avtomatlashgan va mexanizatsiyalangan boshqaruv orqali tushiriladi. Rangli metallurgiyada kop hollarda silindr shaklidagi ruda-termik pechlar qollaniladi. Uning oziga yarasha bir qator qulaylik tomonlari mavjud. Ulardan biri elektr pech kichkina yuzani egal-laydi, uni boshqarish har tomonlama qulaydir. Hozirgi kunda qora metallurgiyada yoyli polat eritish pechlari keng qollanilib kelinmoqda. Bu pechlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bolishi bilan bir qatorda ularni boshqarish toliq avtomatlashtirilgan. Quyidagi rasmda yoyli polat eritish pechining umumiy korinishi berilgan. DSP 200 markali yoyli polat eritish pechi. 1-elektrodlarni mahkamlash sistemasi; 2-vertikal ustun; 3-elektrodlarni harakatga keltiruvchi mexanizm; 4-pech shipini kotaruvchi mexanizm; 5-nasos; 6-aylanuvchi tumba; 7-pechni harakatlantiruvchi mexanizm; 8-lulka; 9-aylashtirish mexanizmi; 10-11 ishchi kozgu; 12- pechning asosi; 13-shipning karkasi; 14-portal; 15-elektronlar; 16-egiluvchan kabel. Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech ikkita mustahkam balkaga ornatilgan bolib, u butun konstruktsiyani kotarib turadi. Pechning ustki qismiga harakatlanuvchi shiftidan iborat bolib, uni harakatga kelitirish uchun maxsus mexanizm bilan taminlangan. Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi. Pechning ichki qismi 500-800 mm gacha otga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga elektrodlar ornash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon davomida vertikal yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi. Rangli va qora metallurgiyada xomashyoni eritish va xomaki metallarni tozalashda zavonaviy hisoblangan induksion pechlar qollaniladi. Bu pechlar asosan alyuminiy metallurgiyasida, mis va qorgoshin metallurgiyasida, polat ishlab chiqarishda samarali hisoblanadi. Xomaki misni tozalash uchun mo‘ljallangan ILK-6 markali induksion pechning ko‘rinishi Shaxtali pechning ishchi bo‘shlig‘i to‘g‘ri burchakli, dumaloq, chuziq doira shaklidagi kesimga ega bo‘lgan shaxtadan iborat. Temir rudasidan cho‘yan erituvchi vagrankalar va boshqalar shaxtali pechlar turkumiga kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling