1.3 Бир шеърнинг ритмик таҳлили
Ritmning xususiyati adabiy matnning har bir turi uchun alohida ahamiyatga ega. Masalan, inglizcha sonet (SHekspir soneti ) 14misradan iborat, unda 3ta to‘rtlik va yakunlovchi 2ta misra ishtirok etadi. (bundan faqat 66-sonet mustasno). Har bir misra 10ta bo‘g‘indan iborat bo‘lib, 5stopli yamb vaznini tashkil qiladi. Sonetlarda oddiy ohang ustunlik qiladi. Eng baland nuqta odatda birinchi urg‘uli bo‘g‘inda hisoblanadi.
Pasayuvchi ohangning qay darajada ko‘rinishi, aytilishi, uning satrdagi o‘rniga qarab belgilanadi. Odatda satr oxiridagi urg‘uli bo‘g‘in oldidan pasayuvchi ohang ishlatiladi. Agar satr 2ta sintagmadan iborat bo‘lsa, birinchi sintagma (gapning ma’noli bo‘laklarga bo‘linishi) pasayuvchi ohang bilan tez aytiladi. Ohang, ayniqsa, satrni ko‘chirilishida seziladi. Ko‘chirilish birinchi satrning oxiridan boshlanib, ikkinchi satrning o‘rtalarida yoki oxirida tugaydi. Misol
1. 7 A non permit the basis clouds/ to ride
8 With ugly rock/ on his selectia face (сонет 33)
9 Even so my son one early morn / did shine
10 With all-trumphant splendour on my brow. (сонет 33)
Ko‘chirilish satrning o‘rtasida yoki boshida bo‘lib, uning oxiri navbatdagi satrda joylashadi.
2. 9 I love to hear her speak/ yet well I know
10 That music/ hath a far more pleasing sound. (сонет 130)
Ko‘chirilish satrning o‘rtasida boshlanib, navbatdagi satrning oxirida tugaydi.
3. 1 Unthrithy lonelines, / why dost thou spend
2 Upon theyself the beauty’s ligaceye. (сонет 4)
Ko‘chirilishning birinchi turida satr oxirida sukut saqlanmaydi, ohang chaqqon va keskin oxirgi urg‘uli bo‘g‘inda ko‘tariladi. Sintagmaning ikkinchi ko‘tarilgan qismi ancha sekinroq o‘qiladi. Satrlarning shu tarzda o‘qilishi bandni butun holicha saqlashga olib keladi. Ko‘chirilishning ikkinchi turida satr oxiri pasayuvchi ohangda o‘qilib, navbatdagi satrda temporal uzilish yuzaga keladi. Uchinchi tur ko‘chirilishda uning oxirida ancha cho‘ziq sukut saqlanadi, undan oldingi satrda pasayuvchi ohang ishlatiladi va satrlar to‘qnashuvida temporal uzilish yuz beradi.
Ritm she’riy nutqning asosiy belgilaridan biridir. Satrda bir xil tartibda takrorlanib, ichki ritmni yuzaga keltiruvchi uzun va qisqa bo‘g‘inlar stopa deb ataladi. Ingliz tili uchun yamb, xoreya, daktil va anapest kabi asosiy stopalar hamda spondi va periyik kabi yordamchi stopalar xosdir. Har bir satrdagi stopalarning tarkibi va miqdoriga ko‘ra metrlar va she’riy o‘lchovlar vaznlar yuzaga kelgan. Ingliz she’riyati tili uchun sillabo - tonik vazn xosligini yuqorida aytgan edik. Sillabo - tonik vazn urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning muayyan tartibda takrorlanishi asosida yuzaga keladi. Metr deganda biz satrdagi urg‘ular sonini anglaymiz. Ingliz she’riyatida sonetlar alohida o‘rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |