Shaydullayeva shahnoza


Soliq kodeksining 238-moddasida qòshilgan qiymat soliģi obyekti haqida ma’lumotlar keltirilgan.Qòshilgan qiymat soliģi obyektiga quyidagilar kiradi


Download 1.14 Mb.
bet2/3
Sana19.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1032592
1   2   3
Bog'liq
YUSHST ON-2

Soliq kodeksining 238-moddasida qòshilgan qiymat soliģi obyekti haqida ma’lumotlar keltirilgan.Qòshilgan qiymat soliģi obyektiga quyidagilar kiradi:
1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi.

Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish;
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o‘tkazish;
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o‘zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi;
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).

Qòshilgan qiymat soliģining stavkasi Soliq kodeksinjng 258-moddasida belgilab qòyilgan unga kòra ,qòshilgan qiymat soliģi 15 foizlik yoki nollik stavkada belgilanadi.
Soliq kodeksining 259-moddasiga muvofiq soliq davri bir oy.
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan aylanma
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);

3) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari g‘amlab qo‘yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling