She’riy san’atlar 2-topshiriq
Download 14.53 Kb.
|
She
She’riy san’atlar 2-topshiriq 1. Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan, Ko‘zim yoshiga toya-toya navro‘z. (Ogahiy) Ushbu she’riy baytda qo‘llangan badiiy san’atni toping. A) tazod B) mubolag‘a C) talmeh D) tashbeh 2. Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar. Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och. (Lutfiy) Yuqoridagi baytda qo‘llangan she’riy san’at qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Husni ta’lil B) tazod C) tardi aks D) tajnis 3. Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shom-u sahar Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina. Ogahiy Qalamiga mansub ushbu baytda qanday badiiy san’atlar qo‘llangan? A) talmeh va tanosib В) mubolag‘a va tajnis C) mubolag‘a va tashbeh D) tashbeh va tanosib 4. Ul parivash ishqidinki, telbadurmen, goh sog‘, Chunki bordur oramizda goh sulh-u gohi jang. (Furqat) Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. A) tazod B) Irsoli masal C) talmeh D) takrir 5. G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sanga. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo’llangan? A) ishtiqoq B) ruju C) irsoli masal D) iyhom 6. Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat mushafig‘a oya navro‘z. Ogahiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo’llangan? A) tashxis, tardi aks B) tanosib, tazod C) tashbeh, tashxis D) tashbeh, takrir 7. Boqib ko‘z uchidin pinhon fosh etding tag‘ofillar, Yo‘q-u borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun. Ushbu baytda qanday badiiy san’at qo‘llangan? A) tazod B) tashbeh C) talmeh D) irsoli masal 8. Quyidagi misralarda qanday badiiy san’at qo’llangan? Barg ostidan muloyim boqqan iboli g’uncha, Ne sirni saqlagaysan, bag’ring necha tuguncha? A) tazmin B) tajnis C) tashxis D) talmeh 9. Belining nozikligicha yo‘q tori gisuyi, O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. Baytda qanday badiiy san’atlar qo‘llangan? A) tashxis, husni ta’lil, litota B) talmeh, tarse’, ishtiqoq C) ishtiqoq, tajohuli orifona, tashxis D) tazod, tashbeh, litota 10. Berilgan misralardagi badiiy san’at turini toping. Oshar yeldin seni yelganda oting, Quyosh yanglig’ jahonmi tutdi oting. A) intoq B) tazod C) husni ta’lil D) tajnis Download 14.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling