Qum sement qorishmasini aralashtirish usuli bilan chaqiqtoshlardan asoslarni butun chuqurligiga yetkazmasdan ishlov berib qurish
Chaqiqtosh yoyilgandan so‘ng, uni namlab (suv sarfi 10 dm3/m2), bir izdan 2-3 martadan katoklar o‘tishi bilan zilanadi.
Chaqiqtosh qatlamining yuqori qismiga ishlov beruvchi qum sement qorishmasini majburiy tariqada ishlaydigan qorishtirgichda tayyorlash tavsiya qilinadi.
Yoyilgan chaqiqtoshlarning yuzasiga keltirilgan qum sement qorishmasini yotqizish tekislovchi mexanizmlar yoki avtogreyderlar bilan amalga oshiriladi.
Qum sement qorishmasini chaqiqtosh bilan tekislovchining ko‘p tishlik yumshatgichlari yoki kesuvchilar bilan aralashtiriladi. So‘ngra kerak bo‘lgan taqdirda uni optimal namlikka yetguncha namlanadi va ikkinchi marta aralashtirib tekislanadi va bir izdan 12-16 marta o‘tkazib g‘ildirak shinalik katoklar bilan zichlanadi.
Zichlash tugagandan so‘ng asos yuzasini tekislovchi yordamida toza pardozlanadi va tekis valeslik og‘irligi 6-13 tn.li katoklar bilan bir iz ustidan 1-2 marta o‘tish bilan yakuniy zichlanadi.
Pardozlash ishlari tugashi bilan asosning qarovini ta’minlash maqsadida yuza-siga 1m2 ga 0,6-0,8l bitum emulsiyasi sepish yoki qum (yengil supes) 4-6 cm qalinlikda sepilib, uni nam holatda 28 sutka saqlanadi.
YO‘L TO‘ShAMASINI QURISh.
Asosni ostki qatlamini qurish.
Yetakchi mexanizm qilibekskovator tanlaymiz.
Avtosamosvallar yordamidamaterialni karerdan tashish.
Avtogreyder yordamida tashilgan materialni yoyish
Yoyilgan materialni suv sepib namlash
Materialni zichlash
Zichlash qo‘yidagi katoklar og‘irligi ketma ketligi bo‘yicha boradi.
1. O‘rta katoklar 6-13 t
2. Og‘ir katoklar 14t va undan yuqori
Asosni ustki qatlamini chaqiqtoshdan qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |