Shayboniylar davrida Karmananing ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, hamda unda muhim rol o’ynagan shaxslar tasnifi


Download 48.32 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi48.32 Kb.
#1019792
  1   2   3

Shayboniylar davrida Karmananing ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, hamda unda muhim rol o’ynagan shaxslar tasnifi
Botirov Nodir Sadir o’g’li
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) yo’nalishi magistrant talabasi.
Inoyatov Ahmad -Mustaqil tadqiqotchi.
Annotatsiya:Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasi davridagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayot, Karmanada (Buxoro xonligi) da faoliyat olib borgan avliyolar, shayxlar, ularning faoliyati qisqacha talqinda keltirilib o’tilgan bo’lib, ularning sa’y-harakatlari bilan olib borilgan tadbirlar, Shayboniylar davrining jtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy hayotidagi o’rni beqiyosdir. Maqolada keltirib o’tiladigan shaxslar: Hazrati Azizon Mavlono Vali, Qosim Shayx Azizon, Shayx Xudoydod Valiy o’z davrining yetuk din ulamolari Karmanada o’z ijodlari bilan mashg’ul bo’lib, ilm-u ma’rifatga hissa qo’shibgina qolmay, ular o’zining taqvodorligi, do’stlariga sadoqati, halollik va to’g’rilikda sobitqadam bo’lganligi, barcha muammolarni tinchlik yo’li bilan hal qilishga, muridlar tarbiyalashga va o’z xalqi farovonligi uchun olib borgan ishlari bilan Shayboniylar sulolasi Karmana tarixida alohida iz qoldirishgan. Ulardan qolgan asarlar o’sha davrning tarixiy voqealarini ochib berishda muhim o’rin tutadi. Mazkur maqola Shayboniylar sulolasi davrida Karmananing shuningdek, ushbu hududdan yetishib chiqqan shaxslarning faoliyatiga alohida urg’u beradi.
Kalit so’zlar: Shayboniyxon, Abdullaxon II, Karmana, quddisa sirraxu, xonaqoh, otaliq, qushbegi, qarluq, qipchoq, jaloyir, qozoq, Hazrati Azizon Mavlono Vali, Qosim Shayx Azizon, Shayx Xudoydod Vali, tasavvuf, Kufin, Saranj, silsila, murid, nohiya.
Kirish qismi: Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) Movarounnahr hududiga XV asr oxiridan egallashni reja qilib tayyorgarlik ko’radi va asosiy harakatni XVI asr boshlarida amalga oshirib, dastlab Temuriylar poytaxti Samarqandni egallashga harakat qildi. Birinchi urinish muvafaqqiyatsiz bo’ldi, ikkinchi urinishda esa (1501) Samarqand egallandi va o’z nomi bilan ataluvchi sulolaga asos soldi. Qadimda o’zbek hududlari deb atalgan yurt Turkiston, Darband, Xorazm, Atsrobod, Xurosongacha bo’lgan hududlar o’zbek yerlari deb nom oldi [1]. Asosiy qism: 1509-yil Shayboniyxon Xurosonda yurgan davrda Burunduqxon boshchiligidagi qozoqlar Karmana, Miyonkol va Sug’d atroflariga hujum qilib, katta qirg’in o’tkazadi. U yerdagi xalqlarni mol-mulkini talab mehnatga yaroqli aholini qul qilib haydab o’z hududlariga olib ketishadi. Xurosondan qaytgan Shayboniyxon Miyonkolga kelib ahvolni ko’radi, yondirilgan, vayron etilgan bo’sh qolgan qishloqlarni ko’rib, Miyonkol xalqiga qish kelishi bilan o’ch olishga va’da beradi. Qish kirishi bilan 300 mingga yaqin qo’shinni olib qozoqlarga qarshi yurish boshlaydi. Qozoqlarni katta qismini dinsiz ekanligini bilgan Shayboniyxon ularni islom diniga kiritadi, bosh tortganlarni qilichdan o’tkazadi. Shayboniyxonning qishda bu harbiy yurishining sababi Sirdaryoning muzlagan daryodan o’tishi oson bo’lganligidir. Qora Abdol degan joydan o’tib, Jonish Sulton, uning ukasi Tanish Sulton va Jonish Sultonning o’g’li Ahmad Sultonlarni qurshovga olib mag’lub etadi. Burunduq Sulton esa bu orada yashirinishga ulguradi. Ammo Shayboniyxon o’ljalarni shunchalik ko’p oladi-ki, behisob don, otlar, tuyalar va boshqa mollarni bir yil davomida tashib Samarqand va Buxoro tomonlarga olib keladi. Yuz mingga yaqin xotin-xalaj, bolalar, g’ulomlar, qullarni Samarqand, Buxoro, Karmana, Miyonkolga olib keladi. Shayboniyxonning bergan va’dasi ustidan chiqqaniga butun xalq guvoh bo’ladi[2]. Shayboniyxonning vafotida keyin (1510) avlodlari hukmronlikni davom ettiradi, shulardan Karmanada faoliyat olib borganlari haqida to’xtalsak, quyidagi ma’lumotni keltirib o’tish joiz: Iskandar Sulton-Jonibek (v.1529) bin Xojag’um bin Abulxayrning o’g’li. (Jonibek Sulton Shayboniyxonning amakivachchasi bo’lib, Movarounnahr fath etilganda, dastlab u (1503-1509-yilda) Farg’ona (Axsi) da, so’ng (1510-yilda) Karmanada o’g’illari bilan hukmronlik qilgan va 1529-yilning 20-martida Karmanaga qarashli Miyonkol nohiyasining Kufin qishlog’ida vafot etgan. Uning 12 nafar o’g’li bo’lib, shulardan Iskandar sulton, (to 1561, IV, gacha) Isfandiyor sulton, Kepak sulton (bir oz vaqt Sog’arjda ham), Rustam sulton (v.1554) lar asosan Karmana atrofidagi nohiyalarda, Kistan Qaro sulton esa 1526-yildan 1544-yilgacha va Pirmuhammadxon 1546-yildan 1567-yilgacha Balx viloyatlarini boshqarganlar). Iskandar sulton Jonibekning Toshkent hokimi Mahmud Koshg’ariy (Boburning tog’asi) qizi bo’lmish xotinidan dunyoga kelgan farzandidir va u 15 yoshida Samarqand So’g’di (Miyonkol) ga qarashli Ofarinkent nohiyasida hokimlik qilgan, otasi vafot etgach Karmanaga uning o’rniga keladi. O’g’li Abdullaxon II (tug’. 940/1533) 1550-1555-yillar oralig’ida Toshkent hokimi Navro’z Ahmad (Baroq) xondan Karmana, Miyonkol yerlarini qaytarib olib, Buxoroni ham qo’lga kiritgach (1561), amakisi Pirmuhammadxon (Balx hokimi, 1556-yili Navro’z Ahmad o’lgach bosh xon deb e’lon qilingan) ga Buxoroni berib, o’zi Balxga ketmoqchi bo’ladi, biroq, bu shartdan norozi Dinmuhammad otasi Pirmuhammad chetda payti Balxni egallab, otasi o’rniga o’zini xon deb e’lon qiladi. Abdullaxon II Pirmuhammadning bu ishidan g’azablanib, yosh jihatdan bosh xonlikka (Pirmuhammadxondan keyin) loyiq bo’lgan otasini Buxoroga keltirib, shu 1561-yili bosh xon deb e’lon qiladi. Iskandar sulton yoshligida jangari, irodali kishi bo’lgan esa-da, keyinroq taqvoga juda berilib ketgan edi. U taniqli tasavvuf olimi, Mahdumi A’zam Kosoniy (1461-1543) ning muridi va shogirdi edi. (Jaloliddin Ahmad Kosoniy – Mahdumi A’zam, asli farg’onalik, 1514-16-yillarda Jonibek sulton taklifi bilan Karmanaga keladi, keyin Ubaydullaxon huzurida Buxoroda turadi. Iskandar sulton, Isfandiyor sultonlar unga yoshligidan murid bo’lib, ta’lim olishgan.) Iskandar sulton deyarlik davlat ishlariga aralshmagan, shu sababli Nisoriy “Muzakkiri ahbob’’ni bosh xonga emas, Abdullaxon II ga bag’ishlagan va Iskandar sultonni faqat oliy hukdor sifatida madh etgan [3]. Qadim Buxoro (Karmana) Miyonkoli o’zining olim-u ulamolari, hunarmandlari, ilm sohiblari bilan butun Movarounnahrda o’z mavqeyiga ega bo’lgan sersuv, serhosil, tabiati bilan xalqlarni o’ziga jalb qilgan voha hisoblanadi. Turk-islom dunyosidagi buyuk mutasavvif olim, Sharq tasavvufida chuqur iz qoldirgan “Yassaviya tariqatining asoschisi Hoja Ahmad Yassaviyning izdoshlaridan biri’’ Hazrati Azizon Mavlono Vali quddisa sirraxu bo’lib u zot (1461-tavalludi,1532-vafoti) Hazrati Shayx Xudoydod Valiyning xos shogirdi va birinchi xalifalaridan hisoblangan. Hazrati Azizon Mavlono Vali quddisa sirraxu, u kishi zohiriy va botiniy ilmlarni jamlagan oriflar namunasi, olimlar sultoni, fuqarolar hujjati, taqvodorlar yordamchisi, zamona yagonasi, xosi-omga maqbul bir inson edilar, bu silsila u kishiga nisbatlanadi [4].
(Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Valiy 866 hijriy (1461-1462 milodiy) yilda hozirgi Navoiy viloyati hududiga qarashli Karmana yaqinidagi Saranj (Sharanj) tog’ mavzesida tug’ilgan. 939 hijriy (1532 milodiy) yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumani, G’azira qishlog’ida vafot etgan. O’z davrida yassaviya tariqatining ko’zga ko’ringan yetuk vakili, peshvosi bo’lgan. U kishining hurmat va e’tibori zamon podshohlari nazdida ham baland bo’lgan. Shayboniyxon, Jonibek Sulton, Bobur Mirzo, Abu Saidxon, Ubaydullaxon kabi hukmdorlar Shayxni o’zlariga pir bilib, maslahatlariga amal qilishgan) [5]. Hazrati Mavlono Vali Azizon juda taqvodoru parhezkor bo’lganlar. O’sha davrda Buxoro xoni Abdullaxon II Miyonkolda bo’lganida bir kuni Vali Azizonga kiyik go’shtini hadya qilib olib keladi, u zot olmaydilar. Debdilar: ”Gap kiyikda emas, gap shundaki, kiyikni ushlagan jondor qaysidir qassobning go’shtidan yeb chopgan, ortidan minib choptirilgan ot qaysidir faqirning arpasini yeb chopgan. Biz ahd qilganmiz, bunday shubhali narsalarni olmaslikka ma’zurlimiz’’ va ul kiyik go’shtini rad etibdilar. Abdullaxon esa umrlari oxirigacha bu voqeani ko’p yodga olgan ekan [6].
Naql qilinishicha Qosim Shayx Azizonni Mavlono Vali Azizon madordod (tug’ma) avliyo der ekanlar. Hazrat Azizon Qosim Shayx talabalikdan to hayotlari oxirigacha Mavlono Vali Kuhizarriniy suhbatlarida bo’lib turganlar [7]. Samarqandda Hazrati Qosim Shayx Azizon ovqat pishirish va Mavlono Valiga tahorat suvi isitish uchun o’tin tashir edilar. Bir kuni qabriston chetida ko’rib qolgan o’tinlarni tahorat suvi isitish uchun olib kelayotganlarida bir tolibi ilm u kishini to’xtatib, ko’p beadablik qiladi. Oxirida u kishi debdilar: “Biz o’tinni So’filarga tahorat suvi isitish uchun olib boryapmiz, siz qaytaryapsiz. Sizni tahoratingiz turmay qolsin, deb duoyibad qilibdilar. O’sha zamondan haligi tolibi ilm salsabilul-bavl kasaliga yo’liqadi va tahorati turmaydigan bo’lib, umrining oxirigacha tuzalmabdi. Olloh bizni o’shandan saqlasin, omin [8]. Hazrati Azizon Shayx Vali Ko’hizarriniyning xalifalari Qosim Shayx Azizon Miyonkoliy umr bo’yi Shayx Xudoydod Valiyga, Shayx Azizon Valiga va boshqa ko’plab yurtimiz ulamolariga sidqidildan xizmat qilib, oriflar sultoni, buzruklar burxoni, o'sha vaqt qutbi, avliyolar madadkori, zamona yagonasi, avom xalqning murojatgohi, valiylik manbai va asosi, ilm sohibi, shariat belgilarini bayon etuvchi, tariqat qoidalarini ayon etuvchi, mutaqadimlar namunasi, mutaxxirinlar peshvosi, olam soliklariga ilohiy xazinalarni kashf etib beruvchi, avliyolar umidi, faqirlar tayanchi bo’lgan. Shayx Xudoydod Valiy ham, Shayx Vali Azizon va Qosim Shayx Azizonlar o’z davrida xonlar, sultonlar va beklarga o’z ta’sirlarini o’tkaza olishgan. Shayboniy sultonlardan Jonibek Sulton, Iskandar Sulton, Abdullaxon II lar, Samarqand va Kesh hamda Shahrisabz hokimlari bu zotlarning muridlari bo’lishgan. Hazrati Azizon Shayx Xudoydod Valiyning xalifalari Sayyid Miyonkoliy XVI asrda u zotning farmonlari bilan o’zlarining rahbarligida “Manoqibi Shayx Xudoydod Valiy’’ asarini yozgan. Hazrati Sayyid Miyonkol nohiyasidagi Kufinga qarashli Maydon dahasida vafot etadilar va o’sha joyda dafn qilingan. Hazrati Mavlono Vali ul zot qabrlari uzra sufa bino qilganlar. Mavlono Sayyid Miyonkoliy haqida “Lamahot’’ asarida quyidagi ta’rif aytib o’tilgan: “Taqvodorlar yetakchisi Mavlono Sayyid hofizi Qur’on va tariqatda to’liq ahliyatliklari bor hamda Shayx Xudoydod Valiyning qadim yoronlaridan edilar’’ [9].
Mavlono Vali haqida Muhammad Nosiriddin al-Xusayniy o’z asarida: “Buyuk ikki pir, ilm darg’alari Mahdumi A’zam Sayyid Ahmad Kosoniy hazratlari (1463-1542) va Hazrati Azizon Mavlono Vali Ko’hizarriniylarning so’nggi uchrashuvlarini tasvirlab, bu uchrashuvda Mahdumi A’zam o’z asarlarini Mullo Vali Azizonga hadya qilib beradilar. Bundan ikkalasining bir-birlariga muhabbatlari ziyoda bo’ldi va xayrlashdilar. O’sha yili Mullo Vali Azizon dunyodan o’tdi’’ deb yozadi [10]. Hazrati Mavlono Azizon Vali Ko’hizarriniy 1532-yilda vafot etganlar va vasiyatlariga binoan Hazrati Sayyid Miyonkoliyning yonlarida dafn etilganlar. “Lamahot’’ da yozilganki, tog’dan ariq qazib kelib qabristonga ko’plab daraxtlar o’tqazishgan. Muridlari aytishicha, Hazrati Qosim Shayx ariq qazishda qo’llariga cho’kich olib yer qazir, tosh maydalari yuzlariga uchib muborak yuzlariga tegib qonatar edi, shunda Mavlono Jomiyning ushbu baytlarini o’qib, cho’kichni toshga urar edilar:
Tosh kabi ishqingda xormanu bag’rimda tikonlar,
Har dam ul xordan jarohatimda ochilgay gulzorlar [11].
Mavlono Vali dunyodan o’tganlaridan so’ng, uch kun o’tgach, muridlari Qosim Shayx Azizon pirlarining Mavlono Boqi degan o’g’illariga chor tasbeh ayting deganlar. Uch kun o’tgach, Hazrati Qosim Shayx Azizon dedilar: bu kecha (tush) voqea ko’rdim, Hazrati Shayx Vali pirimiz dedilarki, biz sizni o’z o’rnimizga qo’yganmiz, Mavlono Boqeni emas! Bu (tush) voqeadan so’ng, Mavlono Boqening hamma as’hoblari Hazrati Azizon Qosim Shayxga murid bo’ldilar [12]. Shayboniy sultonlardan Abdullaxon II ning Hazrati Qosim Shayx Azizonga hurmati baland bo’lgan, doim u zotning duolarini olishga harakat qilgan, maslahatlariga quloq tutgan. Buni quyidagi misollardan bilib olish mumkin: 1. Abdullaxon II boshyalang va bo’ynida sirtmoq bilan Shayxning oldiga keladi. Shayx Karmanada edi, “meni Makkai Mukarramaga ketishimga ruxsat bering’’,- deydi. Men dushmanlar, ya’ni Dashti Qipchoq va Toshkent sultonlari bilan olishib charchadim, hatto ukam Xusrav Sultonni ham ular o’ldirishdi deb aytadi. Shunda Hazrati Qosim Shayx o’zlarining yaktagi va sallasini berib, otga endi o’tiring deydi va ortidan duo qiladi. Shundan so’ng hamma dushmanlari ustidan g’alaba qozongan Abdullaxon Shayx uchun xonaqoh qurdiradi va shu joyda Shayx hazratlari (hijriy 986/ milodiy 1578-79-yillarda qurilgan) hijriy 989/ milodiy 1581-yilda vafot etadi[13]. 2. Milodiy 1550-yilda Abdullaxon II o’z piri Qosim Shayxdan fotiha olib, birgalikda Karmana, Dabusiya qal’alarini himoyasiga kirishadilar. Abdullaxon II ning otalig’i Tinsayyidbiy qarluq urug’idan, uning ukasi Shohsayyidbiy hamda Ja’farxon qipchoq, Tinsayyid otaliq jaloyir, Navro’z qushbegi, Amir Abdulloh sadr, Amir xalifalar bu ikki qal’ani saqlash uchun mas’ul etib belgilandi [14]. Qosim Shayx hazratlarining Abdullaxonning mamlakatni boshqarishida faol ko’mak berganligi ham ul zotning yurt ravnaqi uchun beqiyos hissasidan dalolatdir. “Abdullanoma’’ da shunday jumlalar keltirib o’tilgan: Ul hazratning kimyoxosiyat xayollarida butun viloyat jamiyatini birlashtirish, turli (tabaqadagi) xalqni yaxshi kun kechirishi, mamlakat va mulkning osoyishtaligi, yaxshilarga himmat va iltifot (ko’rsatish) bo’lgan, doimo sultonning qarzini talab qiluvchilarini, sud amaldorlarining zo’rlash va man etishlarini tugatishda, xos va avomlarga nisbatan ma’murchilik hamda obodonchilik (yaratishda) to’la tirishqoqlik ko’rsatib, ul hazratning (ya’ni Abdullaxonning) madad hamda yordamlarini jahonning turli tomoniga yetkazgan, bor kuchi va harakati bilan barcha shahar hamda mamlakatlardagi o’jarlar ahlining jabr, bedodlik va zo’rlik qo’lini kishilarning umid cho’ntagiga (kirmasligi uchun) kalta qilgan [15].


Zangi ota silsiasi
Zangi ota
Sadr ota
Jamol Shoshiy
Hasan bin Jamol
Shayx Alishayx


Shayx Pahlavon


Mavdud shayx
Xodim shayx
Shayx Jamol Buxoriy (Koshg’ariy)
Shayx Sulaymon G’aznaviy Sayyid Mansur
Shayx Xudoydod

Mavlono Ko’hizarriniy
Shayx Qosim Karminiy

Shayx Matn


Shayx Amin
Shayx Mansur Ota
Haziniy

Qosim Shayx Azizon, Shayx Xudoydod Valiy hamda Hazrati Shayx Vali Azizon Ko’hizarriniylar haqida gapirganimizda Sultonul-orifin Xoja Ahmad Yassaviy va u kishining izdoshlari Zangi ota hazratlari haqida va ularning faoliyati to’g’risida so’z yuritmasdan ilojimiz yo’q. Yuqorida aynan Zangi ota silsilasi keltirib o’tilgan. Chunki yassaviya tariqatini shakllantirgan Yusuf Hamadoniyning xalifasi bo’lgan Xoja Ahmad Yassaviy haqida shunday iboralarni o’qiymiz: “Mening asl xalifalarim Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja Abdullo Barraqiy, so’ngra Xoja Hasan Andoqiy, undan keyin Xoja Ahmad Yassaviydir. Xoja Ahmad Yassaviy o’z navbati bilan xalifalik qilganidan keyin biroz vaqt o’tgach, o’z vatani Turkistonga ketadi. So’ngra uning o’rniga sen xalifalik qilasan’’. Darhaqiqat shunday bo’lgan. Shayx Yusuf Hamadoniy bashorat qilib aytganidek, vaqti soati kelib, Xoja Ahmad Yassaviy Buxorodagi xonaqosini, barcha shogirdlarini Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyga topshirgan va o’z o’lkasi Turkistonga qaytib kelgan. Yassida madrasa va xonaqoh qurdirib, yangidan shogirdlar tarbiyasiga kirishgan. “Yassaviya’’ tariqatiga asos solgan, o’z ta’limotini Shosh viloyatidan boshlab boshqa viloyatlarga ham tarqata boshlagan. Musulmon olamidagi 99 ulug’ mutasavvif donishmandlar shayxni Xuroson va Turkiston yurtlari valiysi, hazrat Ahmad Yassaviyning eng mashhur shogirdlaridan biri Zangi ota hazratlari bo’ladilar. Bu zot Hakim otaning shogirdi bo’lib, nafaqat butun Toshkent viloyati o’rtasida, balki, barcha turkiy-islom dunyosi aholisi orasida dong’i ketgan yirik diniy-mazhabiy shaxs hisoblanadi. Uzun Hasan ota, Sayyid ota, Sadr ota va Badr otalar Zangi otaning atoqli shogirdlaridir. Zangi ota hijriy 656-yilda vafot etgan, Toshkent va Qovunchi oralig’idagi qishloqda dafn etilgan. “Zangi ota” atalgan bu joy turkiy-islom dunyosi aholisi orasida shu paytgacha muqaddas qadamjolardan biri sanaladi…[16]


Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy silsilasining davomchisi Zangi ota asl ismi Oyxo’ja ibn Tojxo’jadir (qora tusli bo’lganligi uchun “Zangi ota” deb atashgan). Zangi ota silsilasini kuzatib, Shayx Xudoydod Valiy, Shayx Vali Azizon va Qosim Shayx Azizonlarni “Yassaviya” tariqatining zabardast vakillari ekanini shohidi bo’lamiz. Ma’lumki, Ahmad Mahmud Haziniy “Javohirul-abror” asarida movarounnahrlik (miyonkollik) Shayx valilarni jumladan, Mansur ota, Hakim ota Boqirg’oniy, Sadr ota, Jamoliddin Shoshiy, Bobo Rushd, Xoja Alishayx, Polvon shayx, Shayx Mavdud, Shayx Xodim, Mulla Xudoydod, Mulla Vali Ko’hizarriniy, Qosim Shayx, Mulla Amin shayx, Sulaymon G’aznaviy kabi yassaviya ulug’lari bilan bog’liq manqabalarni keltiradi [17].

Download 48.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling