Shimdirish usuli bilan asos va qoplama qatlamlarini qurish texnologik jarayonlari hisobi. Ishdan maqsad
Download 36.1 Kb.
|
6-Amaliy ish
Shimdirish usuli bilan asos va qoplama qatlamlarini qurish texnologik jarayonlari hisobi. Ishdan maqsad: Talabalargaberilgan topshiriqga asosan yo‘l tushamasiniqurish ishlarida tashkil qilish jarayonlarini urganadilar. Yo‘l tushamasi konstruksiyasi ko‘ndalang kesimini asoslashda, qurilayotgan avtomobil yo‘lning toifasidan kelib chiqib hisob-kitob asosida topiladi. Yotqizilayotgan qatlamning eng kam qalinligi eng katta zarralarning o‘lchamidan kamida 1,5 marta ko‘p bo‘lib, mustahkam asosga yotqizilayotgan qalinligi 10 cm dan, qumlik asos bo‘lganda 15sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Qatlamning o‘ta katta qalinligi 14.1-jadvalda ko‘rsatilgandan katta bo‘lmasligi lozim. Tosh materiallarining to‘kilgan holatdagi hajmini, uni zichlagandagi zahira koeffitsientini hisobga olgan holda hisoblanadi. Optimal zarrachalar tarkibli qum-shag‘al (chaqiqtosh) va zarrasi 40-70 va 70-120 mm mustahkamlik markasi 800 dan ko‘p chaqiqtosh materiallari-ning zichlanishdagi zahira koeffitsienti taxminan 1.25-1.30 ni, mustahkamlik markasi 600-300da 1.3-1.5 bo‘lishi mumkin. t Chaqiqtosh, shag‘al materiallar olib kelinib yo‘l poyi yuzasiga va oraliqdagi omborlarga shtabel qilib to‘planadi, so‘ngra to‘shamani qurishda ishlatiladi. 53-jadval
O‘zRST 25607 bo‘yicha optimal granulometrik tarkibli qum-shag‘al yoki qum-chaqiqtosh qorishmalarini yo‘l ustida tayyorlashga ruxsat etiladi. Qorishma, yotqizilish paytida optimalga yaqin bo‘lgan va undan 10% dan ortiq farq qilmaydigan namlikka ega bo‘lishi kerak. Namligi yetishmaydigan qorishmalarni zichlashdan 20-30 minut oldin namlanadi. Download 36.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling