Shikastlanish jarayonini kelib chiqish sabablari Shikastlanishlar


Download 31.83 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi31.83 Kb.
#1474728
  1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU3 (1)


MA’RUZA-3. Sportchilarda ko’p uchraydigan hastaliklar.
Reja:

  1. Shikastlanish jarayonini kelib chiqish sabablari

  2. Shikastlanishlar turlari

  3. Suyaklarning sinishi va turlari

  4. Sportchilarda tayanch harakat apparati jarohatlari va kasalliklari tasnifi

Shikastlanish jarayonini kelib chiqish sabablari


Xozirgi zamonda shifoxonaga yotqiziladigan bemorlarning asosiy qismini, jarrohlik yo`li bilan davolanadigan bemorlar tashkil etadi. SHuningdek, ularning 50 foizidan ortig’i esa shikastlangan bemorlardir.
Buni yuzaga kelishi tasodifiy xol emas albatta. Bunga sabab fan va texnikani o`ta rivojlanib borishi, transport vositalarini kupayib borishi, turmush hayotimizga ko`plab elektr asbob-uskunalarini kirib borishi, atrof-muhitni ekologik holatining o`zgarib borishi va turli tabiiy ofatlarni jumladan, zil-zila, suv toshqini, o`t olish, dovul va boshqa hollarni sodir bo`lib turishi sababdir. eslatib o`tish lozimki-shu shikastlangan bemorlarni aksari qismi maktab yoshidagi bolalarda sodir bo`lishi aniqlangan. Bunga sababni quyidagicha izohlash mumkin:
Yosh bolalar aholining eng serharakat, tinib tinchimagan qismi bo`lib hisoblanadi. Ularning o`z qonun qoidalari bor. O`z fikr mulohazalariga egalar. Turli tajribalar qilib ko`rishni yahshi ko`radilar, kattalarni qilgan ishini takrorlab ko`rishga qiziqadilar. Shu mulohazaga ko`ra, o`z qonun qoidalariga asosan ish ko`radilar. Bu qilmishlari qanday natijalar bilan tugashi ularni qiziqtirmaydi hamda uni hisobga olmaydilar.
Yosh bolalar o`z harakatlarini to`la taxlil qilmaydilar. SHuning uchun ko`cha transport vositalaridan, uy ro`zg’or buyumlaridan, elektr tokidan, yong’indan shikastlanish, kimyoviy zaharlanish va suvda cho`kish kabi holatlarni ko`pi yosh bolalarga to`g’ri keladi.
Demak, travmatik shikastlanishlarni oldini olish va shikastlangan bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatish barcha katta yoshdagi kishilar, asosan tarbiyachi o`qituvchilar diqqat markazida bo`lmog’i kerak. SHu boisdan ham bo`lg’uvsi o`qituvchi hodimlar tibbiyot fani asoslari, jumladan, shikastlanishlar va shikast- langan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish usullarini to`la bilishlari zarur. Shikastlangan bemorlarga boshlangich birinchi tibbiy yordam ko`rsatish tadbirlarini to`g’ri amalga oshirishda tarbiyachi o`qi-tuvchilar: birinchidan -
shikastlanish jarayonini keltirib chiqa-ruvchi sabablar va uning turlarini, ikkinchidan -shikastlangan bemorlar holatini to`g’ri baholashlari uchun quyidagi asosiy omillarga e’tibor berishlari va to`la o`rganishlari kerak.
Shikastlanishlarning asosiy omillari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

    1. Tabbiiy ofatlar: zilzila, suv toshqini, yong’in, dovul, chaqmoq, vulqon.

    2. Ko`cha transport vositalaridan shikastlanishlar.

    3. Sanoatda shikastlanishlar.

    4. Sportdagi shikastlanishlar.

    5. Uy-ro`zg’or buyumlaridan shikastlanishlar.

    6. Suvda cho`kish

    7. Xarbiy hizmatdagi shikastlanishlar.

Yuqorida aytib o`tilgan sabablar tufayli odam organizmi turli og’ir va engil jarohatlarga duchor bo`ladi.

Download 31.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling