She’rlar mushoirasi


Download 28.36 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi28.36 Kb.
#1299889
Bog'liq
Bayonnoma


Nukus shahar XTB ga qarashli 7-sonli maktabida 15-noyabr kuni 7-8-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “she’rlar mushoirasi” nomli tanlovning
Bayonnomasi
Qatnashganlar:
O’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari I.Shawbaeva
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha director o’rinbosari P.Jangeldieva
N.Qabulbekov
O’zbek tili o’qituvchilari
S.Nasrullaeva
G.bekbosinova
Kun tartibidagi masalalar

  1. 7-8-sinflar o’rtasida “she’rlar mushoirasi” nomli tanlovini o’tkazish

  2. O’quvchilarni she’riyatga qiziqtirish va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash

Tinglandi:
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha director o’rinbosari P.Jangeldieva sózga chiqib, o’quvchilarga tanlovning ahamiyatini, she’rning inson ongiga ta’siri haqida aytib o’z fikri bilan o’rtoqlashdi. So’ng so’zga o’zbek tili o’qituvchilari S.Nasrullaeva va G. Bekbosinova chiqib, tanlov tartibini, shartlarini aytib o’quvchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatdi. Ular o’z so’zida : “She’r — ruhning sajdasi, qalb ovozining tajallisidir. Zero har bir satrida olovlar larzon urmagan manzumani she’r deb bo‘lmas. Va tabiiyki, bunday haqiqiy she’rlar ozchil, kamyob bo‘lishi ham bor gap. Ayniqsa Hazrati Adabiyot bo‘sag‘asiga endigina kirib kelayotgan tengdoshlarimiz ijodida tobora kamayib borayapti ushbu topilmalar. Albatta, bu bugungi o‘zbek yoshlari nazmida rost tuyg‘ular in’ikosi yo‘q, degani emas. Sheʼr (arabcha: shuur — sezgi) — fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi oʻrniga baʼzan "nazm" soʻzi ham qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi. Shahrida fikrning kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir shahridan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Shahrining uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir.
Zamonaviy oʻzbek adabiyotida "She'r" atamasi maʼnosini erkinroq tushunish, oldingi shakliy qoliplarni oʻzgartirgan holda yangi poetik kashfiyotlar qilishga intilish tamoyili kuchli. Shuning uchun ham oʻzbek nazmida "oq she'r", "sochma she'r", "nasriy she'r", "tasbih", "uchchanoq" singari she'r shakllari paydo boʻlmoqda. shahrining qofiya, tinish belgilari va grammatik qoidalar iskanjasida qolishini istamayotgan bir qator shoirlar qofiyasiz, grammatik qoidalar va tinish belgilariga rioya etilmay yozilgan she'rlar yaratmoqdalar.”-singari tushunchalarini o’quvchilarga ilindi. Tanlov juda qiziqarli o’tdi, o’quvchilar o’zlari yodlab kelgan she’rlarni ma’romiga chiqarib aytdi, Bir-birlaridan qolmaslikka harakat qilishdi. Tanlov oxirida Maqsetbaeva Oysanam g’olib deb topildi.

Qaror
Tanlovda g’olib deb tolilgan ga esdalik sovg’alar berilsin va bu ishlarni o’zbek tili metod birlashmasiga yuklatilsin.


Kotib: G.Bekbosınova


Nukus shahar XTB ga qarashli 7-sonli maktabida 16-noyabr kuni 9-11-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Ko’p millatlilik mening nazarimda ” nomli insholar tanlovning
Bayonnomasi
Qatnashganlar:
O’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari I.Shawbaeva
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha director o’rinbosari P.Jangeldieva
N.Qabulbekov
O’zbek tili o’qituvchilari
S.Nasrullaeva
G.bekbosinova
Kun tartibidagi masalalar

  1. 7-8-sinflar o’rtasida “she’rlar mushoirasi” nomli tanlovini o’tkazish

  2. O’quvchilarni she’riyatga qiziqtirish va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash

Tinglandi:
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha director o’rinbosari P.Jangeldieva sózga chiqib, o’quvchilarga tanlovning ahamiyatini, she’rning inson ongiga ta’siri haqida aytib o’z fikri bilan o’rtoqlashdi. So’ng so’zga o’zbek tili o’qituvchilari S.Nasrullaeva va G. Bekbosinova chiqib, tanlov tartibini, shartlarini aytib o’quvchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatdi. Ular o’z so’zida : O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin nafaqat mamlakatning tub aholisi – o’zbek xalqi uchun, balki muqaddas zaminda umrguzaronlik qilayotgan turli millat va elat vakillarining ham millat sifatida o„zining tili, madaniyati, qadriyatlari va an’analarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakat rahbariyati bu masalani qonun yo’li bilan hal qilishga doir chora-tadbirlarni ko’rdi. Bu borada mamlakatimizda, eng avvalo, Konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi. Aholining barcha tabaqalari va turli millat vakillari e’tiborini tinchlikni, osoyishtalikni va millatlararo totuvlikni ta’minlashga, mamlakat oldida turgan eng muhim qadriyat – mustaqillikni mustahkamlashga qaratildi. Qonun oldida hammaning tengligi ta’minlandi. Har bir fuqaro qalbida “O’zbekiston – umumiy uyimiz” g’oyasiga xizmat qiluvchi yagona zamin, yagona makon, yagona vatan uchun javobgarlik hissini kuchaytirdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urfodatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, degan norma belgilangan. 8-moddasida “O’zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, degan norma belgilangan. 18-moddasida esa “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab millatlararo munosabatlarda yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekin bartaraf etila boshlandi. Ko’p millatli mamlakatda xalqlar tinch-totuvligini ta’minlash chora-tadbirlari ko’rildi. Mustaqillikdan oldin 1989 yildayoq Madaniyat vazirligi qoshida millatlararo milliy madaniy markazlar tashkil etila boshlangan edi. Dastlab bu markazlar tarkibida 12 ta, jumladan, qozoq, koreys, arman, ozarbayjon, tojik milliy madaniy markazlari faoliyat ko’rsata boshladi. Vaqt o’tgan sayin bu markazlarning soni ortib bordi” – deb ta’kidlanadi. Tanlov so’ngida 10-b sinf o’quvchisi Abdikamalova Dinaraning yozma ishi eng yaxshi deb topildi.
Qaror
9-11-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Ko’p millatlilik mening nazarimda ” nomli insholar tanlovida 10-b sinf o’quvchisi Abdikamalova Dinaraning yozma ishi eng yaxshi deb topilsin. Tanlovda g’olib deb tolilgan ga esdalik sovg’alar berilsin va bu ishlarni o’zbek tili metod birlashmasiga yuklatilsin.


Kotib: G.Bekbosınova
Download 28.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling