Shisha prizmaning va shishaning sindirish kо‘rsatkichini aniqlash
Ishning maqsadi: Bir jinsli shaffof shisha prizmaning sindirish kо‘rsatkichini uning sinish burchagi, nur dastasining og‘ish burchagi va tushayotgan tо‘lqin uzunliklari orasidagi bоg‘lanishni о‘rganish. Prizmaning sindirish kо‘rsatgichini о‘lchash natijalari asosida uning dispersiyasini aniqlash yо‘llari bilan tanishish. Qattiq shaffof jismlarning sindirish ko‘rsatkichlarini aniqlashni o‘rganish.
Kerakli asboblar: Simob lampasi (chiziqli spektrlari) despersiya xodisasini о‘rganish uchun yetarli, goniоmetr-spektroskop GS-5, bir jinsli shaffof shishadan qilingan prizma. Taglikka o‘rnatilgan lampochka, kuchlanish manbai, tomonlari yassi-parallel bo‘lgan shisha plastinka, tirqishli ekran, uchburchak chizg‘ich, transportir, oq qog‘oz, ulovchi simlar
Ishning nazariy qismi: Sindirish kо‘rsatkichi ni despersiyasi deganda, uning tо‘lqin uzunliklariga bog‘liqligini tushunamiz. Tо‘lqin uzunligining kamayishi bilan sindirish kо‘rsatkichining oshishiga ya’ni normal (oddiy) dispersiya, tо‘lqin uzunligining kamayishi bilan sindirish kо‘rsatkichi ham kamayishiga anomal (oddiy bо‘lmagan) dispersiya deyiladi. Prizmaning sindirish ko’rsatkichining despersiyasini tekshirishda goniometr-spektrometrdan foydalanamiz. Uning optik chizmasi 1-rasmda keltirilgan.
Bu rasmda 1-qism T-tirqishni yoritish uskunasi, 2-qism kollimator, bu prizmaning qirrasi parallel nurlar bilan yoritish moslamasi, 3-qism kamera, Pr prizmada dispersiyalangan (bir - birlaridan ajralgan) nurlarni fokal tekislikdagi spektrlarni kо‘z bilan kо‘rishga moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |