Shaytanat asarida shaxs fojiasi tasviri
Download 0.57 Mb.
|
Shaytanat yangi
Xuddi shu yillari Mirzakalon ismli yigitcha ham Toshkentga, Erlar bilim yurtiga o’qishga keldi. Keyinchalik "Mirzakalon Ismoiliy" nomi bilan mashhur bo’lgan bu yigitcha Andijonning Buloqboshi qishloqiga tug`ilgan, so’ng yetimlik ozoriga chidolmay O’shdagi xolalarinikiga qochib kelgan, O’shda savod chiqargach, ilm istagida poytaxt sari otlangan edi. Keyingi yili singlisi Sanobarni ham Toshkentga olib keldi.Sanobar qizlar bilim yurtida o’qiy boshladi.
Abdumalik yosh zobitlar tashkil etgan havasorlik to’garagida, Sanobar esa bo’lajak muallimalar qatorida san'at to’garagida qatnashishar edi.Ikkovlari ham dutorni yaxshi chalar edilar. Ikki yosh havasmand san'atkorlar ko’rigida tanishdilar va oqibatda oila qurdilar. Abdumalik qobil o’g’li mashhur sarkarda Mirkomil Mirsharopov boshqargan O’zbek diviziyasida Sobir Raqimov kabi zobitlar bilan xizmat qildi. O’sha paytda poytaxt Samarqandda edi.Abdumalik bilan Sanobarning to’ng`ich farzandlari Samarqandda tug’ildi.Ular besh farzand ko’rdilar.Kenjalari Tohir urushdan keyin, 1946- yilning oxirida Toshkentda tug`ildi.Harbiylar hamisha ko’chib yurishgani sababli ularning o’z uylari bo’lmagan edi.1945-1947 yillarda Mirzakalon Ismoiliy Berlinda xizmat qilgani uchun oilasini ko’chirib ketgan, uning uyida singlisi oilasi bilan vaqtincha yashagan edi. "Taqdir taqozosi bilan tog’amning uylarida tug’ilibman, yozuvchilik ehtimol menga o’shandayoq "yuqqan"dir", deb eslaydi Tohir Malik.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling