Shlanga uchidan gorizontga 30


Download 104.26 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi104.26 Kb.
#1048378
Bog'liq
Oraliq va yakuniy masalalari




  1. Avtobus va motosiklchi bir-biridan 20 km masofada joylashgan. Agar ular bir yo’nalishda harakatlansa, motosiklchi avtobusni 1 soatda quvib yetadi. Agar ular bir-birlariga tomon avvalgi tezliklarida harakatlansa 10 minutdan so’ng uchrashishadi. Motosiklchi va avtobusning tezliklari qancha?

  2. Baliqchi qayiqda oqimga qarshi suzib ko’prik ostidan o’tayotganda qayiqdan ho’rak solingan idish tushib qoldi. Ho’rak tushib qolganini baliqchi 1 soatdan so’ng sezib qoldi va shu zahoti ortiga qaytdi va uni ko’prikdan 8 km masofada quvib yetdi. Oqim tezligini toping.

  3. Tekis sekinlanuvchan harakantining birinchi tekundida avtomobil tormozlansh yo’lining yarmini o’tdi. Tormozlanishning umumiy vaqtini toping.

  4. Jonglyor (sirkda sharcha o’ynatuvchi) sharchani yuqoriga otadi va maksimal ko’tarilish balandligining yarmiga yetganda ikkinchi sharchani otadi. Birinchi otilgan sharcha qo’liga qaytib tushganda nechta sharcha uchayotgan bo’ladi?

  5. 50 m masofada joylashgan nishonga miltiq yordamida gorizontal yo’nalishda ikkita o’q uzildi. Birinchi o’qning tezligi 320 m/s, ikkinchisiniki esa 350 m/s. Nishonda qolgan tirqishlar orasidagi masofani toping.

  6. Shlanga uchidan gorizontga 300 burchak ostida 15 m/s tezlikda suv oqimi otilib chiqmoqda. Shlangning kesim yuzasi 4 sm2 bo’lsa, havodagi suv massasini aniqlang.

  7. Mushuk radiusi 5 m bo’lgan aylana bo’ylab, sichqonni orqasidan 11 m/s tezlik bilan quvlaydi. Dastlab sichqon va mushuk orasidagi masofa aylana yoyining qismi uzunligiga teng bo’lgan paytda, sichqon 14 m/s tezlik bilan yugura boshladi. Qancha vaqtdan so’ng sichqon mushukdan aylananing yarniga teng masofaga uzoqlashadi?

  8. Qandaydir kuch 3 kg massali jismga a1 tezlanish beradi, 2 kg massali jismga esa a2 tezlanish beradi. Bu kuch qanday massali jismga (a1+a2) tezlanish beradi?

  9. Massasi va radiusi Yer radiusidan 3 marta katta bo’lgan planeta sirtidagi birinchi kosmik tezlikni hisoblang. Yer radiusi 6400 km, Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s2.

  10. Tinch holatdagi og’irligi 2800 N bo’lgan paqir shahtaga tekis tezlanuvchan tushiriladi. U dastlabki 10 s da 35 m yo’l o’tdi. Harakat davomida paqirning og’irligi qanday?

  11. Tezlanish bilan harakatlanayotgan lift shiftiga maxkamlangan 100 N/m bikrlikdagi prujinaga 100 g massali yuk osilgan. Prujinaning uzayishi 0.8 sm bo’lsa, lift tezlanishini aniqlang.

  12. Gorizontal sirtda tinch turgan 2 kg massali jismga 3 s davomida 10 N gorizontal yo‘nalgan kuch ta’sir ettirildi. Jism butun harakat davomida to’xtaguncha qancha yo’l yuradi . Ishqalanish koeffisentini 0.2 ga teng.

  13. Jism qiyalik burchagi 300 bo’lgan qiya tekislikda tekis sirpanib tushadi. Qiyalik burchagi 450 gacha oshirilsa, jism qanday tezlanish bilan sirpanib tushadi?

  14. Massalari teng bo’lmagan ikkita yuk blok orqali o’tkazilgan ip uchlariga osilgan. Yengilroq yuk og’irroq yukdan 2 m pastda joylashgan. Yuklar o’z holiga qo’yilganda, faqat og’irlik kuchi ta’sirida harakatlanib, 2 s dan so’ng bir xil balandlikda bo’ldi. Yuklarning massalari nisbatini toping.

  15. Konkichi 12 m/s tezlik bilan 50 m radiusli aylana bo’ylab harakatlanmoqda. U muvozanatni saqlash uchun gorizontga nisbatan qanday burchakka og’ishi kerak?

  16. Massalari 0.1 kg , 0.2 kg, 0.3 kg , 0.4 kg va 0.5 kg bo’lgan 5 ta shar vaznsiz sterjenga shunday maxkamlanganki sharlar markazlari orasidagi masofa 30 sm dan. Sistemaning massa markazi birnchi shar markazidan qanday masofada joylashgan.

  17. Shisha sharchaning xavodagi og’irligi 0.5 N, suvda 0.32 N , spirtdagisi esa 0.35 N . Shisha va spirtning zichligini aniqlang.

  18. Muz ustida tinch nturgan 60 kg massali odam gorizontal yo’nalishda 20 m/s tezlik bilan uchub kelayotgan 0.5 kg massali to’pni ushlab oldi. Odam oyoq kiyimi tagligi va muz orasidagi ishqalanish koeffisenti 0.05 bo’lsa, odam to’p bilan birgalikda qanday masofaga ortga siljiydi.

  19. Avtomobil to'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat boshlab tezlikka erishdi. Ishqalanishni hisobga olmagan holda, avtomobil tezligi 0 dan gacha ortishda bajarilgan ish va dan gacha ortishda bajarilgan ish bo’lsa, ishlarni nisbati ni toping.

  20. Traktor 1 soatda 240 m3 shag’alni 6 m balandlikka ko’tardi. Dvigatel quvvatini aniqlang. Shag’alning zichligi 1700 kg/m3.

  21. Avtomobil tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshladi. Harakatining birinchi 10 s dagi kinetik energiyasi , keyingi 10 s didagi kinetik energiyasidan kecha marta kichik?

  22. Massasi 200 g bo’lgan jism qandaydir balandlikda 20 J potensial energiyaga ega. U erkin tusha boshlagandan qancha vaqt o’tgach potensial energiyasi 2 marta kamayadi?

  23. Yukining massasi 0.2 kg bo’lgan mayatnik gorizontal holatgacha og’dirildi va qo’yib yuborildi.Yuk muzozanat holatidan o’tayotganda ipning taranglik kuchi qanday bo’ladi?

  24. Harakatlanayotgan shar, tinch turgan sharga absolyut elastik urilish natijasida ikki marta kichik tezlik bilan ortga qaytdi. Dastlab tinch turgan va harakatlanayotgan sharlar massalari nisbatini toping.

  25. Molyar massalari 2 g/mol va 12 g/mol bo’lgan, teng massali ikkita ideal gaz aralashtirldi.Aralashmaning molyar massasini aniqlang.

  26. Yopiq idishdagi gaz bosimi qizdirish natijasida 44% ortdi. Gaz molekulalarining o'rtacha kvadratik tezligi necha marta ortgan?

  27. Ikki uchi berkitilgan 1 m uzunlikdagi gorizontal trubkaning o’rtasida 20 sm uzunlikdagi simob ustuni bor. Agar trubka vertikal holatga keltirilsa, simob ustuni 10 sm ga siljiydi. Trubka ichidagi bosim qanday bo’lgan?

  28. Gaz bosimi (α-qandaydir doimiy kattalik) qonun bo’yicha o’zgaradigan jarayonda, gaz hajmi 1.5 marta ortdi. Bunda temperatura 100 K ga pasaydi. Ideal gazning boshlang’ich temperaturasi qanday bo’lgan?

  29. Bir mol bir atomli ideal gaz hajmi 1 dan 3 gacha ( -qandaydir o’zgarmas kattalik) qonun bo’yicha kengaydi. Agar boshlang’ich bosim 200 kPa bo'lsa, gaz ichki energiyasini o’zgarishini aniqlang.

  30. Bir atomli ideal gaz izobarik va izotermik jarayonda bir xil ish bajardi. Izobarik va izotermik jarayonda gazga berilgan issiqlik miqdorlari nisbatini toping.

  31. Diametiri 0.5 mm bo’lgan kapliyar nayda ko’tarilgan suv massasini aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffisenti 73 mN/m .

  32. Tomini 0.1 m bo’lgan kvadrat uchlariga q, 2q, 3q, 4q nuqtaviy zaryadlar birin ketin joylashtirildi. Agar q=3 nC bo’lsa, kvadrad markazidagi elektr maydon kuchlanganligini aniqlang?

  33. Bir xil zaryadlangan har birining massasi 9 g dan bolgan 2 ta kichik sharcha bir xil 1 m uzunlikdagi iplar yordamida bir nuqtaga osilganda sharlar osilgan iplar to’g’ri burchak hosil qilib muvozanatlashdi.Har bir zarraning zaryadini toping.

  34. Oralaridagi masofa 1 sm bo’lgan ikki vertikal plastinkalar orasiga 0.1 g massali sharcha osilgan, plastinkalarga 1 kV potensiallr farqi berilganda ip vertikaldan 300 burchakka og’di. Sharchaning zaryadini aniqlang?

  35. Sig’imlari , , bo’lgan, zaryadlanmagan kondensatorlar “yulduzcha” shaklida ulandi (rasm) va kondensatorlarning bo’sh uchlari manbadan zaryadlandi. Ulardagi potensiallar , , ga teng bo’ldi. O nuqtadagi potensialni aniqlang.

  36. 171-Rasmdagi cheksiz elektr zanjirining qarshiligini aniqlang. R=5 Om.

  37. Manbaga ulangan tashqi qarshilikning qiymati 5 marta ortganda tashqi zanjirdagi kuchlanish 40 V dan 100 V gacha ortgan bo’lsa, manbaning EYK sini aniqlang.

  38. Uzunligi 2 m va massasi 0.5 kg bo’lgan sterjen gorizontal holatda ingichka iplarga osilgan. Sterjen induksiyasi 0.5 Tl bo’lgan vertikal pastga yo’nalgan bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Agar sterjendan 5 A tok o’tkazilsa, iplar vettikaldan qanday burchakka og’adi?

  39. Zaryadlangan zarracha bir jinsli magnit maydonda aylana bo’ylab 106 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Magnit maydon induksiyasi 0.312 Tl, aylana radiusi 4 sm ga teng. Zarrachaning kinetik energiyasi 2∙10-15 J ga teng bo’lsa, uning zaryadini aniqlang.

  40. 40 ta o’ramdan ibirat o’tgazgich ramka 240 sm2 yuzaga ega. Uning atrofida ramka tekisligiga perpendikuliyar bir jinsli magnit maydon xosil qilingan. Ramka 1.15 s da 90° ga burilganda, unda o’rtacha 160 mV EYK xosil bo’ldi. Magnit maydon induksiyasini aniqlang.

  41. Yig’uvchi linza ekranda lampaning ikki marta kattalashgan tasvirini beradi. Linza ekdanga 36 sm ga yaqinlashririlganda, u ikki marta kichiklashgan tasvir berdi. Linzaning fokus masofasini aniqlang.

  42. Optik sistema fokus masofalari 12 sm va 15 sm bo’lgan ikkita yig’uvchi linzadan iborat. Linzalar orasidagi masofa 36 sm. Buyum birinchi linzadan 48 sm masofada joylashgan. Tasvir ikkinchi linzadan qanday masofada hosil bo’ladi?

Download 104.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling