Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi. Shisha


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1001717
  1   2
Bog'liq
05-12 17-05



Shisha
Shisha qattiq 
amorf
moddadir. Shisha odatda 
moʻrt
 va 
shaffof
boʻladi.


 Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi
komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy,
kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani
qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha
qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-
sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi.
Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi,
soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi,
issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi
anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid
Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush,
fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.
Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy,
germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi.
Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83),
surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2Te3) asosidagi Shishalar
maʼlum.
Galogenid Shisha berilliy ftorid VeGʻ2va rux xlorid 2pS12asosida olinadi.
Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi
(qavslarda Shisha hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan): silikat Shisha (8YU2), borat Shisha
Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si) atrofida kislorod atomlarining (O)
tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq tartib mavjud emas.


(V,03), fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha, (Oye02), borosilikat Shisha (V20, va 8YU2),
alyumosilikat Shisha (A1203va 8YU2).
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlik
qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot
Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi, idish Shishasi, navli
Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan
Shisha, yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi
fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan Shisha va h.k. ishlab
chiqariladi.
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Shishasi sanoatda kremniy dioksid 8YU2asosida olinadi.
Me20p 8YU2(bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli eruvchan binar ishqoriysilikat Shisha ham
sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, meʼmorlikqurilish, navli, idish va boshqalar sanoat
Shishalari asosini №20—SaO—8YU2uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu
oksidlardan tashqari ular tarkibiga Shishaiing kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va
kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Shisha turlarining kimyoviy tarkibi jadvalda
keltirilgan.
shahrining xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli xossasi uning
shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik shahriniki esa 99,95% gacha). Shisha
moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m³.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling