Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi. Shisha


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1001717
1   2
Bog'liq
05-12 17-05

Стеклянная гора вулкана Лечебного озера (
inglizcha
: Medicine Lake Volcano). 
Калифорния
. Фото Джулии
Доннелли-Нолэйн (USGS)


Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang 
Vulkan shishasi
). Sunʼiy shishaning
paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni
kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur)
hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan.
Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan.
Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shishaga qoʻrgʻoshin va
qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari
qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan.
Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.
2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal qilingandan
boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha
shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil Shishalar ishlab
chiqarish avtomatlashtirildi.
Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali kompozitsiyalar,
haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy bezak toshlar, Shisha mozaika va
boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda
rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning
eng qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat topilgan. Aynan shu
mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga taalluqli jadvallarda eng
qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon etilgan. Arxeologik izlanishlar
qadimgi sunʼiy Shisha buyumlar mil. av. 4-ming yillik oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr
yodgorliklarida, keyinroq Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga
mansub Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan.
Moldavit. Meteorit tushishidan hosil bõlgan mineral. Besednitse. 
Chexiya


Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa, tamga va boshqalar),
asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori,
feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi,
Gʻarbiy Yevropada gotika davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi.
Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—16-asrlarda Venetsiya
Shishasi, 17-asrda Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-yillardan (dastlab Angliyada) billursimon
Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20asr
boshida shahridan amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila boshlandi.
Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Shisha mahsulotlar tayyorlangan.
Tuxolo (Toxarisgon) (hozirgi Oʻzbekistonning janubi va Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan
davlat)da havorang, qizil rangli Shisha tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari oʻsha davrlarda
Samarqandda ham shahridan bezak buyumlari ishlanganligini qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan
nok shaklidagi medalon (2,5x2 sm) Shishasi yashil boʻlib, gardishga oʻrnatilgan. Movarounnahr 9
—10-asrlarda Shishasi bilan ham shuhrat qozongan. 10— 12asr shishasozlari metall qoliplar,
qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib badiiy Shisha mahsulotlari tayyorlaganlar.
Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari shahridan ishlangan. Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorlikda
ham ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor binolarida
rangli Shisha ishlatilganini yozgan.
Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki, Ishratxona maqbarasining ganch panjaralarida rangli Shisha
ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta asrlarda
Shisha tayyorlovchi ustalarning doʻkonlari boʻlgan.
Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning mil. 424 yilda shu yerli
xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, shahridan imperator uchun maxsus taxt yasab
Skifos. Rangli shisha. Sharqiy õrtayer dengizi. I asrning birinchi yarmi. 
Ermitaj


berganliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amerika olimi E. Sheferni "Samarqandning oltin
shaftolilari" nomli kitobida (1881-yil) Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-asrlar) Fargʻonadan
(675 va 761 yillar), Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo viloyati) (730 va 741 yillar) va Keshdan
(hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk, havorang, tiniq va shaffof Shishalar (xitoycha "boli") va
qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur oʻtkazmaydigan rangli Shishalar (xitoycha "lyuli") olib
borilganligi qayd etilgan. Bu maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston hududida
yuqori darajada rivojlanganligini qoʻrsatadi.
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini tayyorlash,
aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va
ishlov berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari,
soda, potash, ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar oʻrnida
boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki
kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi, qalay birikmalari)
ishlatiladi.
Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Shisha pishirish
jarayoni Shisha massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash),
gomogenlash va sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400— 1450°da pishiriladi, 14601500°da
tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi. shahriga shakl berish va
undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi.
shahrini 500—600"da (shishalanish trasidan 20—30° yuqori) astasekin sovitish yoki sovitish
trasidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis
taqsimlanishiga erishiladi. Shisha toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi.
Shisha xalq xoʻjaligida (sanoat inshootlari qurilishida), Shisha tola va Shisha plastiklar ishlab
chiqarishda, texnikaning turli sohalarida — optika, asbobsozlik, yorugʻlik texnikasi,
Shishani qayta ishlash mimkinligini anglatuvchi kodli belgi


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
84.54.78.134
 tomonidan amalga oshirildi
elektrovakuum sanoatida kimyoviy laboratiya jihozlari, Shisha idishlar, badiiy va maishiy buyumlar
ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Shisha&oldid=3016271

dan olindi
Adabiyot

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling