Sherquziyev iqboljonning korporativ huquq va tadbirkorlik asoslari fanidan oraliq nazorat ishi
Kuzatuv kengashi, uning tarkibini va raisini saylash, tarkibi va uning vakolatlari hamda javobgarligi
Download 21.08 Kb.
|
Korporativ huquq va tadbirkorlik asoslari. Oraliq nazorat. Sherquziyev,I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatuv kengashining vazifalari va vakolatlari
2. Kuzatuv kengashi, uning tarkibini va raisini saylash, tarkibi va uning vakolatlari hamda javobgarligi
Kuzatuv kengashi boshqaruv organi hisoblanib, jamiyat faoliyati umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno. Kuzatuv kengashi o’z ishini qonunchilik, jamiyat Ustavi va Kuzatuv kengashi to’g’risidagi nizomi asosida amalga oshiradi. Kuzatuv kengashi a’zolarining soni etti kishidan iborat. Kuzatuv kengashining a’zolari aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi. Kuzatuv kengashining vakolat doirasi qonunchilik va jamiyat Ustavida belgilanadi. Kuzatuv kengashi yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Kuzatuv kengashi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Kuzatuv kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek Institut Ustavi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi. Kuzatuv kengashi tarkibiga vazirlik va idoralarning, kadrlar buyurtmachilarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, jamoatchilik vakillari, homiylar, shuningdek Institut faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar kirishi mumkin. Kuzatuv kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Kuzatuv kengashining vazifalari va vakolatlari Kuzatuv kengashining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat: Institutning uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borish; Institutning o‘rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish; ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish; Institut oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha rektor va prorektorlar faoliyatini o‘rganish hamda axborotini eshitish; Institutning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat o‘tkazish uchun qo‘shimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish; Institutni rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etish, shu jumladan nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rinishida maqsadli kapital jamg‘armasini shakllantirish; ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Institut innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini belgilash; Institut rahbari va xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash; Institut hamda ular huzuridagi ta’lim va ilmiy muassasalarning rahbar va xodimlari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirish tartibini belgilash; Kuzatuv kengashi amaldagi qonunchilik hujjatlariga, mazkur Nizomga va Institut Ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Download 21.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling