Shodiyeva Surayyo " Alpomish"


Download 28.51 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi28.51 Kb.
#1818840
1   2   3
Bog'liq
Alpomishda ayollar o`rni

Tovka oyimdir. U Alpomish yasagan chanqobuzga qoyil qolib, cho'poni Kaykubod boshchiligida uning oldiga boradi va uni bir ko'rishda yoqtirib qoladi hamda ushbu so'zlarni aytadi:
Sizga qurbon bu mening shirin jonim
Zindon ichida g'arib bo'lgan mehmonim
Sizni eshitib mehnat tortib kelaman,
Otim Tovka, shohning qizi bo'laman.
To o'lguncha senga xizmat qilaman,
Zindondan chiqarsam nimam bo'lasan?
Davlatim bor sholi- sholdan so'rayin
Jamolim boldan urib senga qarayin.
Seni loyiq ko'rsa qodir xudoyim
Menday oyim senga cho'ri bo'layin,
Zindon bo'lgan begim sendan so'rayin
Zindondan chiqarsam nimam bo'lasan?
Tovka oyimning bunday so'zlari bir qaraganda yengil qizlarning so'zlarini eslatadi. Yigit kishiga bir qarashda "Zindondan chiqarsam nimam bo'lasan?"- deb aytish qizlarga xos ibo-hayo hisoblanmaydi. Balki Tovka oyimning bu so'zlari hech narsaga zor bo'lmay, erka o'sganidir, balki Alpomishdek baquvvat yigit Tovka oyimdek shoh qizlarini ham es-hushini olarlik darajadadir.
Dostondagi ayol obrazlardan yana biri bu Surxayl kampirdir. Uning yetti alp o'g'lini Alpomish o'ldirganidan so'ng u Alpomishdan qasos olish uchun Toychaxondan yordam so'raydi. Toychaxon unga qancha-qancha cho'rilar, otlar, suluv qizlar, navkarlar beradi. Surxayl kampir bularning barini Alpomishdan qasos olish uchun ishlatadi. U Alpomishni hiyla bilan yengib, oti boychibor, yordamida chuqur bir zindonga tashlatadi. Surxayl o'ta quv, makkor yalmog'iz bir kampirdir.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ma'naviy tiklanish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida mustaqilligimizni mustahkamlash uchun faol ishtirok etayotgan xotin qizlarimizning jasoratini Barchin va Qaldirg'ochlar timsolida ko'rish mumkin. Hozirgi kunda milliy sport turi bo'lmish kurashda xotin-qizlar ham qatnashib, kuragi yerga tegmay, yuqori marralarni egallab, O'zbekiston nomini jahonga tanitmoqda. “Alpomish” dostoni ayol jasorati-yu, muhabbatiga o'qilgan qasida bo'lib, bu bebaho ma'naviy qadriyat namunasi mustaqil yurtimiz qizlarini qahramonlik, vafodorlik va vatanparvarlikka undovchi muhtasham badiiy durdonadir.





Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling