Shifokor deontologiyasi bu nima va u qanday yo’nalishlardan iborat?


 Siydik pufagi kateterizatsiyasiga ko’rsatma va o’tkazish texnikasi


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/35
Sana18.06.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1590750
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
 
72. Siydik pufagi kateterizatsiyasiga ko’rsatma va o’tkazish texnikasi.
. Erkaklarning qovug’ini kateterlash  
Ko’rsatmalar: siydikning tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor 
preparatlarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy kiyinchiliklarni tug’dirishi sababli 
bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma 
(0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, lotok — siydikdon, sterillangan 
glitserin (vazelin moyi).
Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalar 
bukilgan.
Bajarilishi:
1. Qo’lqopni kiying.
2. Chap qo’lning V, IV barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini oching, 
I va II barmoqlar bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanali 
atrofini tozalang.
4. Uchi glitserin bilan artilgan kateterni yon teshikdan 5—6 sm masofada 
qisqich bilan mahkam ushlab olib, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V 
barmoqlari bilan ushlang.
5. Kateterni siydik chiqarish kanaliga extiyotlik bilan kiriting. Kateter 
kiritilgan vaqtda to’siq va noxush his paydo bo’lsa, bemorga tinchlanishni va bo’sh 
yotishni maslahat bering.
6. Siydik paydo bo’lgandan so’ng kateterning tashqi uchini lotokka tushiring.
7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja 
o’tkazilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.
8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni 
yotqizib, ustini yopib qo’ying.
9. Kateterni sterillang. 
. Ayollarning qovug‘ini kateterlash  
Ko’rsatmalar: siydik tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor 
preparatlar kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli bemorga 
muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma 
(0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, siydikdon, sterillangan glitserin 
(vazelin moyi).
Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalari 
bukilgan. Bajarilishi:


1. Qo’lqopni kiying.
2. Chap qo’lning I va II barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib, 
siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish 
kanalining tashqi teshigini tozalang.
4. Uchi glitserin bilan moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5—6 
sm masofada ushlang, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari 
bilan ushlab oling.
5. Kateterni extiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga 5—7 sm ichkariga 
kiriting.
6. Kateterning tashqi uchini siydikdonga tushiring.
7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja 
bajarilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.
8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni 
yotqizib, ustini yoping.
9. Kateterni sterillang.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling