Teranlikka ishora – ummonga oshiqligim
Go‘zallikka ishora – bo‘stonga oshiqligim,
Bahor, ketma mening bog‘imdan.
Ushbu parchadagi fonetik o‘zgarishlar sonini aniqlang.
A) 7 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 8 ta
40. Yoshlarimiz fan cho‘qqilarini egallamoqdalar.
Ushbu gapdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) metonimiya B) metafora C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
41. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar imlosida til orqa undoshi yoziladi?
1) musho…ada 2) qiymata…ta 3) …adik 4) …oh 5) …ayrat 6) …odim
A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5
42. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Bosh egib yashagandan, boshni tik tutib o‘lgan afzal.
B) -Uyni nima qilaman? Sob bo‘lgan odamman men, – g‘o‘ng‘illadi Nusratilla.
C) Barcha tup sonlar birma-bir hisoblandi.
D) Ey xudoyim, zolimlarga xor qilma.. Bandilikdan, rahm qilib, xalos et.
43. Quyidagilardan faqat ng undoshi yoziladigan so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) kongress, menga, tong B) keng, osmonga, so‘ngra
C) bong, singil, anglamoq D) tikanga, so‘nggi, tungi
44. Yondashuv so‘zidagi unlilar haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni toping.
A) tilning gorizontal holatiga ko‘ra bir guruhga kiruvchi 2 ta unli ishtirok etgan
B) tilning vertikal holatiga ko‘ra bir guruhga kiruvchi 2 ta unli ishtirok etgan
C) barchasi til orqa, lablangan unlilar
D) til oldi, quyi keng, lablanmagan unli
45. Qaysi javobda yasama sifat va yasama ot ajratib ko‘rsatilgan?
A) Xayollarim yugurik, yeta olmayman hech quvib.
Bugungi ko‘rikdan hamma ham o‘ta olmadi.
B) Barchamizning istagimiz shuki, dunyoda tinchlik bo‘lsin.
Qo‘lidagi ketmon va kuragini bir chetga tashlab, uyga kirdi.
C) Bolaga o‘yinchoq olib berishni va’da qilgani uchun do‘konga kirib o‘tdi.
Toychoq juda chiroyli edi, hammamiz uning atrofida aylanardik.
D) Bir tomoni juda botiq ekan, shunga o‘ylanib turibman, usta.
Yopiq deraza orqasida kimlardir shivir- shivir qilishar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |