Shodibekova D. A., Shodibekov D. I. Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari


Download 1.83 Mb.
bet12/22
Sana29.10.2020
Hajmi1.83 Mb.
#138002
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Shodibekova D. A., Shodibekov D. I. Tadbirkorlik va kichik bizne


Qisqa xulosalar

Kichik biznеsni boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari uni(kichik biznеsni) bajarayotgan funktsiyalariga, iqtisodiyotdagi o`rniga, u faoliyat korsatayotgan biznеs muxitga va nixoyat davlat tomonidan unga nisbatan olib borilayotgan siyosatga bog’liq. Bular kichik biznеsni boshqarishga xos bolgan omillar(faktorlar)ni kеltirib chiqaradi.

Kichi biznes korxonasini boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi turlicha boshqaruv funktsiyalarini bajaruvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan va bir-biriga bo’ysinuvchi bo’lim va bo’g’inlar tarkibini ifodalaydi.Xodimlarni boshqarish korxona ayni paytda ehtiyoj sezayotgan yoki kelajakda ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xodimlar, korxona uchun zarur bo’lgan mutaxassislar sonini, ishga qabul qilish va mehnatga haq to’lash shartlari hamda kadrlar tayyorlash siyosatini aniqlashni nazarda tutadi.
Muhokama va nazorat savollari

1. Kichik biznеsni boshqarishni mohiyati nimada?

2. Kichik biznеsni boshqarishni tamoyillarini tushuntirib bеring.

3. Kichik biznеsni boshqarishni raqobot kurashida еngib chiqishdagi o`rni nimadan iborat?

4. Kichik biznеsni boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari nima?

5. Kichik biznеsni boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari nimalarga bo’linadi?

6. Kichik biznеsni boshqarishga xos bo’lgan omllar(faktorlar)qanday?

7. Kichik biznеsni boshqarishga xos miqdori omillar(faktorlar) xorijiy davlatlarda qanday kritеriyada bеlgilanadi?

8. Kichik biznеsni boshqarishga xos bo’lgan sifat omillar(faktorlar)ni xususiyatlarini tushuntiring.

9. Кichik biznеsni boshqarishga xos bo’lgan miqdoriy omillar(faktorlar)ni xususiyatlarini tushuntiring.

10. Xodimlarni boshqarish tuzilmasi qanday faoliyat yo’nalishlarini qamrab oladi?

Asosiy adabiyotlar


  1. Shodibekova D. A. “Kichik biznesni boshqarish” (o‘quv qo‘llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O’zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2010. 280 bet.

  2. Boltaboеv M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaеva Sh.J., G`oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaеv R.S. Kichik biznеs va tadbirokrlik. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б.

  3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б.

Qo‘shimcha adabiyotlar


  1. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – kеng ko’lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo’lini qat'iyat bilan davom ettirish” Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‘zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013

  2. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с.

  3. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с.

YI-BOB: KICHIK BIZNESDA KADRLAR SIYOSATI VA PЕRSONALNI BOSНQARISН

Ushbu bobni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

1.Ishchilarni ish joylariga joylashtirishning kichik biznes tadbirkorligidagi ahamiyati;.

2.Ishchilarni ishga yollash va mehnat rezervlarini saqlash qanday yo’l bilan olib borilishi;

3.Vazifalarning mansabga ko‘ra taksimlanishi ahamiyati;

4.Kadrlar qo‘nimsizligi bilan bog‘liq harajatlarni kamaytirish uchun amaliyotda qanday usullar qo‘llanishi ;

5.Kadrlar qo‘nimsizligi muammosini qanday hal qilish mumkinligi;

6. Mehnat marketingining kichik biznes tadbirkorligidagi ahamiyati;

7. Biznesda muvaffaqiyat garovi bo‘lgan tadbirkorlik xarakteristikasi;

8. Mahalliy biznes inkubatorlar kadrlar qo‘nimsizligi muammosini hal qilishi mumkinligi;

9. Nima uchun kichik biznesda kadrlar qo‘nimsizligi yuqori?

10. Kichik biznеsda qanday huquqbuzarliklar ko‘p uchrashi xaqidagi ko’nikmalarga ega bo’ladi.



6.1. Kadrlar siyosati va personalni boshqarish

Kichik biznes korxonalari xodimlarni boshqarish bu mehnat vazifalarini bajarishda xodimlarning aqliy va jismoniy qobiliyatlaridan eng unumli foydalanish maqsadida ularning manfaatlari, xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir ko’rsatish tamoyillari, usullari, shakllari va vositalari yig’indisidir.

Xodimlarni boshqarish sohasida asosiy vazifa har bir xodimning o’z imkoniyatlarini amalga oshirishi uchun sharoit yaratish va har bir muayyan holatda insonga uning oldida turgan vazifalarni hal qilish maqsadida zarur ta’sir ko’rsatish vositalarini topish.




Xodimlar sonini aniqlash ish o’rinlari soni, xizmat ko’rsatish normalari va mehnat sig’imi kabi turli usullar yordamida aniqlanadi.

Mehnat sig’imi bo’yicha hisob-kitob usuli asosan normalashtiriluvchi ishlarda qo’llanadi. Bu usul yordamida korxonadagi xodimlar soni tuzilma bo’linmalari bo’yicha, kasbi va malakasi bo’yicha aniqlanadi.

Bu kattalik belgilangan ish hajmining (norma-soatda) bitta ishlovchining soatlarda ifodalanuvchi foydali (samarali) vaqt fondiga va normani bajarish foiziga nisbati orqali aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining sonini shuningdek, natural qiymatda aks ettiriluvchi rejadagi mahsulot hajmini ushbu mahsulotni tayyorlashning bir ishchiga mos keluvchi rejadagi normasiga bo’lish yo’li bilan ham aniqlash mumkin.

Belgilangan texnologiyalarda zarur bo’lgan xodimlar soni mahsulot chiqarish dasturi, ishchi vaqti sarfi normasi va belgilangan ish vaqti davomiyligi yordamida aniqlanadi:

bu erda:


Nxs – mazkur guruhdagi xodimlar soni normasi;

Qk - har bir mahsulot turi bo’yicha rejadagi yillik hajm;

Ntk – mazkur guruhdagi xodimlarning bitta mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi ish vaqti sarfi normasi;

Fp - mazkur guruhdagi bitta xodimning yillik vaqt fondi.

Sexlardagi ishchilar soni vaqt normasi (bitta tayyor mahsulotga) bo’yicha yoki ishlab chiqarish normasi bo’yicha (belgilangan vaqt va ishlab chiqarish dasturi bo’yicha bir ishchining ish vaqti fondini hisobga olgan holda) aniqlanishi mumkin.

Ishchilar soni vaqt normasi bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:





Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling