Shikoyat arizasi
Download 13.23 Kb.
|
O
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyev ga Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi 1-guruh nogironi Eshonqulov Tohir Qahhorovich tomonidan Prezident portaliga Shikoyat arizasi Ushbu arizani yozishdan maqsadim shundan iboratki , men ancha yildan buyon asab tizimi bo’yicha nogiron bo’lib qolganman. (Faqat hovlim atrofida gohida aravachada olib yurishadi). Meni yashab turgan joyim va yerim lalmi joy ekanligini hamma biladi. Boysun tuman Soliq Inspeksiyasi 2022-yilda meni lalmi yerimni to’lig’icha suvli yer hisoblab jami 1.512.529 so’m soliq chiqarishgan. Bu summani to’lashdan bosh tortganim uchun sudga oshirib , sud ham meni vajimni eshitmadi va chaqiruv xati ham bermasdan o’zini qarorini chiqargan. 2022-yil “ Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili ” yilida meni hatto imtiyozlarimni ham inobatga olmasdan adolatsiz qaror chiqarilgan. Shuning uchun , sizlardan meni fuqarolik haq-huquqlarimni himoyalashingizni , nogironlik imtiyozlarimni inobatga olib soliqdan ozod etishingizni so’rayman, arizaga nogironlik haqidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinmoqda. 1-guruh nogironi: Tohir Eshonqulov Imzo : _____________ Sana: 20.01.2023 Download 13.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling