Shevasidagi nomutanosibliklar
Download 70.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TLI VA BUXORONING KOGON TUMANI SHEVASIDAGI NOMUTANOSIBLIKLAR Fozilova Shahrizoda
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Journal of Advanced Research and Stability ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz/ 419 “Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century” Special Issue | 2022 HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TLI VA BUXORONING KOGON TUMANI SHEVASIDAGI NOMUTANOSIBLIKLAR Fozilova Shahrizoda Buxoro davlat universitetining Pedagogika institute "Oʻzbek tili va adabiyoti" taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Annotatsiya: Har bir tilning o‘ziga xos jozibadorligi, lug‘at boyligi, morfologik, fonetik, sintaktik xususiyatlari va albatta sheva so‘zlari bo‘ladi. Bu maqola tilning sheva xususiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, Buxoroning Kogon tumani aholisi shevasidagi fonetik, morfologik, sintaktik, leksik qirralarni ochishdan iborat. Bunda tahlilga tortilgan shevaga oid so‘zlar yangi o‘zbek transkripsiyasida berilgan. Kalit so‘zlar: sheva, lahja, qarluq. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy- ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Aslida ona tili deganda sheva tushunilishi haqiqatga yaqindir. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning: ―Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir‖, – degan so‗zlarini eslash o‗rinlidir. Demak, shevalar to‗g‗risidagi fanni o‗rganish talabalarni milliy g‗oya ruhida tarbiyalash imkoniyatini tug‗diradi. To‗g‗ri, har bir madaniyatli shaxs rasmiy doiralarda o‗zbek adabiy tilida muomala qilishi shart, lekin bu o‗z shevasini unutishi kerak degani emas. Shevalarni o‗rganuvchi fan dialektologiya hisoblanadi. Dialektologiya (sheva tadqiqotlari) — tilshunoslikning muhim yo‗nalishi. U shunchaki nazariy ma‘lumot taqdim etadigan, ko‗pchilik nazdidagi amaliy foydasi yo‗q soha emas. Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va xalq madaniyatini o‗rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u sotsiolingvistika bilan uzviy bog‗liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini o‗rganishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushunishga yordam beradi. O‗zbek tili tarixiy taraqqiyotida shevalarning o‗rni yuqori sanaladi. Shevalar adabiy tilni boyitishga xizmat qiluvchi milliy tilning tarkibiy qismidir. ―Sheva‖ forscha ravish, tarz, yo‘sin degan ma‘nolarni bildirib, fanda o‗ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan milliy (xalq) tilning kichik territoriyaga oid qismini anglatadi. Buxoro shevasi mavzuda juda ko‗p tadqiqotlar olib borilgan. Lahja arabcha so‗z bo‗lib u ham ravish, tarz, yo‘sin, sheva ma‘nolarini bildiradi. Dialektologik termin sifatida qadimdan o‗zbek tilining taraqqiyotiga asos bo‗lgan sheva va dialektlaming eng yirik to‗dasini anglatadi. O‗zbek tili o‗z tarixiy taraqqiyotida uchta lahjaning birligidan tarkib topgan. Ular: qarluq-chigil-uyg‗ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o‗g‗uz lahjasidir.Buxoro qarluq lahjasig kiradi.Uni o‗rganishga V.V.Radlov, G.Vamberi,E.D.Polivanov,A.K.Barovkov, V.V.Reshetov, K.K.Yudaxin va boshqalar salmoqli hissa qo‗shishgan. Xususan, akademik V.V.Radlov, G.Vamberi Buxoro dialektini o‗zbek tilining mustaqil dialekti deb hisoblaydilar. Professor I.I.Zarubin o‗zbek shevalarini tasnif qilarkan, Buxoro dialekti bilan Samarqand dialektini birlashtirib, ―Samarqand-Buxoro‖ dialekti deb ataydi.Professor E.D.Polivanov Buxoro dialektining Samarqand va Xo‗jand shahar shevalari bilan o‗xshashligini bir qancha xarakterli fonetik va morfologik xususiyatlarni keltirish bilan isbotlab berdi.Yuqorida aytilgan shahar shevalarini ―chig‗atoy o‗zbek nutqining maksimal eronlashgan tipi yoki o‗zbek shevalarining ―samarqand-buxoro-xo‗jand tipi‖ – ―Samarqand- Download 70.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling