Sherikchilik shartnomasi. Qarz bilan bog’liq moliyalashtirish. Qo’shimcha vositalar orkali moliyalashtirish
Muzora’a quyidagi uch holatda to’g’ri bo’ladi
Download 110.88 Kb.
|
Mavlonov Rustambek Mavlon o\'g\'li. docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi holatlarda muzora’a shartnomasi buziladi
- Xos holatlar
Muzora’a quyidagi uch holatda to’g’ri bo’ladi:
Yer va urug’ yer egasi tomonidan; yerga ishlov berish, begona o’tlar va kasalliklarga qarshi dori vositalari qo’llash, ekinlarni parvarish qilish kabi boshqa xarajatlar dehqonning zimmasida bo’lishi mumkin. Yer egasi faqat yer taqdim qilishi; qolgan barcha xarajatlar va mehnat dehqonning zimmasida bo’lishi mumkin. Yer va boshqa barcha xarajatlar yer yegasining zimmasida; mehnat qilish dehqonning zimmasida bo’lishi mumkin. Muzora’a shartnomasi yuqorida ko’rsatilgandek (to’g’ri) tuzilsa, chiqqan hosil kelishilgan nisbatda taqsim qilinadi. Agar muzora’a shartnomasi noto’g’ri tuzilgan bo’lsa, turli ziddiyatlarga kirishmasdan oddiy yo’l tutiladi, ya’ni hosilni urug’ egasi oladi, ikkinchi tomonga esa o’sha paytda, o’sha hududda, xuddi shu kabi ishlarni bajargan kishiga beriladigan haq kabi haq to’lanadi/beriladi. Lekin bu miqdor (haq) shartlashilgan ulushdan ziyoda bo’lmaydi. Quyidagi holatlarda muzora’a shartnomasi buziladi: Tomonlardan biri vafot etsa. Biroq o’simlik o’sib turganda vafot etgan bo’lsa, u holda hosil yig’ishtirib olungunicha muzora’a o’z kuchida qoladi va vafot etgan tomonning ulushi merosxo’rlariga beriladi. Dehqon vafot etib qolgan taqdirda, uning ishini kim davom ettirishi masalasi shartnomada ko’rsatib o’tilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Yerni sotishga majbur bo’lib qolinsa (masalan yer egasi qarzga kirib qolsa, sud/qozi hukmi bilan yer sotilishi mumkin). Lekin ekin unib chiqqan bo’lsa, u holda hosil yig’ishtirib olungunicha kutib turiladi. Aks holda dehqonning huquqi poymol etilishi mumkin. Xos holatlar: Kelishilgan muddat o’tsa-da, ekin pishavermasa, u holda dehqon yer egasiga qo’shimcha muddat uchun urfga muvofiq ijara haqi berishi lozim bo’ladi. Ekinni yig’ishtirib olish bilan bog’liq xarajatlar hissalariga qarab ikki tomonning zimmasida bo’ladi. Abu Yusuf rohimahullohning nazdida xarajat dehqonning zimmasiga qo’yilsa, joiz va shunga fatvo berilgan. Javob: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda sahifada berilgan savolning javobi quyidagicha bo’ladi: Muzora’a shartnomasi ekin yerdan unib chiqqunga qadar davom etadi va u yetilgandan so’ng yerda turgan holida ikkala tarafning mulki hisoblanadi. Ekin yetilgandan so’ng ba’zi faqihlarning fikriga ko’ra ekinni yig’ishtirib olish bilan bog’liq xarajatlar bitimdagi hissalaridan kelib chiqqan holda ikki tomonning zimmasida bo’lishi kerak. Yuqoridagi ma’lumotlarda aytilganidek Abu Yusuf rohimahulloh (Abu Hanifaning katta shogirdlaridan biri), xarajat dehqonning zimmasiga yuklatilishi mumkin deyilgan va ushbu masalaga fatvo ham berilgan. Biroq ushbu majburiyat muzora’a shartnomasi tuzilayotganda ko’rsatilishi lozim bo’ladi. Aks holda muzore (dehqon) hosilni bir o’zi yig’ib olishdan bosh tortishi mumkin. Bu holatda masalaning ikkita yechimi bor: Dehqon ekinni yig’ib olish sharti uning zimmasida ekanligi shartnomada belgilanmaganligi sabab bu ishni bir o’zi qilishdan bosh tortib, ekinni yig’ishtirib olish bilan bog’liq xarajatlar hissalariga qarab ikki tomonning zimmasida bo’lishi. Bu holda ekin shartnomaga binoan 50/50 nisbatda taqsimlanadi. Shartnomada ko’rsatilmagan shart dehqonning zimmasiga yuklatilayotgani uchun taraflar o’rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda, ba’zi faqihlar bu kabi shartlar bitim fosid bo’lishiga sabab bo’ladi deganlar. Muzora’a bitimi fosid (noto’g’ri) bo’lganda esa hosilni urug’ egasi oladi (bu holatda dehqon), ikkinchi tomonga esa o’sha paytda, o’sha hududda, xuddi shu kabi ishlarni bajargan kishiga yoki huddi shu kabi yerni ijarasi uchun beriladigan haq kabi haq to’lanadi. Download 110.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling