Shodibekova D. A., Shodibekov D. I. Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari


Download 1.83 Mb.
bet19/22
Sana29.10.2020
Hajmi1.83 Mb.
#138002
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Shodibekova D. A., Shodibekov D. I. Tadbirkorlik va kichik bizne

10.1 - rasm. Bozorga moslashish strategiyalarning tavsiflari

Bozorga moslashish raxbariyatga kompaniyaning asosiy vakolatlari aniqlashga, shuningdek xaridorlarning qaysi extiyojlari shu omillar bilan yuqori darajada qondirilishi mumkinligi imkonini beradi.

10.1- rasmda keltirilgan tavsiflarni kompaniyaning mavjud strategiyasi bilan muvofiqlashtirish lozim. Bozorga moslashish strategiyani qo‘llovchi kompaniyalar samarali natijalarga erishadilar. Dell computer, Singapur airlines, Tiffany & Company, Wall-Mart kabi kompaniyalar bunga yaqqol misoldir. Kompaniyaning bozorga moslashish strategiyasi uning xaridorlari bilan o‘zaro munosabatida juda

muhimdir. Biznesning barcha kuchlari iste’molchilik qiymatini yaratishga qaratilgan bo‘lsagina, u bozorga moslashish hisoblanadi”.

Bozorga moslashish, kompaniyaning barcha kuchlari iste’molchining ehtiyojlarini tushunishga va qondirishga qaratilishi lozimligini uqtiradi.

Bozorga moslashuvning tarkibi. Bozorga moslashish kompaniyalar doimo iste’molchilar, raqobatchilar va bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘adilar va ushbu ma’lumotlarni biznesning strategik istiqbolini hisobga olgan holda tahlil qiladilar, iste’molchilik qiymatini taklif qilish bo‘yicha qaror qabul qiladilar va buni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadilar (10.2 rasm)

Axborot O‘zaro

to‘plash funksional

Iste’molchilar hamkorlik



haqida ma’lumot

Error: Reference source not found
10.2 rasm. Bozorga moslashuv tarkibi

Manba. Stanley F. Slater, John C. Narver, “Market Orientation, Customer Value, and Superior Performance”, Business Horisons, March-April 1994, p. 23. Coryright 1994 by the School of Business at Indiana University.
Shunday qilib, bozorga moslashish diqqat e’tiborni iste’molchiga qaratish, raqobatchilar faoliyatini kuzatish va kompaniya ichida funksional hamjihatlikni nazarda tutadi.
10.3.Kichik biznes korxonasi marketing bo‘limlari tashkiliy strukturasining turlari

Kompaniyalarda marketing bo‘limlari strukturasi funksional, tovar, bozor va matritsa ko‘rinishida tashkil qilinadi. Bunday strukturalar mohiyati marketing haqidagi adabiyotlarda atroflicha yoritilgan uchun bu yerda to‘xtalmaymiz.



Marketing xizmatini tashkil qilishdagi yangi yo‘nalishlar .Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, biror bir biznes jarayonga moslashish, turli ishchi gruhlar tuzish va informatsion texnologiyalardan foydalanish kompaniya tashkiliy strukturasini o‘zgartirishga olib keladi. Quyida ushbu faktorlarni kompaniyaning odatdagi vertikal tashkiliy strukturasi ta’siri va yangi strukturadagi marketing bo‘limlarini ko‘rib chiqamiz.

Kompaniya tashkiliy strukturasini ayrim funksional yig‘indisi deb emas, bir biriga bog‘liq biror bir faoliyat olib boruvchi jarayon deb qarash lozim. Masalan, biror bir buyurtma olish va uni bajarish jarayonini ko‘rib chiqsak, bunda asosan ishlab chiqarish va marketing bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu vazifani bajaruvchi guruh tomonidan ushbu faoliyat monitoringi tuziladi, tahlil qilinib, tuzatishlar kiritiladi. .

1990 yilga kelib jahon miqyosida ko‘pgina tashkiliy struktura bo‘layotgan o‘zgarishlar kompaniyaning bozor ehtiyojiga to‘laroq moslashish intilishidan kelib chiqmoqda.

Tashkiliy strukturasining yangi tashkiliy formalari

Yangi tashkiliy formalardan biri “bozor koalitsiyasi” strukturasi 10.3.-rasmda ko‘rsatilgan.Ushbu tashkiliy struktura boshqarish markazi va bir necha maxsus kompaniyalarning gorizontal formada birlashishidan tashkil topadi. Bu strukturaning yadrosini barcha funksional bo‘limlar, ya’ni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa bo‘limlarni faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi marketing bo‘limi tashkil qiladi.

Bunday “bozor koalitsiyasi” struktasi asosida tuzilgan kompaniyalar shakli ko‘p tarqalgan emas. Ba’zi yapon kompaniyalarida ushbu yangi tashkiliy formaning elementlari mavjud. AQSH chakana savdo shaxobchalariga tovar yetkazib beruvchi “Vomboy Companu” tashkiliy strukturasi bozor koalitsiyasi asosida tashkil qilingan, ya’ni 20.3.-rasmda berilgan strukturaga o‘xshashdir.



(10. 3–rasm)

Pеrsonal funktsiyasi

Tadќiќot va Moliyaviy To`plash



ќayta ishlash analiz

10.-3.rasm. “Bozor koalitsiyasi” tashkiliy strukturasi.



Manba:Ravi S. Achrol, Evolution of the Marketing Organization New Formsfor turbulent Environmentse “. Journal of marketing, Oktober 1991, p.88.

Bu kompaniya mebel qo‘shimcha qismlarini yetkazib beruvchilarni o‘zida birlashtirgan. Mebelni barcha qismlarini turli ishlab chiqaruvchilar yig‘uvchi sexga yetkazib beradilar, u yerda yig‘ilib, so‘ngra magazinlarga topshiriladi.



Bizning fikrimizcha, ushbu “bozor koalitsiyasi” struktasini-turli mulk formasi asosida tashkil topgan kichik biznes korxonalarda tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

Shunday qilib, bunday tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma’lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi. Ushbu strukturani “to‘r” ko‘rinishida tasavvur etish mumkin, strukturaning asosiy maqsadi ishtirokchilar resurslari intelektidan aniq maqsad yo‘lida oqilona foydalanishdan iboratdir.



Qisqacha xulosa

Kichik biznes sub’ektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: bozor muhiti to‘g‘risida axborotni o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish.



Bozor koalitsiyasiasosidagi marketing tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma’lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi.

Nazorat va muloxazalar uchun savollar.

1. Marketing nima?

2. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari nimalardan iborat?

3. Kichik biznesda marketing maqsad va vazifalari nima ?

4. Bozorga moslashish, strategiyani shakllantirish qanday amalga oshiriladi ?

5. Kichik biznes korxonasi marketing bo‘limlari tashkiliy strukturasining qanday turlarini bilasiz ?

6. Ushbu marketing strukturalarni respublika korxonalariga tadbiq qilish mumkinmi?

7. O‘zbekiston Respublikasidagi kichik biznes korxonalarida marketing munosabatlarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim ?

8.Nima sababdan kichik biznеs korxonalari markеtingni amaliyotda qollamaydi ?

9. Kichik biznеs korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda markеtingni roli qanday ?

10.Markеtingni о’z amaliy dasturi qilib olgan qanday korxonalarni bilasiz ?

Asosiy adabiyotlar


  1. Shodibekova D. A. “Kichik biznesni boshqarish” (o‘quv qo‘llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O’zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2010. 280 bet.

  2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б.

  3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б.

  4. Кичик тадбиркорликда маркетинг 3-қисм: Ў’қув амалий қўлланма / Б.Ю.Ходиев, Ғ.А.Самадов,М.С. Юсупов ва бошқалар – Тошкент.: ЙЕH ТЕМПУС дасури “Матодор-2000”лойихаси, 2004.–144

  5. Менежмент малого бизнеса:Учебник/Под. Ред. Проф. Проф М.М.Максимцова и проф. В.Я.Горфинкеля.-М.:Вузовский учебник, 2004.-269с.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – kеng ko’lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo’lini qat'iyat bilan davom ettirish” Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‘zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish

  2. lariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с.


XI BOB: KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA BOZOR INFRATUZILMASI O‘RNI.

Ushbu bobni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

1. Bozor infratuzilmasi mazmuni;

2. Infratuzilma muassasalarining maqsadi nimadan iboratligi;

3. Infratuzilma xizmat ko‘rsatish sohalari majmuasi tarkibiga qanday ob’ektlar kirishi;

4. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari nimalardan iboratligi;

5. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolari nimalardan iboratligi;

6. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolarini hal etish choralari nimalardan iboratligi;

7. Kichik biznes korxonalari uchun infratuzilma muassasalarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozimligi;

8. Biznеs muhit dеganda nimani tushunsh lozimligi;

9. Rеspublikamiz xukumati tomonidan biznеs muxitini yaratish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda xaqidagi ko’nikmalarga ega bo’ladi
11.1. Kichik biznesni bozor infratuzilmasi

Kichik biznesni taraqqiyoti uning infratuzilmasini qay darajada rivojlanganiga bog‘liq. Bozor isloxatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish xususida to‘xtalib, erkin tadbirkorlik uchun kafolatlarni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov to‘siqlarni bartaraf etish zarur Ma’lumki, hozirgi vaqtda qishloqlarimizda an’anaviy maishiy xizmatlar bilan bir qatorda zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, xususan, internet, uyali aloqa, ya’ni mobil telefon aloqasi, kompyuterda turli xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan yangi servis shoxobchalari jadal rivojlanmoqda




Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasi, ya’ni infratuzilma muassasalari kichik biznes subyektlarining tovar va xizmatlar bozori, pul bozori, mexnat resurslari bozori, kapital bozori, shuningdek, bank tizimi, nobank moliyaviy institutlar tizimi, ulgurji vositachilik tuzilmalari, konsalting va auditorlik xizmatlari bozori, mexnat birjalari va boshqa qancha muassasalar bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqalarini ta’minlaydi, buni chizmada ko‘rishimiz mumkin. Hozir bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish zarurati bor, chunki bu siz bozor iqtisodiyoti ishlab keta olmaydi. Bozor infratuzilmasi bozorning barcha turlariga, chunonchi, tovar bozori, moliya bozori va mehnat bozoriga xizmat ko‘rsatadi.Bozor infratuzilmasini birdaniga yaratib bo‘lmaydi. U ancha uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, yuksak mahoratga ega malakali kadrlar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ham, xo‘jalik faoliyatining yangi sharoitlariga ruxan moslashishini talab etadi.


11.1. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari, zarurligi.

Bozor infratuzilmasi deganda, bozor iqtisodiyoti uchun xizmat ko‘rsatuvchi har xil sohalar tushuniladi va ular jumlasiga tijorat banklari, birjalar, auksionlar, savdo uylari, tashqi savdo firmalari, davlatning tashqi savdo mahkamalari, bojxonalar, soliq, idoralari, tijorat va soxibkorlik idoralari, savdo-sotiq, uyushmalari, vositachi firmalar, konsernlar, konsorsiumlar va boshqalar kiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozor infratuzilmasi umumiy iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq, barcha jabhalarni qamrab oladi.














Fikrimizcha, kichik biznes faoliyati bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ushbu infratuzilma obektlarining umumiy foydalanuvchisi hisoblansada, shu bilan bir qatorda o‘zining tashkil topish, amal qilish va rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiquvchi maxsus infratuzilma obektlariga ham bog‘liqligini alohida ta’kidlash zarur. Chunki bozor infratuzilmasining yuqorida sanab o‘tilgan unsurlari bilan biznes maktab, biznes inkubator, sug‘urtalash va moliyalash muassasalarining mazkur sohaga ta’siri bir xil darajada bo‘lmaydi.

Bugungi kunda kichik biznes korxonalarining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, turli xizmatlar ko‘rsatuvchi infratuzilma obyektlarining zarurligi obyektiv hol bo‘lib, u asosan, quyidagilar orqali izohlanadi: kichik biznes moliyaviy imkoniyatlarining nisbatan cheklanganligi; undagi xodimlar ham, odatda, bir necha vazifalarni uyg‘unlashtirgan holda bajarishga majburligi; xavf-xatar, taxlikaga asoslanadi va bu borada sug‘urta kompaniyalari, biznes inkubatorlar, biznes maktablar yordamiga tayaniladi. Demak, kichik biznes infratuzilmasini yetarli darajada rivojlantirmay turib, kichik biznes faoliyatini yuksaltirish borasida sezilarli o‘zgarishlarga erishib bulmaydi.


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling