Shayboniylar sulolasi


Download 0.61 Mb.
bet6/29
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#193469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Abuturiyentlarga qo'llanma

Mulki xurriholisayrim shaxslarga, hukmdorlarga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om etilgan yer. Bunday yerlar soliqdan ozod hisoblangan.


Buxoro аmirligi

Mang’itlar sulolasi (1756-1920 yy)

  1. Muhammad Rahimbiy 1756-1758 (“amir ul-mo’minin” Buxoro mintaqasining diniy hukmdori)

  2. Doniyolbiy otaliq 1758-1785

  3. Amir Shohmurod 1785-1800 (“amiri ma’sum” / begunoh amir)

  4. Amir Haydar 1800-1826

  5. Amir Nasrullohon 1826-1860

  6. Amir Muzaffar 1860-1885

  7. Amir Abdullahon 1885-1910

  8. Said Olimhon 1910-1920


Mang’itlar sulolasi mansablari

1. Qushbegi (vaziri buzruk) – bosh vazir (eng katta davlat lavozimi bo`lib,unga barcha boshqaruv idoralari bo`ysungan)

2. Devonbegi –honlikning moliya-xazina ishlarini olib boruvchi shaxs (u Ark etagida yashagan, soliqlar undirish kabi ishlarni ham nazorat qilgan)

3. Ko`kaldosh-butun amirlik hududida do`stona yoki dushmanlik munosabatida bo`luvchilar haqida ma`lumotlarni to`plagan

4. Mushrif-amaldorlar xonga in`om etgan buyumlarni, hamda harbiy anjomlarni ro`yxatga olgan soliq tushumlarini yozib borgan

5. Mirshab-tungi shahar soqchilari boshlig`i vazifasini bajargan

6. Dodhoh-fuqorolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va hal etuvchi amaldor

7. Inoq-amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqga yetkazuvchi shaxs

8. Miroxur-amir otxonasining boshlig`i

9. Dasturxonchi-amir huzurida uyushtiriladigan ziyofat uchun mas`ul amaldor

10.Kitobdor - amir kutubxonasi boshlig`i

11.To`qsabo - harbiy qisim sarkardasi

12. Parvonachi - shaxslarni biror lavozimga tayinlanganda yorliqni shu shaxslarga yetkazuvchi amaldor

13. Sadr - vaqf mulklarini boshqaruvchi

14. Shayxulislom-musulmon jamoasi boshlig`(bu lavozim avloddan avlodga o`tadigan meros bo`lib,u qozilik hamda kundalik hayotda turli qonunlarga rioya etilishni ta`minlovchi hukumdorning eng yaqin kishisi )

15. Poytaxt qozisi (qozikolon) - davlat oily qozisi (sudyasi) amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlarida raxbarlik qiluvchi oily davlat lavozimi.(Qozikalon huzurida alam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan bo`lib ,ularning vazifasi jinoiy ishlarni sinchiklab ko`rishdan iborat bo`lgan.Qozikalon yana Shariatpanox deb ham ataladi)

16. Muftiy-qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-hududiy masalalar bo`yicha shariatga asoslanib fatvo beruvchi shaxs

17. Muhtasib(rais)-musulmonlar tomonidan shariat qonunlarining bajarilishini kuzatuvchi, bozordagi tarozini to`g`riligini tekshiruvchi shaxs

18. Rais va Qozi askar lavozimi (Amir Shoxmurod joriy qilgan)


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling