Shiori ostidagi mustaqillikning


Download 422.56 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi422.56 Kb.
#1264422
Bog'liq
2 sinflar uchun mustaqillik darsi ZIlola malimaga

GO’ZAL VA BETAKRORIMSAN, MUQADDAS VATANIM, JONIM


SENGA FIDO, O’ZBEKISTONIM!”

SHIORI OSTIDAGI MUSTAQILLIKNING
25 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN

BIR SOATLIK DARS ISHLANMA


O’QITUVCHI: _____________

O’zbekiston – betakror diyor.


Darsning maqsadilari:
Ta’limiy: Go’zal, betakror diyorimiz tabiati,vatanimizning serunum tuproqlari-yu,bog’-rog’lari,zahmatkash insonlari,bilimdon farzandlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga ona Vatani bilan faxrlanish hissini uyg’otish ,muqaddas zaminimizni har bir qarichini asrab- avaylab, e’zozlashga o’rgatish. Yurtboshimiz
Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asaridagi muhim ma’lumotlar bilan bog’langan holda mukammal tanishtirish orqali yosh avlodimizning qalbida yurtiga nisbatan sadoqat va muhabbat tuyg’usini singdirish.
Rivojlantiruvchi : Bolalarga tilimizda ishlatiladigan ayrim so’zlarning mazmuni , mohiyatini tushuntirish. Nutqini shakllantirish.
Darsning jihozi : O’ zbekistonning bog’u- rog’lari, betakror qir –adirlari tasvirlangan rasmlar,plakatlar. I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” kitobi. Texnik vositalar.
Darsning borishi : Navbatchi axborotini tinglanadi. Aziz o’quvchilar,2016- yilni yurtboshimiz qanday nomladilar.
O’quvchi: 2016- yilni yurtboshimiz tomonidan “ Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qildilar.
Sog’lom bola “ she’ri.
Sog’lom ona, sog’lom bola,
Kerak bizning yurtimizga
Yurtboshimiz parvonadir,
Har bir o’g’il –qizimizga.


Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan,


Go’zal va betakrororimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim! " degan tadbirimizni boshlaymiz.
Vatan nima?
Vatan bu - tanamda oqayotgam qon
Vatan bu –qalbimda jo’sh urgan vijdon.
Vatan bu -men yotgan o’sha tol beshik.
Vatan bu –men o’sgan ostona eshik.
Vatan bu – Ollohim bergan qatra jon.
Vatan bu –shu zamin, hur O’zbekiston.
Vatan” qo’shig’i.
O’qituvchi:Vatan qayerdan boshlanadi? O’quvchi: Vatan ostonadan boshlanadi.
O’qituvchi:Vatan nima? O’quvchi: Vatan bu biz tug’ilib o’sgan zamin.
O’qituvchi:Vatanni kimga qiyoslaymiz? O’quvchi: Vatanni onaga qiyoslaymiz.
Vatan bu - shodligu, qayg’umizlarimizning guvohi bo’lgan diyor.
Vatan bu - tuprog’I zarga, bog’lari olmosga, paxtalari oltinga keng makon .
O’qituvchi: Ha, azizlar Vatanimizni mustaqillikka erishguncha qanchadan –qancha mashaqqatli yo’llarni bosib o’tdik. Yaqin tarixda xalqimiz o’z boshidan kechirgan bunday azob- uqubatlarni, taqdirimiz jar yoqasida turgan mash’um kunlarni unutishga bizning aslo haqqimiz yo’q. “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”.
Aziz o’quvchilar, sizlar endi guruhlarga bo’linib olishlaringiz kerak.
Istiqlol” guruhi :
Sochimning mushaklari, ko’nglimning ko’shki,
Ikkala ko’zimning qorasi Vatan.
Yetmish tomirimga shunchalar eshki,
Qirqovlon jonimning yorasi Vatan.
Mustaqillik” guruhi :
Ko’z ochsang quchog’in ochadi kulib,
Ulg’aysang ulg’ayar baxtlarga to’lib,
Kutar va kuzatar parvona bo’lib,
Beshik bilan tobut orasi Vatan.
Vatanparvar” guruhi :
Sarg’aysang bir tunda ko’klab qo’yadi
Yiqilsang qaddingni tiklab qo’yadi,
Kurashsang kamoningni tiklab qo’yadi,
Insonning suyanchi, to’rasi Vatan.
Humo” guruhi:

Topshiriqlar :
Istiqlol” guruhiga. Qachon istiqlolga erishganmiz?
Mustaqillik” guruhiga. Shu yil mustaqillikning necha yilligi nishonlanadi?
Vatanparvar” guruhiga .Vatanimizni nima uchun ardoqlaymiz?
Humo” guruhiga. Humo qushi nimaning ramzi?
Javoblarni o’qituvchi va boshqa guruh a’zolari to’ldirishadi. Navbatdagi topshiriq, maqollarni davom ettir.
Vataning tinch………..
Yurti boyning…………
Vatani borning………
Vatan gadosi -………..
Vatan qadrini bilmagan ………..
Vatanga falokat ………
O’qituvchi:
Endigi shartimiz: Rasm asosida o’g’zaki matn yaratish. Bunda har bir guruh a’zosi matnni so’zlab berayotganda so’zlar ketma- ketligiga nutq ravonligiga e’tibor qliish talab etiladi.

Rasmlar:


Guruhlar:
Quvnoq o’g’il-qizlarmiz,
Yerdagi yulduzlarmiz,
Kelajakni ko’zlarmiz,
Biz- Vatanning ertasi
Temurning avlodimiz,
To’maris zurriyodimiz,
Tinchlikdir murodimiz,
Biz- Vatanning ertasi.

O’sayapmiz erkin, shod,


Izlanib, qilib ijod,
Bilim – bukilmas qanot
Biz – Vatanning ertasi.

El-yurt sha’ni -orimiz,


Pok saqlash shiorimiz,
Yashasin diyorimiz,
Biz – Vatanning ertasi.

Mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savollar.
Go’zal deganda nimani tushunasiz?
Betakror deganda nimani tushunasiz?
Muqaddas deganda nimani tushunasiz?
Jonim senga fido deganda nimani tushunasiz?

O’qituvchi: Vatanimiz onamiz kabi go’zaldir, betakror, serunum bog’u-
rog’larimiz, muqaddas dinimiz, e’tiqodimiz, vatani uchun jonini fido qiluvchi, sevuvchi insonlarimiz bor.
Uyga vazifa: Vatan haqida kichik hikoya yozib kelasizlar.
Download 422.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling