Sportchilarda tayanch harakat apparati jarohatlari va kasalliklari tasnifi
Maxsus travmatologik adabiyotlarda barcha jarohatlovchi omillar fizik, kimyoviy, biologik va aralash turlarga bo`linadi. Sportda ko`pgina jarohatlar jismoniy (mexanik va harorat) omillar ta`sirida yuzaga kelishi va ularning orasida aynan mexanik jarohatlar (ya`ni, lat eyish, kapsula-bog’lam apparati jarohatlari, yaralanish va b.) ko`p uchrashi sababli quyida faqat shu omillar ko`rib chiqiladi.
Tayanch harakat apparati jarohatlanishini ishlab chiqilgan tasnifi asosini etiopatogenetik va morfofunktsional tamoyillar tashkil etadi. O`z navbatida, tayanch harakat apparati jarohatlarini morfologik belgilari anatomik - topografik va anatomik - struktur o`zgarishlarni o`z ichiga oladi.
Sportchi jarohat etiopatogenezining yuzaga kelish sabablari:
Bevosita:
tashkiliy sabablar (murabbiyning nazariy va amaliy tayyorlanganlik darajasi, musobaqalar jadvali, hakamlar saviyasi, mashq qilish jarayonini qoniqarsiz moddiy-texnik ta`minoti, sanitariya-gigiena va iqlim sharoitlari);
uslubiy sabablar (guruhlarni tuzish, chigil yozar mashqlarini bajarmaslik, izchillik tamoyilini buzilishi, jismoniy yuklamalarni jadallashtirish, davolashni kuzatishdagi kamchiliklar).
Bilvosita, sportchini individual xususiyatlariga bog’liq sabablar:
texnik-taktik tayyorlanganlik darajasining pastligi;
sust jismoniy tayyorgarlik;
ma`naviy-irodaviy tayyorgarlikni etarli darajada bo`lmasligi, ruhiy- emotsional noturg’unlik;
sportchi sog’ligidagi muammolar (tayanch harakat apparatining yashirin va yaqqol kasalliklari);
intizom buzilishi;
boshqa sabablar.
Sportda jarohatni
Do'stlaringiz bilan baham: |