Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmalarini loyihalash


Download 1.97 Mb.
bet1/11
Sana12.08.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1666534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmalarini loyihalash


Mundarija




Kirish…...……………………………………………………...………………...4


Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmalarini loyihalash……………………….. 5
Nasos turini tanlash………………………………………………………………8
Suv quvurlarni hisoblash va ularni tanlash……………………………………...10
Ish rejimini aniqlash.……………………………………………………………..11
Nasos elektr yuritgichini tanlash.…………………………………………….......14
Suv chiqarish qurilmaning texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari.…………………..14
Bosh ventilator qurilmalari……………………………………………..……......26
Konlarni normal shamollatish uchun zarur bo’lgan havo miqdori……………....27
Ventilator turini tanlash.………………………………………………................29
Elektr yuritgich turini tanlash.……………………...............................................32
Kon korxonalarining pnevmatikqurilmalari.…………………............................. 33
Kompressor turini tanlash....................................................................................... 37
Pnevmatikqurilmaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari........................................ 40
Adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………………58

Kirish

Turg’un mashinalar kon ishlab chiqarish mashinalarining asosiy turlaridan biri bo’lib, ularga kon korxonalarida ishlatiladigan suv chiqarish qurilmalari,ventilator qurilmalariva kompressor qurilmalari kiradi.


Zamonaviy ruda konlari va shaxtalarda turg’un mashinalar keng qo’llanilib, ularning iqtisodiy samarali ishlashi kon korxonalarining samarali ishlashiga ta’sir qiladi.Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, shaxtada ventilator qurilmasining ma’lum qisqa vaqtga ishlamay qolishi konchilar hayotini xavf ostiga qo’yadi yoki suv chiqarish qurilmalarini ishdan chiqishi shaxtani suv bosishiga olib keladi.
Turg’un mashinalarning uzluksiz va iqtisodiy samarali ishlashi ularni ish jarayonida ish rejimlarini to’g’ri o’zgartirish kon korxonalarining iqtisodiy samarali ishlashi va foydali qazilmalarning tannarxini pasayishiga olib keladi.
Ushbu mashinalar uzoq muddat davomida uzluksiz va samarali ishlashi shart, chunki ularning tannarxi yuqori bo’lib, korxonalar uchun ko’p kapital mablag’ talab qiladi.
Turg’un mashinalarning turlari ko’p bo’lib, ularni hisoblash, to’g’ri tanlay bilish, o’rnatish, rejimlarini o’zgartirishni bilish bo’lajak mutaxassislarga qo’yiladigan talablardan biridir.
Turg’un mashinalarning kon sanoatida qo’llanilishi uzoq o’tmishga borib taqaladi.Yuk ko’tarish va suv chiqarish qurilmalarining ishlatilishi konchilik ishlari boshlangan davrga to’g’ri keladi. Qo’l kuchi bilan ishlaydigan porshenli nasoslar bundan 300 yil oldin Gretsiyada ishlatilgan.
XVIII asrga kelib Rossiyada shaxtalarda porshenli nasoslar 100 metr chuqurlikdan suv chiqargan, bunda nasos yer ostida joylashgan bo’lib uni suv chig’irig’i harakatga keltirgan va uzun shtanga yordamida harakat chig’irig’idan nasosga uzatilgan.
M.V.Lomonosov "Metallurgiya va kon ishlarining birinchi asoslari" asarida ruda konlarida ishlab turgan ventilator, suv chiqarish qurilmalarini ta’riflab undan tashqari ushbu mashinalarning yangi turlarini taklif qilgan.
Peterburg akademiyasining a’zosi taniqli matematik Leonard Eyler 1754 yili markazdan qochma turbomashinalar nazariyasini ishlab chiqqandan so’ngushbu mashinalar kon sanoatida keng ko’lamda qo’llanila boshladi.
1832 yili rus kon injeneri general leytenant A.A.Soblukov markazdan qochma ventilatorning orginal tuzilishini taklif qildi va 1835 yilda birinchi markazdan qochma nasosni ixtiro qildi.
Rus olimi professor P.A.Time o’z ilmiy tadqiqotlari bilan kon mexanikasiga asos solgan. P.A.Timening "Kon injenerlari va texniklarining spravochnigi", "Kon zavod mexanikasi" va boshqa asarlari ko’plab muhandislar yetishib chiqishiga dastur bo’lib xizmat qildi. Akademiklar M.M. Feodorov, AP. German, A.S. Ilichev, V.S.Pak, professorlar V.B.Umanskiy, G.M. Elanchik, V.G.Beyer va boshqalar turg’un mashinalarning hozirgi zamonaviy darajaga yetishiga katta hissa qo’shdilar.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling