Sherzod to’rayev testlari


Download 79.56 Kb.
bet1/11
Sana28.12.2022
Hajmi79.56 Kb.
#1070402
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5 blokli test


SHERZOD TO’RAYEV TESTLARI

ONA TILI
1. Qaysi qatorda bog‘lovchi ishtirok etgan?
A) Bitibdur besh ravot ham uchta hammom.
B) Uni ham ergashtiringlar, yolg‘iz qolib ketmasin.
C) Unga bir ish qilish uchun sharoit ham, pul ham yetmasdi.
D) Uni yonimga chaqirib "baquvvat" kursi egasiga aylantirdim.
2. Maqsad ravishi ishtirok etgan qatorni belgilang.
A) Shu ishni tugatish maqsadida yarim tungacha shu yerda qoldi.
B) Saidani bir uyaltirib qo‘yish uchun hammasini ipidan ignasigacha aytib berdi.
C) Seni olib ketmasam, bu yerdan bir qadam ham jilmayman.
D) Ha, shunday yomgʻirda azza-bazza uzoqdan kelgan kishining bir niyati boʻlishi kerak.
3. Qaysi qatorda kelasi zamon sifatdoshi ishtirok etgan?
A) Kelayotgan balolar sababchisi yolg‘iz o‘zing.
B) O‘qigan va qo‘lida hunari bor inson xor bo‘lmas.
C) O‘tkaziladigan tadbirlarga Qurbonboyning o‘zi bosh bo‘ladi.
D) Gapirgani o‘ziga qancha ziyon keltirmadimi.
4. Qaysi javobda kishilik olmoshi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) Meni ko‘rganlar hech ham qo‘lida bir ishi bor, hunarli yigit deb o‘ylashmaydi ham.
B) Buning rosa sho‘x bola bo‘libdi-da, bir joyda o‘tirmaydi-ey.
C) U bugun sudga olib kelindi.
D) Avval bu tomonini o‘yab ko‘rib, bir qarorga kelgach aytaman.
5. Yasama so‘zlar sonini aniqlang.
Odamlar shivirlashib, Navoiyning ishlari, hayoti, sifatlari haqida so‘zlasharkan, amirlarga xos jubbaviy tillado‘zini kiygan shoir hovlida paydo bo‘ldi.
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 6 ta
6. Ertalabgacha bemorning boshida o‘tirdi. Ma'no ko‘chish usulini aniqlang.
A) metonimiya B) metafora C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
7. Qaysi qatorda yasama mavhum ot qatnashgan?
A) Jahl kelsa, aql ketadi.
B) Bu azob inson boshiga tushganida edi, inson bolasi bardosh qila olmasdi.
C) Quvonchi ichiga sig‘may, bir o‘zi keng xonada o‘tirolmay qoldi.
D) Dunyodagi eng maroqli sayr bolalikda o‘tgan.
8. Qaysi qatorda har ikkala qismi yasama so‘zdan tashkil topgan sifat qatnashgan?
A) Bu xonada ajoyib-g‘aroyib narsalarga ko‘p duch kelishingiz mumkin.
B) Bu yerda tanish-notanish odam bo‘lmasin gaplashib ketaveradi.
C) Shu tinch-totuv hayotimizga ko‘z tegmasin.
D) Xolasining issiq-sovuq gaplari hech kor qilmadi.
9. Qaysi qatorda orttirma nisbat shaklidagi fe'l ishtirok etgan.
A) G‘ildiragingni yurgiz, bo‘ldi, ketamiz.
B) Birpasda kiyindi-yu, yugurgancha chiqib ketdi.
C) Bahor kelib, bog‘larda chechaklar ochildi, maysalar yashil tus oldi.
D) Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
10. Chama son ishtirok etgan qatorni toping.
A) Uni tovushi shu qadar jaranglab eshitilardiki, g‘oyo boshqa ovoz boshqa yo‘q.
B) Hammasini kechasi bittalab terib, o‘zi joylab chiqqan.
C) A'zamjon ertak tinglab shirin uyquga ketdi.
D) Bu urush minglab odamlar yostig‘ini quritdi.

Download 79.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling