Shifokor pedagogik nazorati. Sport inshootlari gigiyenasi


Mаshg’ulоtning harakat zichligini aniqlash va baholash


Download 24.92 Kb.
bet4/6
Sana12.10.2023
Hajmi24.92 Kb.
#1699357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzuSPORTCHILARNI TIBBIY NAZORAT QILISH

Mаshg’ulоtning harakat zichligini aniqlash va baholash.
Nazorat o`tkazuvchi sport shifokori va trener (o`qituvchi) har bir shug`ullanuvchi o`quvchi-talaba, yoki trenirovka mashqini bajarayotgan sportchi mashg`ulotning umumiy vaqti davomida, necha daqiqa mashq bajarganini aniqlaydi.
O`quvchi (talaba) yoki sportchi mashg`ulot paytida qancha ko`proq harakat qilsa, ya`ni faollik bilan mashg`ulot bajarsa, dars yoki trenirovka o`tkazish usuli shuncha yaxshi deb baholanadi.
Masalan, dars yoki trenirovkaga ajratilgan 45 daqiqa davomida o`quvchi (talaba) yoki sportchining mashq bajarishga sarflagan vaqti 30 daqiqa bo`lsa, dars yoki trenirovka mashg`ulotining harakat zichligi quyidagicha bo`ladi:
30 x 100:45= 66 foiz
Demak, dars yoki trenirovkaning 45 daqiqa vaqti 100 foiz deb olinsa, uning 66 foizi harakatlanishga, 34 foizi tushuntirish, dam olishga sarflangan bo`ladi.
Harakatlanish zichligi 60-70 foiz bo`lsa, mashg`ulotning tashkil etilishi va o`tkazilishi qoniqarli, 70 foizdan ko`p bo`lsa, yaxshi, 60 foizdan kam bo`lsa, qoniqarsiz hisoblanadi.
Harakatlanish zichligining yaxshi bo`lishi quyidagilarga bog`liq:
1. O`qituvchi-trenerning bilimi va tajribasi yetarli bo`lishiga;
2. Sport buyumlari bilan yaxshi ta`minlanganligiga;
3. Sport kiyimlari va poyabzali bilan yaxshi ta`minlanganligiga;
4. Mashg`ulot bajaruvchilarning bir-biriga mos bo`lishlari, faolligi, intizomli bo`lishlari muhim ahamiyatga ega.
O`qituvchi-trener bir turdagi mashg`ulotni bajarish uchun 2 nafar shug`ullanuvchini birga qo`yadi (hamroh-naparnik). Ularning biri tez harakatlanuvchi, ikkinchisi sekinroq harakatlanuvchi bo`lishi kerak. Shunda tez harakatlanuvchi, sekin harakatlanuvchining harakatini tezlashuviga undaydi, sekin harakatlanuvchi esa, o`z navbatida, tez harakatlanuvchining harakatini biroz sekinlashtirib, uning charchab qolishining oldini olishga hissa qo`shadi.
Ikkita sekin harakatlanuvchi bir bo`lsa, harakat zichligi juda pasayib ketadi.
Aksincha, ikkita tez harakatlanuvchi bir bo`lsa, ularning ikkalasi mashg`ulot boshlanishida tez harakatlanib, mashg`ulotning ikkinchi yarmida charchab qoladi va harakat zichligi kamayadi (Oliy nerv faoliyati xolerik tipida bo`lganlar o`zining imkoniyatiga qaramay mashq boshida tez harakat qiladilar, mashqning ikkinchi yarmida esa charchab qoladilar).
Shunday qilib, ko`rinib turibdiki, shug`ullanuvchilarni bir-biriga mos qilib tanlashda, ya`ni mashg`ulotni tashkil etish va o`tkazishda, o`qituvchi (trener) ning bilimi va tajribasi katta rol o`ynaydi.

Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling