Shermuhammadmun is
yurishlarini xaspo'shlashga, oqlashga intiladi. Yovmut va
Download 95.5 Kb.
|
munis g'azal kurs
yurishlarini xaspo'shlashga, oqlashga intiladi. Yovmut vachovdurlaming Xiva hukmronlari zulmiga qarshi g'alayonlariniqoralaydi. Bunday o'rinlaiga tanqidiy munosabatda bo'lmog'imizkerak. Biroq, bulardan qat’i nazar, asaming turli sahifalarida Vafoiy,Roqim, Ravnaq, Kiromiy, Abulg'oziy kabi shoir, mudarris,tarixchilaming adabiy portreti shtrixlari, ular haqidagi qiziqarlinaqllar, xotiralar keltiriladi. Asarda ko‘pdan ko‘p she’riy parchalar-ruboiylar, masnaviylar, qit’alar, fardlar, ta'rix she’rlar beriladi.Bundan tashqari, kitobda o‘sha zamonda bino qilingan imoratlar,masjidu madrasalar ham qayd etiladi. Ularning qachon, kim tomonidanva nima maqsadda qurilganligi bayon qilinadi. Masalan, MuhammadAmin Inoq davrida qad ko‘taigan «Madrasai inoqiya» to‘g‘risida Munis,jumladan, quyidagilarni yozadi: «Ul jumladin «Madrasai inoqiya»durkima’mani ulamo va maskani fuzalodur. Masnaviy:Aning har hujrasi jannat uyidur,Demay jannat uyi, rahmat uyidur.Bo‘lib fayzj azaldin bemadoro,Daru devoridin ilm oshkoro.Shunday qilib, «Firdavs ul-iqbol» faqat tarixiy voqea-hodisalamio‘rganishdagina emas, balki o‘sha zamondagi adabiy-madaniymuhitni tekshirish va yoritishda ham muhim manbadir.Munis tarixchi, taijimon sifatida temuriylar davri tarixchisiMirxondning etti daftardan iborat «Ravzat us-safo» asarining uchdaftarini taijima qilishga ulgurgan. Munis olamdan ko‘z yumgach, buasar tarjimasini ham sadoqatli jiyani va shogiidi Ogahiy oxiriga etkazgan.Shermuhammad Munis XIX asrda Xorazmda ko‘tarilish bosqichidabo'lgan adabiy hayotga o'zgacha jon bag'ishladi. Munisdan keyinyashab, ijod etgan deyarli hamma xorazmli ijodkorlar, xattotlar,muarrixlar, tarjimonlar uning merosidan bahra toptilar, ustozlikmavqeini e’tirof etdilar. Bular ichida, ayniqsa, Ogahiy, KomilXorazmiy, Muhammad Yusuf Bayoniy ijodini Munis merosi bilanbog'lovchi robitalar ko‘p. Ogahiy Munisning jiyani sifatida yoshligidanuning qo'lida tarbiya va adabiy ta’lim oldi. Ogahiy Munis vafotidankeyin uning ko'pqirrali faoliyatini davom ettirib, nihoyatda ko'p vaxub adabiy, tarixiy, tarjima asarlari yaratdi. Hatto u o'z she’riy devoniganom qo'yishda ham amakisi, bevosita ustozi Munisga eigashdi. Ogahiyshe’riyatining mavzu va fikriy dunyosida, poetik obraz va badiiyatida,Navoiy qatorida, Munis she’riyatining ta’siri yaqqol sezilib turadi.Shunday yaqinlik Ogahiy zamondoshi Komil ijodida hamnamoyon bo'ladi. Ayniqsa, uning «Fuzalo» va «Juhalo» radifliijtimoiy mazmuni chuqur g'azallari Munisning ana shu nihdagig‘azallarini eslatadi. Shu bois Munis asarlari zamondoshlarimizuchun ma’naviy-estetik oziq berib kelmoqda. Shoiming quyidagifaxriya baytlari bejiz aytilmagan bashoratdek tuyuladi:To musaxxar ayladim so ‘z birla та ’ni kishvarin,Shohmen, ey Munis, ahli donishu idrok aro...Muniski, so'z iqlimi anga bo'ldi musaxxar,Surtarlar aning xoki rahiga shuaro ko‘z...Adabiyotlar1. Shermuhammad Munis. Saylanma. —Т., 1980.2. Shermuhammad Munis. Savodi ta’lim. —Т., 1997.3. Abdullayev V. Navoiy va Munis. Saylanma Т., 1982.4. Yunusov M. Shuaro xaylining sohib kamoli. «Barhayot merossahifalari». - Т., 1986.5. Jumayev N. Munis g‘azaliyoti —Т., 1991.6. Munis va Ogahiy. Firdavs ul-iqbol. 0‘zFASHI qoiyozmalarfondi, Inv. raqami —53641.7. Ahmedov T. Munis. —Т., 1980.8. Hayitmetov A. Meros va ixlos. —Т., 1985.Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling