Shimoliy Amerika daryo va kòllari Bu qaysi daryo?


Download 7.19 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi7.19 Kb.
#1359207
Bog'liq
Shimoliy Amerik-WPS Office

Shimoliy Amerika daryo va kòllari

Bu qaysi daryo?

  • AQSH va Meksikadagi daryo 2000 km masofada, yaʼni ElPaso shahridan quyilish joyigacha ular orasidagi chegara vazifasini oʻtaydi. Uzunligi 2870 km, havzasining maydoni 570 ming km². Qoyali togʻlardan boshlanib, qurgʻoqchil platolardan, baʼzida tor daralardan oqadi va Meksika qoʻltigʻiga quyiladi. Oʻrta oqimida oʻrtacha suv sarfi 570 m³/sek, quyilish yerida 15–20 m³/sek. Suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi. Yirik suv omborlari qurilgan.

RIO GRANDE

Bu qaysi kòl

  • Kanadaning janubidagi oqar koʻl. Dengiz sathidan 217 m balandlikda joylashgan. Maydoni 24,3 ming km2. Chuqurligi28 m gacha. Uzunligi 442 km, eni 100 km. Sohillari past va botqoqlik. unga Saskachevan, Red-River va boshqa . bir necha daryolar quyiladi, undan Nelson daryosi oqib chiqadi. Noyabrdan aprelgacha muzlaydi.

Vinnipeg kòli

Bu qaysi daryo?

  • Kanada va AQSH hududidan oqadi. Uzunligi 3700 km, havzasining maydoni 855 ming km². Kordilyera togʻlaridan boshlanadi, katta qismi Alyaska tekisliklaridan oqadi. Bering dengizining Norton qoʻltigʻiga quyiladi. Asosiy irmoqlari: Tanana, Pelli, Porkyupayn va Koyukuk.

Yukon

Bu qaysi daryo

  • Missisipi daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 2410 km, havzasining maydoni 416 ming km2. Qoyali togʻlardan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan oʻtadi. Bahorda toʻlib oqadi, baʼzan toshadi, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1300 m3/sek. Yirik suv ombori qurilgan. 1000 km masofada kemalar qatnaydi

Arkanzas

Bu qaysi kòl

  • Kanadaning gʻarbidagi koʻl, Makenzi daryosi sistemasida. Chuqurligi 60 m gacha, maydoni 7,9 ming km2. Sharqdan gʻarbga tomon oy shaklida choʻzilgan. Shimoliy qirgʻoqlari baland, qoyali, janubi.— pasttekislik. Oktabr oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Koʻlga Atabaska daryosi quyiladi Undan Qullar daryosi oqib chiqadi.

ATABASKA KÒLI

Bu qaysi daryo?

Kanadaning shim.-gʻarbidagi dare. Katta Qullar koʻlidan boshlanib, Makenzi pasttekisligidan oqadi va Shimoliy Muz oke-anining Bofort dengiziga quyiladi. Uz. 1770 km, Pisriver irmogʻi bilan birga 4250 km, havzasining maydoni (Katta Qullar koʻli havzasiga kiruvchi Qullar, Pisriver va Atabaska daryolari sistemasi bilan birga) 1804 ming km². Vodiysi botkrklangan, qoraqaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahor va yozda sersuv boʻladi.

Bu qaysi daryo

daryo. Kanada va AQShning gʻarbiy qismida. Oʻz. 2250 km, havzasining maydoni 670 ming km². Kryali togʻlardan boshlanib, Tinch okeanga estuariy hosil qilib quyiladi. Irmoqlari: Sneyk, Klark-Fort va boshqa Kor va moʻzliklardan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 8470 m³/sek. Oʻrta va quyi oqimida yirik toʻgʻonlar, suv omborlari, GESlar qurilga

Bu qaysi daryo

AQShdagi daryo, quyi qismi Meksika hududidan oqadi. Oʻz. 2334 km (Grin-River irmogʻi bilan 3200 km), havzasining maydoni 635 ming km². Qoyali togʻlardan boshlanib, Tinch okeanning Kaliforniya qoʻltigʻiga quyiladi. Yuta va Arizona shtatlarining chala choʻl va choʻlli hududlaridan oqadi. Kolorado platosini kesib oʻtishda umumiy oʻz. 800 km gacha boʻlgan chuqur kanyonlarni hosil qiladi, jumladan, jahondagi eng yirik kanyonlardan biri — Katta Kanyon ham oʻsha yerda. Yirik irmoqlari — Grin-River, San-Xuan, Litl-Kolorado, Xila. Daryo Koyali togʻlardagi qorlardan toʻyinadi, aprel—iyul oylarida toʻlib oqadi, koʻz va qishda kamsuv bòladi

Koloroda

Bu qaysi kòl

  • Kanadaning shimoliy.-gʻarbidagi koʻl. Maydoni 30,2 ming km2, chuqurligi 137 m gacha. Tektonik-muzlik natijasida yuzaga kelgan soylikda joylashgan. Qirgʻoklari tik, qoyali, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Koʻldan Katta Ayiqli daryo oqib chiqib, Makenzi daryosiga quyiladi. Oktyabr. oyidan iyungacha muzlaydi. Kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. Portlari — Port-Radiy, FortFranklin.

Katta Ayiq kòli

Bu qaysi kòl

  • Kanadaning shim.gʻarbiy qismidagi koʻl, 150 m balandlikda. Mayd. 28,6 ming km2, chuq. 150 m gacha, uz. 480 km. Koʻl oʻrni muzlik va tektonik harakat natijasida vujudga kelgan. Gʻarbiy sohili past, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, sharqiy va shim. sohili sertepa, oʻsimlik kam. Sharqiy qismida orol koʻp.

Katta Qullar kòli

Buyuk kòllar

  • Shimoliy amerikadagi yonmayon joylashgan 5 katta koʻl (Yuqori koʻl, Michigan, Guron, Eri, Ontario) ning umumiy nomi. AQSH bilan Kanadaning chegara qismida. Maydoni 245,2 ming km². Suvining hajmi 22725 km3. Buyuk koʻllar dunyoda eng katta chuchuk suv havzasidir. Koʻllar bir-birlari bilan qiska, serostona daryolar orqdpi tutashgan. Koʻllar Atlantika okeaniga SanLavrentiy daryosi orkali oqadi. Eri va Ontario koʻllarini bir-biriga bogʻlovchi Niagara daryosida Niagara sharsharasi bor.

Buyuk kòllar

Buyuk koʻllar qirgʻoq chizigʻining umumiy uz. 18 ming km. Buyuk koʻllar toʻrtlamchi davr muzliklarining erishidan paydo boʻlgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, bularda qizil, qoʻngʻir qumtoshlar, granitlar, gneyslar yaqqol koʻrinib turadi. Janubiy va jan.sharqiy qirgʻoqlari past. Orol koʻp. Chikago shahri yaqinida koʻl suvining temperaturasi yanvarda 0’, avgustda 20°. Dek.dan aprel oxirigacha muz bilan qoplanadi. Buyuk koʻllar da baliklarning 173 turi bor. Ichki suv yoʻllarining uz. 1873 km. Buyuk koʻllar dagi kema yoʻllarining uz. 3 ming km atrofida. Buyuk koʻllar atrofdagi dare va koʻllar bilan ham kanallar orqali qoʻshilgan. Koʻllarda temir rudasi, don, kumir va boshqa yuklar tashiladi. Yirik portlari — Chikago, Detroyt, Miluoki, Buffalo, Klivlend, Toronto


Download 7.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling