She'r matni tahlili reja


O’quvchilarning qish fasli haqidagi dastlabki tushunchalarini aniqlash


Download 57.8 Kb.
bet2/4
Sana15.02.2023
Hajmi57.8 Kb.
#1202224
1   2   3   4
Bog'liq
SHE\'R MATNI TAHLILI

O’quvchilarning qish fasli haqidagi dastlabki tushunchalarini aniqlash.Buning uchun qish fasliga xos xususiyatlarni klaster metodidan foydalaniladi.

O’quvchilar tarmoqlash usulida qish fasliga xos xususiyatlarni yozadilar:


  1. Xattaxtaga mavzu - «Qish to’zg`itar momiq par» (Qudrat Hikmat) yoziladi. O’quvchilardan she’r muallifining yana qaysi she`rlarini o`qib o`rganganliklari va ularning qaysi mavzuda ekani haqida suhbat o`tkaziladi hamda shoir haqida qisqa ma`lumot beriladi:

- Qudrat Hikmat − isteododli bolalar shoiri. U qisqa umr ko’rgan. SHoir o’z ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag`ishlagan.
Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambag`al dehqon oilasida tug`ildi. Birinchi she’rlari 1945 yilda bolalar gazetalarida bosildi.
1960-yildan boshlab bolalar nashriyotida ishladi.
Uning «Mening Vatanim» (1950), «Baxtli bolalar» (1952), «Obodlik» (1953), «Do’stlik» (1954), «Rodnoy Uzbekistan» (1955) kabi qator she’riy to’plamlari nashr etilgan. Keyinchalik «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Daydi bola», «O’g`lim bilan suhbat» kabi kitoblari bosilgan. (Kitoblari ko’rsatiladi. Ular o’qishga tavsiya etiladi.)

  1. She’r bilan tanishtiriladi va o`quvchilarning she’rdan olgan dastlabki tushunchalari aniqlanadi

  2. She’r matni ustida ishlash o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish bilan bog`lab olib boriladi.

− Birinchi to’rtlikni o’qing. Unda qaysi so’z va iboralar o’z ma`nosida qo’llanmagan? Ularning qaysi ma`noda qo’llanganini izohlashga harakat qiling.
− Quyidagi to’rtlikning qaysi misralarida jonlantirish qo’llangan? Jonlantirish deganda nimani tushunasiz?
Mahalla-ko’y ko’chada CHuvurlashib qor kurar, Esib sovuq izg`irin:
Tezroq yur! — deb buyurar.
− Quyidagi to’rtlikning keyingi ikki misrasidagi so’zlarning ma`nosini tushuntirishga harakat qiling.
Pirpiratib ko’zini
Avtobuslar o’tadi. Qahraton qish hovurni
Mo’rkon kabi yutadi.

Download 57.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling