Sheraliyev Odiljon Shuxratjon o’g’lining


Kodli so‘z – kodli so‘z (parol) kursingizga begona kishilarning kirishiga ruxsat  bermaydi.  Bo‘sh maydon saytning ixtiyoriy foydalanuvchisi


Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/39
Sana29.09.2023
Hajmi2.06 Mb.
#1689869
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
talim tarmoqlari va ulardan foydalanish

Kodli so‘z – kodli so‘z (parol) kursingizga begona kishilarning kirishiga ruxsat 
bermaydi. 
Bo‘sh maydon saytning ixtiyoriy foydalanuvchisi kursingizga yozilishi 
mumkinligini bildiradi. 
Agar siz shu maydonga so‘z yoki jumla kiritsangiz, u holda har bir talaba 
kursga yozilishi uchun shu so‘zni maydonga yozishi kerak bo‘ladi. 
Siz talabalarga kalit so‘z haqida e-mail orqali yoki o‘zaro suhbatda, masalan, 
ma’ruzada xabar berishingiz mumkin. 
Agar ma’qul bo‘lmagan talabalar kodli so‘zni topib, kursga yozilgan bo‘lsa, 
qatnashchilar ro‘yxatidan foydalanib, ularni kursdan o‘chirishingiz mumkin. Keyin 
kodli so‘zni o‘zgartiring: bu kursga yozilgan talabalarga hyech qanday ta’siri yo‘q. 
Mehmon uchun ruxsatli kirish – tavsiya etiladigan qiymat – “Mehmonga 
ruxsat yo‘q”. 
Siz kursga mehmon kirishiga ruxsat berishingiz mumkin. Bunday holda 
Internetning ixtiyoriy foydalanuvchisi identifikasiya sahifasidagi “Mehmon bo‘lib 
kirmoq” tugmasini bosib, kursga kirishi mumkin.
Mehmon har doim “faqat o‘qish uchun” ruxsatiga ega, ya’ni u bironta xabar 
tashlashi yoki talaba ishiga aralashishi mumkin emas. 
Mehmon uchun ruxsatli kirish – bu kursni hamkasblaringizga ko‘rsatish uchun 
yaxshi imkoniyat. U yana kursni talabalarning kursga yozilishi uchun kerakliligini 
tekshirish sifatida ishlatish uchun ham muhim.
Narxi – maydonni bo‘sh qoldiring! 
Majburiy til – tavsiya etiladigan qiymat – “majbur qilinmaydigan”. Bu holda 
har talaba o‘zi uchun interfeys tilini tanlashi mumkin. 
 Kurs formatlari 
Endi Moodle kursida ishlatiladigan formatlar bilan tanishamiz: 


49 
Format–kalendar – kurs materiallari bo‘limlarning boshlanish va oxirgi 
sanasi bo‘yicha tashkillashtirilgan.
Kurs sig‘imi bir hafta bo‘lgan bo‘limlardan (seksiyalardan) iborat. Har bir 
bo‘limga bir hafta ichida o‘rganish uchun resurslar, forumlar, nazorat testlari va b. 
larni qo‘shishingiz mumkin. Bo‘limlarning maksimal soni – 52.

Download 2.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling