Shisha ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja


Download 0.61 Mb.
bet5/6
Sana07.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1695136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shisha ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja

Sitall ishlab chiqarish.
Sitallning ilk bor turi «Pirokeram» va «Fotokeram» Amerika qo‘shma shtatlarida 1957 yil Stuki tomonidan «Korning» firmasida olindi.
Natijada Ruminiyada «Rumin chinnisi», Germaniyada «Vitrokeram», Chexoslavakiyada «Kriston», Rossiyada «Sitall» va «Fotositall» nomi bilan ataladigan turlari paydo bo‘ldi.
Tarkibida maxsus qo‘shimchalar qo‘shilgan shishalarni termik yo‘l bilan past temperaturada kristallanish natijasida olinadigan, kichik hajmli kristallar va shisha qoldig‘ining o‘zaro birikib ketishdan tashkil, yuqori mexanik va boshqa ko‘pgina foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallar sitall deb ataladi.
Sitall shisha moddalarning tarkibi asosan kristall tuzilishga egaligi, boshqa kristall moddalardan esa nafis va bir tarkibli mikrokristall tuzilishga ega ekanligi bilan farqlanadi. Agar sitall kristallarning o‘lchami kichik va ko‘rinishi ignasimon bo‘lsa, uning mexanik mustahkamligi juda yuqori bo‘ladi.
Sitall mahsulotlari ishlab chiqarishda kristall fazasi donalarining o‘lchami 1mkkm kam bo‘lishi kerak. Ammo bu o‘lchamdagi kristallarga ega bo‘lgan materialni shisha asosida olish oson emas.
Bu katalizatorlar ishtirokida hal etiladi.
Katalizatorlar ikki xil bo‘ladi.
1. Kalloid qo‘shimchalar – Ag,Au,Cu, va boshqalar.
2. Shafoflikini so‘ndiruvchilar – F,TiO2,ZrO2,FeS,Cr2O3 va boshqalar.
Sitallar asosan ikki katta gruppaga bo‘linadi.
1. Reaktiv va tabiiy xomashyolar asosida olinadigan texnik sitallar. ular o‘z navbatida tarkibiga ko‘ra, turlarga ajraladi: litiyli sitall qo‘rg‘oshinli sitall va hokazo. Yana texnik sitall mahsulotlarning xususiyatiga ko‘ra ham turlicha bo‘ladi: a) issiqlikni chidamli sitall. b) shaffof sitall va hokazo.
Sanoat chiqindilari va tog‘ jinslari asosida olinadigan qurilish sitallari. Ular ham 2 ga bo‘linadi. a) shlakli sitall. b) petrositall.
Sitallar ishlatilish sohalariga ko‘ra esa uch katta gruppaga ajraladi.
1. Qurilish sitallari
2. Texnik sitallari
3. Xo‘jalik maishiy sitallari.
Sitallarni ularning tarkibiga kirgan kristall faza nomi bilan atash ham ko‘pgina manbalarda uchraydi. Quyida ulardan ba’zilarining nomi keltirilgan.
1. Spodumyan. Tarkibli sitallar. Ular Li­2O, Al2O3, SiO2 sistema asosida TiO2 katalizatorlari ishtirokida olib boriladi.
2. Kordiyarit tarkibli sitallar. Ular MgO, Al2O3, SiO2 sistemasi TiO2 ishtirokida olinadi.
3. Yuqori kremnizyom tarkibli sitallar. Ular tarkibiga 85-92 % gacha SiO2 kirgan shixtalar asosida olinadi. Kristallanish katalizatori rolini tarkibiga 7,5-14,5 % miqdorda kiritilgan Na2O bajaradi.
3,6 % atrofida qo‘shilgan ftor esa kremnizyomni past temperaturada eritib shishaga o‘tishini ta’minlaydi.
4. Qo‘rg‘oshin tarkibli, melilit tarkibli, diopsid tarkibli va boshqa turlarga bo‘linadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling