She’r tizimlari, Aruz she’r tizimi. Reja: She’r haqida ma’lumot. She’r — yurak tarbiyasi


Download 29.67 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi29.67 Kb.
#210897
1   2
Bog'liq
She’r tizimlari, Aruz she’r tizimi.

SHE’R — YURAK TARBIYASI

— She’r — ilohiy ne’mat deya e’tirof etiladi. Buning azaliy va abadiyligi ham barchaga ma’lum. Ayting-chi, she’rning mo»jizaviyligida qanday sir bor?

— She’riyat qadimdan, hali turog’u qofiyalar haqida tushunchalar bo’lmagan davrda ham, eng ibtidoiy zamonlarda ham mavjud bo’lgan. Chunki, fikrimcha, she’r hamisha inson tuyg’usi asosida yaratiladi.

Sobiq sho’ro davrida she’riyatdan, birinchi navbatda, ijtimoiylik talab qilinardi. Ijtimoiylik — bu doim jamiyatdagi muammolar yoki davlatchilik talablari bilan bog’liq hodisa. Muammolar yo’qoldimi, talablar o’zgardimi, ijtimoiy ruhdagi she’r ham o’z kuchini yo’qotadi.

Bundan yuz-ming yillar oldin yozilgan she’rlarda, birinchi galda shoir o’z tuyg’ulari bilan muxlis qalbini to’lqinlantirgan bo’lsa, yana yuz-ming yil keyin ham shu tuyg’ular o’quvchi yuragini hayajonga soladi va mana shu xususiyat bilan she’r she’rligini saqlab qoladi.

Har kimning o’z sevgan shoiri bor. Men Oybekni sevaman, yapon she’riyatiga qiziqaman. Yapon she’riyatida tuyg’ular yorqin tarzda ifodalanadi. Bir tinglab ko’ring-a:



Chetan devor yoqalab,
Kim kelsayam, gullagan
Olxo’ri gullarining
Atrini hidlamakka,
U mening do’stim bo’lur!

Zamonaviy she’riyatimizda, agar XX asr, xususan, sho’ro davri shoirlarining ko’p tomlik kitoblarini olib varaqlaganingizda tuyg’uga to’la she’rlar ozligini ko’rasiz. Ko’proq davrning ijtimoiy tomonlari aks etgan, o’sha zamon majburiyatlari bilan yozilgan she’rlar. Bu singari she’rlar vaqt o’tishi bilan o’zining aktualligini yo’qotib boraveradi. Masalan, Oybek 22 jildli asarlarida, aniqrog’i, shoirning she’rlari jamlangan 2-jildida (bir paytlar saralab kichkina to’plamcha qilganman) tuyg’ularga qurilgan she’rlar sanoqli. Bu hol o’sha davrda yashagan barcha shoirlarda mavjud.

Hamma zamonlarda ham she’riyat haqida bahs-munozaralar bo’lgan, she’riyatning ma’lum qirralari o’zgarib turgan. Qayta qurish davri yillarini eslasak, o’zbek she’riyati butunligicha ijtimoiylik xastaligiga chalingan edi. To’g’ri, bu davr talabi edi. Mana endi mustaqillik sharofati tufayli, she’riyatdagi bu talablarni tag-tomiri bilan uzib tashlash jarayoni boshlandi. Ammo, undan hali-beri qutulolmasak kerak. She’rbozlik, aslida shiorbozlik avjiga chiqayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi.

Yuragi go’zal bo’lishini istagan inson adabiyotga mehr qo’yadi. Birov she’riyatga, boshqa birov nasrga ixlosmand. Bizda hozir she’riyat ma’lum ma’noda chetga chiqib qolganday ko’rinadi, Biroq quyosh, oy bor ekan, yulduzlar bor eqan, she’riyat yo’qolmaydi.

— She’riyat, adabiyot ma’naviy hayotimizning bir bo’lagi. She’rda ham hayot, inson taqdiri mujassam. Ayrim kitobxonlar bor: she’rni tavsiflashni, mohiyatini bilishmaydi, faqat o’qish, yodlash bilan kifoyalanishadi. Bunday to’tiqushlik bilan ma’naviy boylik orttirish mumkinmi?

— Asl she’r sahna yoki maydonga chiqib o’qiladigan deklamatsiya, shiorlardan iborat matn emas. Bu yolg’iz qolganingda, ko’ngling nimalarnidir qo’msaganda ma’naviy quvvat va insoniy his bag’ishlaydigan bir mo»jiza. Asl she’r Allohning ne’mati. Shuning uchun ham inson ko’pincha unutilgan tuyg’ularini sog’inganda, ularni yana qaytadan qalbida uyg’otishni istaganida yo qismat chigalliklariga javob izlaganda kitob titkilab yaxshi she’rlarni topib o’qiydi. Shaxsan men uchun bu singari she’rlarni ko’proq mumtoz adabiyotdan izlayman: Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Mashrab, So’fi Olloyor, Huvaydo, Cho’lpon, Usmon Nosir…

Haqiqatan ham, she’rni tushunish hammaga ham nasib qilavermaydi.

She’riyat — ma’naviy hayotimizning ajralmas ruhi, komil insonlarning yo’ldoshi. Shunday ekan, uni o’qish ham ma’naviy insonning vazifasiga kiradi. Bundan endi hamma she’r o’qishi shart degan ma’no kelib chiqmasligi kerak. Umrini ma’no bilan to’ldirishni istagan inson she’r o’qiydi. Ma’naviyat degani ham aslida umrni ma’no bilan to’ldirish emasmi?

Agar bugungi yoshlarni nazarda tutadigan bo’lsak, ularning ota-onalari kitobga bo’lgan mehrni farzandlariga ham yuqtirgan bo’lishsa, kitobni sevishga o’rgatgan bo’lishsa nur ustiga a’lo nur.

Hayotiy fojialar ta’sirida ham kitobga mehr uyg’onishi mumkin. Biroq kitob, she’r, bu eng avvalo, yurak tarbiyasi. Yurak madaniyati.

Men hozir qullik qarshi kurashgan afro-amerikali yozuvchi Frederik Duglasning asoratdagi qavmdoshlariga qarata aytgan «O’qishni o’rgansangiz, umrbod ozod bo’lasiz» degan gapini esladim. Kitobni tanimagan, mutolaani bilmagan odam, muayyan ma’noda, qullik ichidadir. Uning tabiatida fikrsizlik urchiydi, vaziyat va muammo oldida itoatda yashaydi. Kitob insonga, uning fikriga qanot bag’ishlaydi, tubandan yuksakka ko’taradi. Bu masalada, ayniqsa, onaning kitobga yaqinligi har bir millat taraqqiyotida eng olamshumul o’rin tutadi. Millatda kitobxon onalarning ko’pligi uning kelajagiga ishonch bilan qarashning poydevoridir.

Yurak nur taratgan she’rda hayot bor, qismat bor, insoniyat mezoni bor. Butun his-tuyg’ular yurakda uyg’onadi, keyin butun vujudimizga o’tadi. Shu ma’noda maktablarda adabiyot o’qituvchilari adabiyot darsini yurakni tarbiya qilish asnosida, ya’ni she’rni sevishga o’rgatishsa, shu jarayonda o’quvchilarning yuragida hayotga muhabbatni uyg’ota olishsa, yaxshi ish bo’lardi. Chunki jamiyatning kelajagi, ravnaqi ham hozirgi yoshlarning tarbiyasi bilan bog’liq.

Hozirda maktabdagi adabiyot darsliklari vatan haqidagi she’rlar bilan chegaralanib qolgan. To’g’ri, har bir odam vatanparvar bo’lishi, avvalo, uning insoniy burchi, biroq hayot, tabiat go’zalligi, inson umriga daxldor bo’lgan boshqa turmush manzaralaridan ham bahramand bo’lishsa, o’quvchilarning dunyoqarashi kengayib, hayotni teranroq o’rganishadi.

— Shoir — ruhan ozod qush. Hurfikrliligi va erkinlikka topinishining boisi ham shundamikan?

— Hozirda shoir ko’p. Ammo she’rlar kam. Xat-savodi yo’q odam ham to’rtta so’zni birlashtirib, she’r yozdim deydi. «Asalim, g’azalim» deb, so’zlarni qofiyalashtirgan bilan she’r tug’ilmaydi. Qofiyabozlik — shoirga yarashmaydigan katta illat.

Shoir, birinchidan, shaxs bo’lishi kerak. U insonning mavjudligini, uning tabiatini asrashga, himoya qilishga qodir shaxs bo’lishi kerak. Bugun dunyo jiddiy o’zgardi. Bugun qo’liga qalam olishni emas, qo’liga qurol olishni istaydigan odamlar ko’paymoqda.

Asl shoir o’z fikr-zikri bilan ozodlikni xohlaydi. Insoniyatni asrab qolishga, uning ruhiyatini o’stirishga xizmat qiladi. Bu borada undagi vatanparvarlik, mehr-oqibat, insoniylik kabi yetuk fazilatlar tashviqot vazifasini o’taydi.

Sobiq sho’ro davrida, undan oldingi davrlarda ham ulug’ bobolarimizning she’rlari taftish qilingan, din bilan chog’ishtirilgan. Nega? Mohiyatan erkinlik, fikriy ozodlik, komillikka intilish singari ezgu maqsadlar bor bo’yicha aks etgan bu she’rlarda. Masalan, Boburni olaylik, shoh bo’lgan, taxtda o’tirgan. U xam insonlarning komillikka, ozodlikka erishishi uchun xizmat qilgan. Navoiy hokimiyat qudratiga ega bo’lgan. Xo’ja Ahror juda katta mavqe va boylikga ega bo’lgandayam, komillikka intilishni maqsad etgan, «Men o’zimni boylik eshigiga bog’lab qo’ymadim», degan. Bu haqida ko’p xalq rivoyatlari bor. Xullas, barcha haqiqatparvar, erksevar oydinlar komillik uchun intilgan, ozodlik uchun kurashgan va bu jarayonni o’z asarlarida aks ettirishgan.

— «Ota» she’ringizga alohida to’xtalmoqchiman. Bu she’r qo’shiq bo’lgani uchun emas, avvalo, ma’nan katta qiymatga ega bo’lgani uchun qadrli. Insoniylik, ms’hr-muhabbat, burch va fidoyilik singari fazilatlar odamni yana bir bor hushyorlikka, ezgulikka undaydi. Mana shu she’rning yaralish tarixi haqida…

— Ota haqidagi she’rga to’xtalmoqchi bo’lsam, yuragimda bir armon chuqur iz qoldirgan. Men Germaniya degan yurtning sharqiy qismida harbiy xizmatda burchimni o’tab yurgan paytda, otam vafot etganlar. Uzoq mamlakatdan salkam bir oy deganda otam mozori boshiga kela olganman.

Men otamning erka o’g’li bo’lganman. Otamdan erta ajralish hissi, so’nggi lahzalarda yonlarida bo’lmaganim, tobutlarini ko’tarmaganim armon bo’lib qolgan.. Oradan ancha vaqt o’tgandan keyin o’g’illik bo’lganimda, mana shu nevaralarni bir ko’rsalar edi, degan achchiq o’y uyg’ongandi yurakda. Endi bu insoniy bir dard. Ana shunda yozilgan bu she’r.

Ota-onam haqida ko’p she’rlar yozganman. Mana shunisi qo’shiqqa aylandi. Bu she’rning qo’shiq bo’lishi ham tasodif. Taniqli qo’shiqchi Azim Mullaxonov mashinada ketayotib, allaqaysi jurnalni varaqlab o’tirgan-da, shu she’rni o’qib varaqni yirtib olgan-da, keyin o’sha kuniyoq kuy bastalab, qo’shiq qilgan.

— Hozirda  yaratilayotgan qo’shiqlar matni haqida fikringizni bilmoqchi edim…

— Bugungi qo’shiqlar she’rdan emas, chalasavod havaskorlik darajasida yozilgan «tekst»lardan paydo bo’lmoqda. Bu «tekst»larda sir yo’q, hayajon yo’q, tuyg’u yo’q. She’r, oldin ham aytib o’tganimdek, aslida tuyg’u tilida yoziladi. Har bir she’r o’z siri, dunyosi bilan tug’iladi.

— Aksariyat shs’rlar pessimistik ruh bilan sug’orilgan. Bu mumtoz adabiyotimizda ham ko’zga tashlanadi. She’r chindan ham darddan tug’iladimi?

— Hazrat Navoiyda «Dardi yo’q inson inson emas» mazmunidagi satrlar bor. Chindan ham, dardi bo’lmagan odamning hayvondan farqi yo’q-da!

She’riyatdagi asosiy motivlardan biri bu — dard. Ammo, dardni pissimistik ruh natijasi deb qaramaslik kerak.

Dard hamisha yorqin tuyg’ular, insonning ko’nglini sug’oradigan tiriklik suvidir. Lekin odamning hayotdan ko’ngli qolsa, bu endi dard emas. Hayotdan norizolik qabilida yoziladigan she’rlarni xam she’r deb bo’lmaydi. Dard shunday bo’lishi kerakki, hayotga intilish, muhabbat bilan saqlanishi zarur. Dardlarning eng kattasi Muhabbatdir.

Doimo ezgulik bilan yovuzlik o’rtasida kurash ketadi, biroq ezgulik hamisha g’alaba qozonavermaydi. Lekin bu hammasi tugadi degani emas, kurash davom etaveradi.

— Bugungi milliy shs’riyatimizning qadr-qiymati borasidagi fikrlaringiz…

— Adabiyot shoirlarning soni bilan emas, saviyasi bilan belgilanadi. Hozirda yaxshi shoirlar bor. Ular yozishayapti. Xalqning, muxlislarning olqishlariga sazovor bo’lishayapti.

O’zbek she’riyatining ildizi baquvvat. U ko’p tanazzullarni ko’rgan bo’lsa-da, doim yengib kelgan.

— Muxlislarga tilaklaringizni bildirsangiz…

— Suhbatimizdan kelib chiqib, men, avvalo, yurak tarbiyasiga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini aloqida ta’kidlamoqchiman. Bu faqat she’r, adabiyot, umuman, kitob, mutolaa bilangina emas, san’at, musiqa, insonni ko’nglini yoritadigan barcha yaratuvchilikka qodir jabhalar bilan loyiq tarbiyalanishini istardim.



Alloh insonning qilgan ishlariga qarab emas, yuragiga nazar solib, yaxshi-yomonligini biladi. Shuning uchun faqat ezgu niyatlar bilan yashaylik. Bir-birimizning mehr-oqibatimizni unutmaylik. Doim yuragimiz tarbiyasiga e’tibor beraylik!

Aruz (arab.– arz qilmoq) – she’-riy o‘lchov, vazn. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari she’r tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan o‘zbek she’riyatiga arablardan o‘tgan.Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida ko‘rsatilishicha A. vodiy, rukn nomiga to‘g‘ri keladi, ko‘chma ma’noda "ustun" de-gani. A. nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning "Kitob al-aruz"i ("Aruz kitobi")da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda A.ning ilk namunalari islom kirib kelgungacha bo‘lgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, "Devonu lug‘otit turk"da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig"i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. A. avval arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya’ni cho‘ziq unli tovush bo‘lgan.Harakatlar bilan ko‘rsatiluvchi yana uchta unli – zabar –a, zer, – i, pish – u mav-jud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qo‘yib, ochiq bo‘g‘inlar hosil etilgan, yopiq bo‘g‘in undosh ustiga sokin (ko‘pligi sukun) alomati (–)ni qo‘yish orqali hosil qilingan. Cho‘ziq unlilar ochiq bo‘g‘inda sokinli deb tushu-nilgan va bunday bo‘g‘inlar, asosan, cho‘ziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta bo‘lib, ularning har biri 2 xil ko‘rinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Ko‘chma ma’noda, ikki misra she’rni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari bo‘lgan – arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular o‘z ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): –; sababi saqil (og‘ir sabab): (ko‘zi): W; vatadi majmu’ (yig‘iq vatad): (samar): V –; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) – 655V; fosilai sug‘ro (kichik fosila): (yura-gim): W –; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW –kabi turlarga bo‘linadi.Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil bo‘lgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (cho‘ziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: "faulun"da vatadi majmudan so‘ng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor.Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi ko‘rsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday o‘zgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (ma-failun) dan (failun) qoladi, uning o‘rnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyi-ladi. A.nazariyasida rukn va zihofdan so‘ng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil bo‘luvchi bahrlar (bunday baxrlar yet-tita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mu-tadorik Failunning takrorlanishidan hosil bo‘ladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatla-shib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mu-staf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafai-lun failatun mafailun failatun. Muj-tass: mustaf’ilun failatun mustaf’-ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafa-ilun. Madid: failatun fAilun faila-tun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: fai-lun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlana-di, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu. G‘arib (jadid) failatun failatun mu-staf’ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, so‘ng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafa-ilun.Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga bo‘linadi. Asl runklardan hosil bo‘lgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar dey-iladi. Solimlik va tarmoqlik xususiya-ti vaznlarga ham xos.A.ni tushuntirish vositalaridan biri – doira. Baxrlar tuzilishidagi o‘xshashliklariga ko‘ra doiralarga birik-tiriladi. Doiradan so‘ng taqti’ (parcha-lash) turadi. Bunda bayt ruknlarga aj-ratilib, vazni aniqlanadi, Taqgi’ til, yozuv va talaffuz bilan bog‘liq. A. haqidagi o‘rta asr nazariyasida shakl bilan mazmun o‘rtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. A.ni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda bo‘g‘in, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi.A. ga oid hozirgi zamon qarashi o‘zbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) bo‘g‘in qisqa va cho‘ziq bo‘g‘in vazifasini, yopiq (un-dosh tovush bilan tugagan) bo‘g‘in cho‘ziq bo‘g‘in va-zifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq bo‘g‘inlar o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in vazifasini o‘taydi. Ochiq bo‘g‘in cho‘ziq bo‘g‘in vazi-fasida ham, qisqa bo‘g‘in vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq bo‘g‘inning cho‘ziqlik darajasidagi tafovut oz. Ba’zi yopiq bo‘g‘inlardagi unlilar boshqa yopiq bo‘g‘inlardagi unlilarga nisbatan cho‘ziqroq bo‘lgani uchun yopiq bo‘g‘in doimo cho‘ziq yoki o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in o‘rniga o‘tishi mumkin. Ayrim yopiq bo‘g‘inlardagi un-dosh tovush ochiq bo‘g‘indagi undosh to-656vushdan ko‘p (qor, zulm), bunday yopiq bo‘g‘inlar misra ichida bir cho‘ziq va bir qisqa bo‘g‘in o‘rniga o‘tadi. Bunda qisqa bo‘g‘in "V", cho‘ziq bo‘g‘in "–", o‘ta cho‘ziq bo‘g‘in "so" belgisi bilan ko‘rsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush ora-sida qisqa "i" bordek aytiladi:Zor meni qilur ishq, G‘ -VV- V-coXor meni qilur ishq VV- V–so I II(Bobur, "Muxtasar") Bu baytdagi "zor", "xor" bo‘g‘inlarining har biri cho‘ziq va bir kisqa bo‘g‘in hisobiga o‘tgan, yuqorida "–V" belgisi bilan tay-inlangan. Ko‘pincha, misra ichida shun-day ko‘rsatiladi, aslida "so" belgisini qo‘yish ham mumkin. "Ishq" bo‘g‘ini misra oxirida kelganligi uchun "so" belgisi ishlatilgan. Mazkurbaytdagi II rukn to‘rt bo‘g‘inli, o‘lchovi ham "V–so"dir. Ammo "ishq", "ilm" kabi so‘zlar taqti’da o‘zlaridan keyingi unli bilan boshlangan so‘zlarga tutashadi, bunda so‘z oldingi vazifasini bajarmaydi.A.da ritm bo‘g‘inlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo bo‘ladi. Bo‘g‘inlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir so‘zning ikki ruk-nga bo‘linib ketishiga olib keladi: "hajring" – "hajring", ko‘nglumda" – "ko‘nglumda" kabi. Bu ritmni uyush-tirishning o‘ziga xos jihatlaridan bi-ridir. Ruknlar bir bo‘g‘inlidan olti bug‘inligacha-dir. Har bir misradagi ruknlar o‘zaro uyushib, vaznni yuzaga keltiradi. Ritm yaratilishi ruknlardan vazn hosil etishga ham bog‘liq: vaznlar bayt doirasida to‘rt ruknli (murabba), olti ruknli (musaddas) va sakkiz ruk-nli (musamman) bo‘ladi. Ritm yaratili-shining sabablaridan biri ritmik pau-zadir. Ritmik pauza misra oxiridagina emas, ichida ham bo‘ladi. She’riyatdagi pauza izchil, mutanosib, parallel va rit-mikdir. Boburdan keltirilgan har bir misrada ikkitadan rukn bo‘lib, rukn oxi-rida ritmik pauza yuzaga chikadi, ammo 1-rukn oxiridagi ritmik pauza bilan mis-ra oxiridagi ritmik pauza cho‘ziqlikda teng emas. Bu, avvalo, she’rda ifoda etil-gan mazmun va u taqozo etgan intonatsiyaga qaraydi. Misralar ichida, ba’zi ruk-nlardan so‘ng ritmik pauza bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday holat bir so‘z ikki ruknga bo‘linib ketganda uchraydi.A.da ritmni uyushtirishda turkum ham qatnashadi. Habibiyning "Ko‘klam", Er-kin Vohidovning "Lola" g‘azallaridagi har bir misra 14 bo‘g‘inli, lekin boshqa-boshqa vaznda. Ularning vaznlari turli-cha bo‘lsada, ritmda yaqinlik seziladi. Bu ikki g‘azal UniversitetUrtlik tur-kumga qarashli. Bu turkumda yana boshqa vaznlar ham bor. A.da miyerasi 4 bo‘g‘inligacha bo‘lgan she’-rlar mavjud. Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 -843), al-Maarriy va boshqa arab tilida; Sa’diy, Hofiz, Dehdaviy, Jo-miy va boshqa fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa turkiyda A.dagi she’riyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar.A. o‘zbek she’riyatida 20-asrning 20-yillarigacha yetakchi bulgan, barmoq tizimi kam qo‘llanilgan. Keyinchalik barmoq ti-zimi yetakchilik qilgan. Bu – uslub, shoirlarning qiziqishi, malakasi 6-n bog‘liq hodisa.Ad.: Alisher Navoiy, Mezon ul-avzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; To‘ychiyev U., O‘zbek poeziyasida aruz siste-masi, T., 1985.U. Tuychiyev.

KamronbekAbdulxayev
Download 29.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling