1-rasm. Goniometr-spektrometr optik chizmasi
Xuddi shunday, optik tuzilishga ega bо‘lgan har qanday optik asboblar bilan bu ishni bajarish mumkin. Bir jinsli shaffof shishadan qilingan prizmaning kо‘rinishi teng tomonli uchburchakdan iborat. Quyidagi 2-rasmda kо‘rsatilganidek prizmaning AB qirrasini oq yorug’lik bilan yoritilganda BC qirrasidan har xil ranglar ajralib chiqadi.
2-rasm. Prizmadan oq yorug’lik o’tganda ranglar ajralishi.
qizil rang yorug‘likning tо‘lqin uzunligi, u tushayotgan yо‘nalishdan binafsha rang tо‘lqin uzunligiga nisbatan kichik og‘adi. Sababi λko’k>λbinafsha va nko’kbinafsha ya’ni katta tо‘lqin uzunligiga kichik sindirish kо‘rsatkichi va kichik tо‘lqin uzunligiga katta sindirish kо‘rsatkichi tо‘g‘ri keladi. Kichik sindirish kо‘rsatkichiga mos keluvchi tо‘lqin uzunligi prizmada kichik burchakka sinib о‘tadi, sindirish kо‘rsatkichi kattaga mos keluvchi tо‘lqin uzunligi katta burchakka sinadi. Bunga asosiy sabab monoxromatik yorug‘lik tо‘lqinlarining bir jinsli shisha muhitda har xil tezliklar bilan tarqalishidir.
(1)
Endi biz yorug‘lik nurini shisha prizmadan sinishi va о‘tishini kо‘ramiz . Ma’lum bir tо‘lqin uzunlikdagi nurning shisha prizmadan о‘tishini kо‘raylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |