Shisha maxsulotlarni turlari, xossalari, ishlatilishi


Download 271.5 Kb.
bet3/3
Sana23.10.2023
Hajmi271.5 Kb.
#1717597
1   2   3
Bog'liq
Shisha maxsulotlarni turlari, xossalari, ishlatilishi

Qoplama oyna plitkalar mustahkamlik va foydalanish xossalari bo‘yicha sopol plitkalardan afzaldir. Sirlangan plitkalar (sirtlarining bir tomoni rangli yoki oq emal bilan qoplanadi), har xil rangli xira oynadan tayyorlangan gilam ko‘rinishidagi koshin plitalar (40-rasm) va o‘ng sirti jilolangan hamda orqa sirti taram-taram xira rangli «marblit» plitkalar chiqariladi. Ulardan sanitariya uzellari, dush va vannaxonalarga qoplash (oq va rangli emal bilan qoplangan plitkalar) uchun, jamoat binolari devorlarini manzarali pardozlash uchun (emallangan rangli plitkalar), panellar va devorlarning tashqi tomonlarini pardozlash (gilam ko‘rinishidagi koshin plitkalar) uchun, shuningdek, meditsina korxonalari va oziqovqat va ximiya sanoati korxonalarining (marblit) devorlari sirtini qoplash uchun foydalaniladi.
Oyna kristallit – yangi manzarali qoplash materiali bo‘lib,
granulyasiyalangan oynakristall materialning o‘ng tomonini alanga bilan jilolanib, bir yo‘la kristallash usulida tayyorlanib, keyinchalik termik ishlanadi. Oyna kristallit o‘lchami 400x300 va 300x200 mm va qalinligi 25 dan 12 mm gacha bo‘lgan plitalar ko‘rinishida chiqariladi. Plitalarning o‘ng tomoni jilolangan, rangi turlicha bo‘lishi mumkin yoki tabiiy toshga o‘xshatib yasalishi mumkin. Ulardan jamoat binolarida manzarali bezak(panno)lar uchun, devorlarning tashqi va ichki sirtlarini qoplash, pollar uchun foydalaniladi.
Sitallar va shlakositallar
Sitallar shishakristall materiallardan iborat bo‘lib, shishaning to‘la yoki
qisman kristallanishi natijasida olinadi. Sitallar ishlab chiqarish uchun shisha ishlab chiqarishga nisbatan qo‘shimcha ravishda isitib ishlash talab etiladi, isitib ishlash jarayonida shisha kristallanadi. Kristallovchi katalizatorlar sifatida ishqor yoki ishqoriy er metallarining ftorid yoki fosfat birikmalaridan foydalaniladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha sitallar qora, jigarrang, kulrang, och sariq va boshqa ranglarda, xira va shaffof bo‘lishlari mumkin. Kristallik tuzilishi sitallarning nihoyatda yuqori fizik-mexanik xossalarini belgilab beradi. Sitallarning siqilishga mustahkamlik chegarasi 500 MPadan ortiq. Kichik issiqlik kengayish va
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan holda sitallar issiqqa chidamliligi, puxtaligi, emirilish, ta’sirlarga va eyilishga bardoshliligi bilan farqlanadilar. Sitallar mustahkam, kimyoviy va termik jihatdan chidamli qoplama plitkalari, quvurlar va boshqa buyumlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
SHlakositallar – mikrokristallik tuzilishiga ega bo‘lgan yangi qurilish
materialidir. Ularni ishlab chiqarish uchun metallurgiya shlaklari xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘shilmali shlak eritmasidan uzluksiz prokatka qilish usulida yoki presslab buyumlar shakllanadi, so‘ngra ular termik ishlashga yo‘naltiriladi, termik ishlanayotganda kristallanish sodir bo‘ladi. SHlakositallarning tuzilishi zich bo‘ladi va yuqori mustahkamlikka ega, qattiq, issiqlikka va eyilish jihatdan chidamli hamda kimyoviy jihatdan emiruvchi muhitga bardoshli bo‘ladi. SHlakositallarning rangi qoramtir-kulrang yoki oq bo‘ladi, lekin ularni sopol bo‘yoqlari bilan turli ranglarda bo‘yash mumkin. SHlakositallardan pol va turli vazifalarda foydalaniladigan, ishlab chiqarish sharoitlari kimyoviy emiruvchi bo‘lgan sanoat binolarida qurilish qurilmalarini ximoya qiluvchi qoplama sifatida, shuningdek, ximiya hamda qazilma xom ashyolari qazib olish sanoatlarining asbob-uskunalarining ichiga qoplash uchun foydalaniladi.
Download 271.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling