Yaratilgan sanasi: Mon, 2 Jun 2023 14: 01: 25 +0500 Page 1-savol


Download 52.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi52.97 Kb.
#1638891
  1   2   3   4
Bog'liq
OTMlardagi "Zakovat" klubi to‘garagi (02.11.2022) 2



Yaratilgan sanasi: Mon, 12 Jun 2023 14:01:25 +0500
Page 1
1-savol:
Mashhur bolalar kitobining bir ekranizatsiyasida U qirg‘oqda shaxmat o‘ynaydi va shaxmat figurasini suvga
yashirishga harakat qilayotganida o‘z jazosini oladi. Old oyoqlari uzun va egri tirnoqli bo‘lgan
dinozavrlarning turlaridan biri ham U deb nomlanadi. Savol: U kim ekanligini ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Kapitan Kryuk.
Izoh: Kapitan Kryuk Piter Pen bilan shaxmat partiyasida figurani suvga yashirayotganida timsoh uning
qo‘lini tishlab oladi va shundan so‘ng qo‘liga ilgak taqib yuradi. Old oyoqi ilgakka o‘xshagani uchun ham
dinozavrga Kapitan Kryuk nomi berilgan.
Zachot: Kapitan Huk.
2-savol:
Bir gal futbol hakami Piter Uolton o‘yin qoidasi buzilgach, futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatish uchun
keladi. Lekin kartochkalar yechinish xonasida qolganini tushunadi. Shunda hakam, sharhlovchining
fikricha, futbolchiga ALFA ko‘rsatadi. Savol: ALFA yaponchada qanday bo‘ladi?
Javob:Karate.
Izoh: ALFA bu “quruq qo‘l, bo‘sh qo‘l”. Yaponchadan “Karate” so‘zi ham ayni shu ma’noni anglatadi. Arbitr
kartochkalari esdan chiqqach futbolchiga kartochka ko‘rsatyotgandek qilib qo‘lini ko‘rsatadi.
3-savol:
Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan saylovlardan biridagi shiorda Tereza Meyning raqiblari “U Meyga barham
beradi!” deb aytgan. Savol: Uni toping.
Javob:Iyun.
Izoh: Saylovlar iyunda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tereza Meyning familiyasi esa inglizchada may oyi bilan bir
xil o‘qiladi.
4-savol:
Xitoy maqoliga ko‘ra, bir soatlik baxt uchun biroz mizg‘ib oling. Bir kunlik baxt uchun baliq oviga chiqing.
Bir yil baxtli bo‘lishni istasangiz, katta merosga ega bo‘ling. Modomiki, bir umr baxtiyor yashashni
istasangiz, SHU ISHNI QILING. Savol: Qanday ish?
Javob:Boshqalarga yordam berish.



Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling