„shoh oʻldi ikki kishilik mantiqiy oʻyin. Oʻyindan maqsad raqib shohini mot


Download 120.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.02.2023
Hajmi120.36 Kb.
#1158551
Bog'liq
Shaxmat - Vikipediya



Shaxmat
Shaxmat (forscha: 
تﺎﻣ هﺎﺷ, shoh mot —
„shoh oʻldi“) — ikki kishilik mantiqiy oʻyin.
Oʻyindan maqsad — raqib shohini mot
qilish . 64 ta katakli taxtada 32 ta figura
yordamida oʻynaladi.
Shaxmat taxtasi, donalari va 
shaxmat soati
.


Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi:
Shoh — 1 dona
Farzin — 1 dona
Rux — 2 dona
Fil — 2 dona
Ot — 2 dona
Piyoda — 8 dona
Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum
sondagi yurishlar qilinishi uchun
chegaralangan vaqt belgilanadi.


Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5
soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni
tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5
daqiqadan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har
bir yurishni amalga oshirish uchun
masofa va aloqa vositasi turiga qarab,
kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
Hozirgi koʻrinishdagi shaxmat hind
shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy
Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan.
Bugungi kunda shaxmat eng mashhur
oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi
sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab
millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi.
Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham
koʻriladi.


Shaxmatning kelib chiqishi chaturanga
oʻyiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi
davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan
ommaviylashdi. Arablar shaxmat
yozuvini joriy etgani uchun shaxmat
oʻyinlari matniga oid qimmatli
maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath
Ahmad ibn Sijziy „Shatranj kitobi“da 819
yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi
shaxmat musobaqasi va unda gʻolib
chiqqan oʻrta-osiyolik mashhur
shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida
yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat
voqealariga qahramon boʻlib kirgan
Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.
Tarixi

Download 120.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling