Shifokor pedagogik nazorati. Sport inshootlari gigiyenasi
Mashg`ulotning fiziologik chizig`ini aniqlash
Download 24.92 Kb.
|
2-mavzuSPORTCHILARNI TIBBIY NAZORAT QILISH
Mashg`ulotning fiziologik chizig`ini aniqlash
Jismoniy tarbiya darsi va sport trenirovka mashg`uloti 4 qismdan iborat: 1. Mashg`ulotning kirish qismi. 2. Mashg`ulotning tayyorgarlik qismi. 3. Mashg`ulotning asosiy qismi. 4. Mashg`ulotning yakunlanish qismi. O`qituvchi (trener) ning bilimi va tajribasi yuqori darajada bo`lsa, u mashg`ulotning 4 ta qismida ham mashqlarning hajmini to`g`ri rejalashtiradi, ya`ni mashg`ulotning 1-2-3-qismlarida mashq hajmi asta-sekin ko`paytirib boriladi, 4-nchi qismida kamaytiriladi. Shunga ko`ra, tomir urishining soni mashg`ulotning 1-2-nchi qismlarida asta-sekin tezlashib boradi va mashg`ulotning 3-nchi qismida cho`qqisiga chiqadi. Mashg`ulotning yakunlovchi 4-nchi qismida esa mashq hajmi va tezligi kamaytiriladi, shuning uchun tomir urishi soni kamayadi, ya`ni u mashg`ulotning 2-nchi qismidagiga tenglashadi. Mashqning hajmi va tezligi to`g`ri rejalashtirilgan bo`lsa, tomir urishining soni, mashg`ulotning 1-2-nchi qismida asta-sekin tezlashib, 3-nchi qismida cho`qqisiga chiqib, tinch holatdagiga nisbatan 2 baravar va undan ko`p (120-140 martagacha) tezlashishi kerak. Agar mashg`ulotning asosiy, ya`ni 3-nchi qismida tomir urishi tinch holatidagiga nisbatan bor-yo`g`i 40-60 foizgina (ya`ni 100-120 martagacha) tezlashsa, dars (mashq) ning 3-nchi, ya`ni asosiy qismida, mashg`ulot hajmi va tezligi kam rejalashtirilgan hisoblanadi. Bunday mashg`ulot shug`ullanuvchini chiniqtirmaydi. Yoki mashg`ulotning 2-3-qismida tomir urishi soni bir xil bo`lib, uning tezlashuvi normaga nisbatan 50 foizdan ortmasa, bunda ham mashg`ulot hajmi kam hisoblanadi. Mashg`ulot uslubiy jihatdan noto`g`ri o`tkazilgan hisoblanadi. Yoki aksincha, mashg`ulotning 2-3-nchi qismida tomir urishi soni bir xil bo`lib, u normaga nisbatan 2-2,5 baravar tezlashsa, shug`ullanuvchi mashg`ulotning 2-3-nchi qismida bir xil katta hajmda mashq bajarib, charchab qoladi. Buning natijasida mashg`ulotning 4-nchi qismida ham tomir urishi 3-nchi qismdagidek tezlashgan bo`ladi, ya`ni sekinlashmaydi. Chunki, mashg`ulotning 2-3-nchi qismlarida bir xil katta mashq bajargani uchun yurakka katta yuk tushib, tomir urishi soni 2-2,5 baravar tezlashadi, yurak zo`riqadi. Natijada mashqning 4-nchi qismida garchi mashq hajmi kamaygan bo`lsada, yurak funksiyasi tiklanib ulgurmaydi va tomir urishi tezlashganicha qoladi. Demak, mashq o`tkazish uslubi noto`g`ri deb baholanadi. Download 24.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling