Shodiyeva Surayyo " Alpomish"


Download 28.51 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi28.51 Kb.
#1818840
1   2   3
Bog'liq
Alpomishda ayollar o`rni

Alpomishning onasidir. Alpomish Kashal eliga ketganidan so'ng, undan o'ldi degan xabar keladi. Bu xabardan onaizor yig'layverib-yig'layverib, bolasining dog'ida ko'r bo'lib qoladi. Oradan yetti yil o'tib, Alpomish Boysun eliga do'st bilan dushmanni ajratib olish uchun kirib keladi. Shunda u enasini tanib, tanisa ham tanimagan kishi bo'lib,-"Kuntug'mish ena omonmisiz?"- deya o'zini Qultoy deb tanishtiradi. Enasi bunday qarasa, Qultoyning ovozi Alpomishning ovoziga o'xshaydi. Shunda ena Alpomishga qarab, bu so'zni aytib turadi:
Hoy deding bandi-bugnim bo'shadi
Sog' suyagim joy-joyidan bo'shadi,
Dovushginang Alpomishga o'xshadi.
Qultoyman deb bolam meni aldama,
Oh urganda ko'zdan yoshim sel bo'ldi.
Bolam, ketganingga yetti yil bo'ldi,
Sendan qolib ko'rgan kunim shul bo'ldi.
Ko'z yoshima yoqalarim ho'l bo'ldi, Qultoyman deb bolam meni aldama.
Sen mening holimni so'rab turasan
Jonim bolam, menga hiyla qilmagin,
Hiyla qilma mening bolam bo'lasan.
“Alpomish” dostonida yana bir mard, jasur qiz obrazi uchraydi. Bu obraz Alpomishning singlisi, qiz bola bo'lishiga qaramasdan, tog'dek g'ururi bor Qaldirg`ochdir. U otasining sandig'idan Barchinning xatini topib olib, uni Alpomishga beradi. Shundan keyin Barchinni himoya qilish uchun alplarga qarshi kurashga yuborish o`rinlarida uning mardligi va aqlliligiga guvoh bo`lamiz:
Mard yigitning yori talash bo'lami,
Er yigitning yorin qalmoq olarmi
Senday beklar bu bebaxar turarmi?
Kelar debdi, sendan umid qilibdi,
Olti oy qalmoqdan muhlat olibdi
Insof qib badbaxtlar muhlat beribdi
Sen bormasang yoring qalmoq oladi,
Alpomish ot olish uchun Qultoyning oldiga boradi, Qultoy unga do'q urib ot bermaydi. Qaldirg'och akam nima qildi deb kelayotganda, uni tushkun kayfiyatda o'tirgan holda ko'radi. Alpomish bo'lgan voqeani aytib beradi. Shunda yana oriyatli Qaldirg'och akasini ruhlantirib, unga bu so'zlarni aytadi:
Bilsang Qultoy yilqi boqar xizmatkor
Ko'p do'qlabdi, ahvolidan bexabar
Sen so'rasang ular senga javobgar
Bu yurishing, bek aka, qanday bo'lar.
Qaldirg'och bu so'zlari bilan otasi tengi odamni xizmatkor deb kamsitmoqchi emas, aksincha "akamga bu so'zlarim ta'sir qilsin",- deb shunday deydi. Alpomishga bu gaplar ta'sir qiladi va Qultoyning oldiga yana borib, undan bir otni oladi. Barchin va elini Kashal zo'rovonlaridan himoya qilish uchun otlanadi.
“Alpomish” o’zbekka xos asl ma’naviy fazilatlari ifoda etish jihatidan mislsiz hodisadir. Chunonchi, Qaldirg’ochoyimning zindonda yotgan akasini qutqarishini iltijo qilib Qorajonga deganlarida millatimizga xos ne bir buyuk sifatlar aks etganligi chin:
So’z aytayin, aka, sizga bir alvon,
Do’st degan xudoning oti, Qorajon,
Bek og’angni izlab borsang, mehribon,
Sen chiqarib olib kelsang zindondan,
Shu xozmatni bajo qilsang, qorajon,
Sen ham mening akamsan-ku, mehribon.
Ushbu satrlarda Allohning ming ismidan biri bo’lmish Do’st otini ma’naviyatning eng baland yuksakliklarida deb bilgan o’zbek ruhiyati to’liq aks etgan deyish mumkin. Qaldirg’och uchun Qorajon begona emas. Qiz Qorajonni og’a deb biladi. Qaldirg’ochning unga murojaatida zarra qadar sun’iylik, yigitning malollanishidan xavotir yo’q. Chunki do’slikning muqaddas talablari ularni bir-birlari uchun mas’ullik iplari bilan mustahkam bog’lagan. Qaldirg’och Qorajonni Qalmoq sari yo’llar ekan, bir qator hayotiy asoslar ham topadi: Sendan boshqa odam borib bo’lmaydi,
Balki borgan zindonini ko’rmaydi,
Bundan borsa, uning o’zi bilmaydi,
Bilgandan so’rasa, omon kelmaydi,
Har kim borib ishni o’rin qilmaydi,
Mehribonim, sen bormasang bo’lmaydi.
Dostonda turli xil toifadagi va turli xil xarakterdagi ayollarni uchratish mumkin. Shulardan biri Kashal elining podshohi Toychaxonning qizi
Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling