“Nasimim ketdi olamdin meni qayg'u aro tashlab, Ko'zimdan oqsa xun hech bir ajab yo'q, chunki qon yig'lar. Jahonda erdi tanho men yatimga hamnishin dildor, G'ariblikning diyorida adashkan notavon yig'lar”. Mavzu: She’riy nutq. She`riy tizimlar Reja: - She’riy nutq.
- She`r tizimlari.
- Barmoq she`r tizimi.
- Aruz she`r tizimi.
- Erkin she`r tizimi.
She`riy nutq nasriy nutqqa nisbatan ancha murakkab til hodisasidir. Chunki u ohang jihatdan tartibga solingan bo`lib, ritmik o`lchovlar asosida tashkil topgan poetik nutqdir. - She`riy nutq nasriy nutqqa nisbatan ancha murakkab til hodisasidir. Chunki u ohang jihatdan tartibga solingan bo`lib, ritmik o`lchovlar asosida tashkil topgan poetik nutqdir.
- She`riy nutq ifodaviy vositalar (istiora, allegoriya, metonomiya); maxsus tasvir vositalari (sifatlash, o`xshatish, jonlantirish, mubolag`a) va stimistik usullar intonatsiya, inversiya, parallelizm, ritorik so`roqlarning keng qo`llanishi bilan xarakterlanadi. Shu xildagi ma`lum o`lchovchi ritmik, emotsional nutq she`r asosini tashkil etadi. Ohang jihatdan tartibga solingan, fikr va his-hayajon ifodasi sifatida vujudga kelgan emotsional ritmik nutq she`r deb ataladi. She`r asosida insonning ichki kechinmalari yotadi.
Abdulla Qahhor “Poeziya – yuksak san`atdir” nomli maqolasida shunday fikrlarni aytadi: - “She`r – fikr ekstrakti bo`lishi jihatidan hikmat, ko`ngulga yo`l topishi, undan o`ziga hamohang sado chiqarishi jihatidan musiqa.
- She`r – oshiqning ohi, musibatdiydaning ko`z yoshi, saodat va surur ifodasi bo`lgan qahqaha tovushi.
- She`r – ko`ngilning oynasi, ko`ngilda nima bo`lsa, shuni aks ettiradi.
- She`r – ma`sum go’dak, riyoni bilmaydi. Riyo bo`lgan yerda she`r bo`lmaydi.
- She`r – bir mo`jiza. Uning mo``jiza – sirlaridan xabardor bo`lish bu sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo`lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana nimadir kerak” (A.Qahhor. asarlar 6 tomlik. 6-tom. T., 1971).
Do'stlaringiz bilan baham: |