Shirin xotiralarga
Download 14.55 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Boqdim sening ko’zlaring ila yorqin samoga SHIRIN XOTIRALARGA Sening ko’zlaring bilan rangin dunyoga boqar ekanman shu yerda men achchiq haqiqatni anglab yetaman ya’ni yonimda sening yo’qligingni his etaman.Yuragimning tub tubini tirnab yotgan bu tuyg’u menga tinchlik bermas,ich ichimni kemirar nega ,nega ,nega aynan biz deya savollar qiynab yuborardi. Sensizlik menga qattiq azob berardi.Ba’zida o’z-o’zimdan nafratlanib ketaman, yoki bu mening boshimga tushayotgan bir sinovmikin deb ham o’ylab qolaman.Lekin yuragimga taskin berayotgan sendan qolgan shirin xotiralar menga oz bo’lsa ham meni ovutmoqda.Sen bilan o’tgan har bir onim meni umrim davomida o’tqazgan eng baxtli davrlarim edi.Shu kunlar uchun ham ming shukronalar qilaman. Sening husnu jamoling hali hamon yodimdan chiqmaydi.Kulgichlaring,yonog’ing,chakkanga taqib oladigan rayhon isi esimdan chiqmaydi.Ba’zida oy shulasida o’tirib bag’rimda uxlab qolganingda sening yuzingga termulib yonog’inga tushgan sochingni qulog’ing ustiga olib qo’yish men uchun zavq bag’ishlar edi. Tongda sendan keladigan shirin ifor meni uyg’otganda sen yonimda ekanligingni sezsam mendan baxtli inson yo’q edi o’sha dam.Shuning uchun ham har bir insonning o’z jufti bo’lsin ekan .Yolg’izlik azobini his qilgan odamgina tushunib yetar ekan.Nima aybim seni sevganimmi.Mana bugun sensizlik mening jazoimmikan.Sensizlik menga o’z hukmini o’tkaza boshladi. Download 14.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling