Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi Reja


Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti


Download 39.66 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi39.66 Kb.
#1825517
1   2   3   4
Bog'liq
Shimoliy atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining ikkinchi jahon urushidan keyingi tuzilishi

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, NATO (North Atlantic Treaty Organisation — NATO) — xalqaro davlatlararo harbiy-siyosiy tashkilot. 1949 yil 4 aprelda Vashingtonda 12 davlat: AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Kanada, Italiya, Portugaliya, Norvegiya, Daniya, Islandiya vakillari tomonidan shimoliy Atlantika shartnomasi imzolangan. Tashkilotga 1952 yil Gretsiya va Turkiya; 1955 yil GFR, 1982 yil Ispaniya, 1999 yil Vengriya, Polsha va Chexiya, 2004 yil Latviya, Litva, Estoniya, Slovakiya, Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya qabul qilindi; 1966 yil Frantsiya NATOning harbiy tuzilmalaridan chiqqan. Shartnoma dastlab Sovet Ittifoqi tomonidan agressiya xavfiga qarshi birgalikda himoyalanish va jamoaviy xavfsizlikni nazarda tutgan. Bu 2-jahon urushidan keyin AQSh tomonidan tuzilgan birinchi uyushma bo’lib, u G’arb mamlakatlarining ittifoqini anglatardi. Bunday shartnoma tuzilishiga «sovuq urush»ning tobora keng tus olgani sabab bo’lgan. G’arbiy Yevropa mamlakatlari Sovet Ittifoqidan yakka tartibda himoyalanishda o’zlarini ojiz his etganliklari uchun 1947 yil hamkorlikda himoya tizimini yarata boshladilar. 1948 yil 17 martda 5 mamlakat — Belgiya, Frantsiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Buyuk Britaniya «Bryussel shartnomasi»ni imzolagan edilar. Bu shartnoma NATO ga asos bo’ldi. NATO ning asosiy prinsipi shartnomaning «Tomonlar Yevropa yoki shimoliy Amerikada bir yoki undan ortiq mamlakatga qilinadigan qurolli hujumni barchaga qarshi hujum sifatida qaraydi» degan moddasida ifodalangan. Shartnoma BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, bu moddada mustaqil davlatlar yakka tartibda yoki jamoa bo’lib o’z mudofaasini tashkil etish huquqiga egaligi ko’rsatilgan. Shartnoma NATO ga kiruvchi mamlakatlarga G’arbiy Yevropa va shimoliy Atlantikani himoya qilish vazifasini yuklagan. Shartnoma, shuningdek, a’zolar o’rtasida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. NATO qurolli kuchlari 1950 yil iyunda boshlangan Koreya urushiga javoban shu yil tashkil qilingan. NATO ittifoq hisoblanadi. Uning ichida yagona, markazlashgan organ mavjud emas. Huquqiy jihatdan hech bir davlat o’zining ko’rsatmalariga qo’shilishga boshqa davlatlarni majbur etishga haqli emas. NATO tuzilmasini siyosiy (fuqaroviy) RP harbiy qismga bo’lish mumkin. Shimoliy Atlantika Kengashi NATOning oliy siyosiy organi hisoblanadi. U ittifoqqa a’zo mamlakatlar hukumatlari o’rtasida maslahatlashib olinadigan va ishlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy forumdir. Kengash majlislari: haftasiga bir marta — NATO ga a’zo mamlakatlar doimiy vakillari (elchilari) darajasida; Yiliga 2 marta — tashqi ishlar vazirlari darajasida; kelishuv bo’yicha, alohida hollarda — davlatlar va hukumatlar boshliqlari darajasida o’tadi. Kengash kun tartibiga amalda har qanday masala qo’yiladi, ittifoqqa a’zo mamlakatlar o’zining ichidagi vaziyatlarga baho berish bundan mustasno. Qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi va barcha a’zolar uchun bir xilda kuchga ega bo’ladi. Harbiy masalalar mudofaani rejalash- tirish komiteti (MRK) majlislarida muhokama qilinadi. Yadroviy rejalashtirish guruhi majlislarida NATO siyosatida yadro qurolining ahamiyati bilan bog’liq masalalar bo’yicha maslahatlashuv bo’ladi. NATO Bosh kotibi yuqoridagi har uchchala organning raisi hisoblanadi. Xalqaro kotibiyat ham uning tasarrufida bo’ladi. Harbiy komitet NATOning oliy harbiy organi hisoblanadi. U barcha qatnashchi mamlakatlar Bosh shtablari boshliqlaridan tashkil topadi. Komitet yiliga 2 marta shtab boshliqlari darajasida Majlis qiladi, joriy masalalar NATOga a’zo mamlakatlar harbiy missiyalari vakillarining har haftalik uchrashuvlarida muhokama qilinadi. Xalqaro harbiy shtab harbiy komitetning ijroiya organidir. NATO Praga sammiti (2002 yil noyab.)ning qarorlariga muvofiq, Yevropa va Atlantikada Bosh harbiy qo’mondonliklar o’rniga NATO birlashgan qo’mondonliklari tuzildi. Bular — Evropada NATO Birlashgan kuchlari Bosh qo’mondonligi o’rniga operasiyalar ustidan Birlashgan qo’mondonlik (Mons shahri, Belgiya); Atlantikada NATO Birlashgan kuchlari Bosh qo’mondonligi o’rniga qayta tuzish bo’yicha Birlashgan qo’mondonlik (Norfolk shahri, AQSh). «Sovuq urush» tugagandan so’ng NATOni dunyoda yuzaga kelgan yangi vaziyatga moslashtirish boshlandi. 1991 yil shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi tuzildi. U yevroatlantika hamkorlik kengashi (EAHK)ga aylantirildi (1997). 1994 yildan NATOning «tinchlik yo’lida hamkorlik» (TYH) dasturi amalga oshirila boshlandi. Bu dastur yevroatlantika hududi xavfsizligining asosiy tarkibiy qismiga aylandi va NATOda markaziy o’rinni egallab kelmoqda. EAHK ga 46 mamlakat a’zo (2004). O’zbekiston 1992 yil 10 martda shimoliy Atlantika hamkorligi kengashiga a’zo bo’lib kirdi. «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturiga qo’shilish to’grisidagi hujjatning O’zbekiston tomonidan imzolanishi (1994) Respublikaning xalqaro tuzilmalarga integratsiyalashuvi jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. 1995 yil 16 avgustda O’zbekiston NATO bilan xavfsizlik to’g’risidagi bitimni imzoladi. O’zbekistonning NATO bilan o’zaro aloqalari har yili ikkala tomondan tasdiqlanadigan individual hamkorlik dasturi orqali amalga oshiriladi.

Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling