Shizofreniya Maniakal depressiv psixoz


Moniakal (kayfiyatning ko‘tarilishi)


Download 77.61 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi77.61 Kb.
#1331995
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shizofreniya

Moniakal (kayfiyatning ko‘tarilishi)

  • Moniakal (kayfiyatning ko‘tarilishi) shaklida atrofdagi narsalar bemorlarning ko‘ziga yaxshi bo‘lib ko‘rinadi. Bemorlarning kayfi chog‘ bo‘lib, hamma narsalarga qiziqadi, hamma ishlarga aralashib yuradi.
  • Ba’zi bemorlar savollarni ko‘p beradigan bo‘ladi, ko‘p gapiradi. Bemorlar o‘zlarining qobiliyatlariga ortiqcha baho beradilar.
  • Moniakal holatda bemor ko‘p gapirishidan so‘z va jumlalarni tushirib qoldiradi. Bunday bemorlarning gaplariga tushunish qiyin bo‘ladi.
  • Ayrim bemorlar maqsadsiz harakat qilishadi, bironta ishni ham oxirigacha yetkazishmaydi. Kasallikning bu shaklida bemorlar kam uxlaydilar, 2—3 soatgacha charchoqni bilmaydilar, serjahl bo‘lib, salga janjal qilaveradilar.

Moniakal shakl turlari

  • 1. Xushchaqchaqlik maniyasi —bunda, bemorlarda xushchaqchaqlik, eyforiya (kayfi chog‘lik) va o‘zini katta tutish holatlari kuzatiladi.
  • 2.Fikr o‘zgaruvchanlik maniyasi—tasavvur, idrok etish va fikrlash qobilyatining o‘zgarib turish holatlari kuzatiladi.
  • 3. Ekspansiv maniyasi — bunda, bemorlar sababsiz ko‘plab mablag‘ ishlatadilar va quruq va’dalar berib, pullarni bekorga sarflaydilar.
  • 4. Asabiylashish maniyasi — bunda bemorlarning jahli tez bo‘lib, ular atrofdagilar bilan sababsiz urishib, ko‘proq janjallashib turadilar.

Depresssiv (tushkunlik) shakli

  • bemorlarning kayfiyati pasaygan, g‘amgin, har qanday tashqi ta’sirotlar ularning ko‘nglini ko‘tarmaydi.
  • Bemorlar sekin ovoz bilan ohista gapiradilar, ko‘p vaqt boshni egib, g‘amgin bo‘lib o‘tiradilar. Bemorlarning yaqin kishilariga nisbatan munosabati o‘zgarib, loqayd, beparvo bo‘lib qoladilar.
  • Depressiv holatda bemorlarda vasvasa paydo bo‘lib, o‘zini o‘zi ayblashga tushadi va o‘z hayotini ko‘zdan kechirib, yolg‘iz o‘zini aybdor, deb hisoblaydi.

Depressiv shaklning turlari

  • 1. Melanxoliya turida bemorlarning kayfiyati pasaygan, g‘amginlik holatlari kuzatiladi.
  • 2.Ajitirlangan melanxoliya turida esa bemor o‘zini g‘amgin sezsa-da, u tormozlanmagan, balki qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bunday bemorlarda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissiyoti kuchli bo‘ladi.
  • 3.Ipoxondrik turida—bemorlar tanalarida jismoniy yetishmovchilik va og‘riq sezadilar. Tanadagi og‘riqdan qutulish chorasi izlab, tanalariga har xil shikastlar yetkazadilar.
  • 4.Vegetativ turi— bemorlarda vegetativ nevrotik buzilishlar kuzatiladi.

Download 77.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling