Yaratilgan sanasi: Mon, 2 Jun 2023 14: 01: 25 +0500 Page 1-savol


Yaratilgan sanasi: Mon, 12 Jun 2023 14:01:25 +0500


Download 52.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi52.97 Kb.
#1638891
1   2   3   4
Bog'liq
OTMlardagi "Zakovat" klubi to‘garagi (02.11.2022) 2

Yaratilgan sanasi: Mon, 12 Jun 2023 14:01:25 +0500
Page 2
5-savol:
1994-yil 5-mayda San Paulu osmonida bir necha qiruvchi samalyot havoga ko‘tariladi. Birozdan keyin tiniq
osmon uzra yurakcha ichida katta qilib lotincha “S” harfini chizishadi. Savol: Shundan 4 kun oldin nima
sodir bo‘lgandi?
Javob:Ayrton Senna halok bo‘lgan.
Izoh: Formula-1 tarixidagi eng buyuk poygachilardan biri poyga paytida halok bo‘lgan.
6-savol:
“Portsmut” futbol klubi Angliya kubogini tanaffussiz o‘zida saqlab turish davomiyligi bo‘yicha rekordchi
klub hisoblanadi. Savol: Uning ushbu rekord muddati tugagan yilni toping.
Javob:1945-yil.
Izoh: “Portsmut” ketma-ket g‘alaba qozonmagan albatta. 1938/39 mavsumdagi kubokni qo‘lga kiritgan va
shu bilan Ikkinchi Jahon urushi boshlanib ketgan. Urush davrida kubok musobaqalari o‘tkazilmagan va shu
tariqa rekord o‘rnatgan.
7-savol:
“Sovetskiy sport” jurnalisti 130 kg og‘irlikdagi golkiper Daniel Badislav haqida fikr bildirarkan, sport
olamidagi bir mashhur iborani hazilomuz tarzda ishlatadi. Savol: Qaysi ibora?
Javob:Darvozabon – jamoaning yarmi.
Izoh: Og‘ir vaznli darvozabonga shu tariqa hazil qiladi.
8-savol:
Ushbu toponim etimologiyasi haqida bir necha variantlar bor. Ya’ni u yoki “odamning oyog‘i” yoki
“amirning oyog‘i” degan ma’noni anglatadi. Savol: Biroz tojikcha o‘ylangda, toponimni yozib bering.
Javob:Pomir.
Izoh: “Poyi mard” yoki “poyi amir” birikmasidan kelib chiqqani aytiladi.
9-savol:
Britaniyadagi milliy telelotereyada ishtirokchilar 1 dan 40 gacha bo‘lgan raqamlarni belgilashi lozim
bo‘ladi, lekin ishtirokchilar juda ko‘p hollarda oxirgi o‘nlikdagi raqamlarni tanlashmaydi. Savol: Buning


Yaratilgan sanasi: Mon, 12 Jun 2023 14:01:25 +0500
Page 3
sababini toping.
Javob:Chunki ko‘pchilik lotereyada tug‘ilgan kunlarni belgilaydi.
10-savol:
Rus masallaridan birida IKS IGREKga ,,Sening hayoting og‘ir. Qo‘ygin, shuncha jon kuydirib nima qilasan.
Men kabi hayotdan rohatlan” deb o‘zicha nasihat qiladi. IGREK esa IKSning beg‘amligidan tashvishga
tushadi. Mashhur sportchilardan biri o‘z siri haqida gapirar ekan IKSni ham IGREKni ham eslab o‘tadi. D/S:
O'sha qirol kim edi? Savol: O‘sha sportchi kim?
Javob:Muhammad Ali.
Izoh: IKS bu kapalak, IGREK esa ari edi. Bokschi Muhammad Ali o‘zi haqida “Kapalakdek harakatlanib,
aridek chaqaman” degan.
Zachot: Kassius Kley.
11-savol:
BMT delegatsiyasi Kiribati davlatiga borganida Pan Gi Mun mehmonxonaning har bir xonasida U borligini
ko‘radi. UNING dastlabki ko‘rinishlari o‘rdak patlari bilan to‘ldirilgan. Savol: U nima?
Javob:Qutqaruv halqasi.
Izoh: Okean havzasida joylashgan Kiribatini istalgan paytda suv yuvib ketishi mumkin. Shuning uchun
odamlar bunga tayyor turishlari kerak.
Zachot: Qutqaruv jileti.
12-savol:
Amerikadagi pitsa tayyorlash tarmoqlardan biri shunday ko‘rsatmaga ega: ishchilar kuniga bir necha
marotaba bir ishni takrorlashadi. Shu ish davomida “Happy birthday” qo‘shig‘ini ketma-ket ikki marta ijro
etishadi. Savol: Bu qo‘shiqni aynan qaysi jarayonda ijro etishadi?
Javob:Qo‘l yuvish paytida.
Izoh: Qo‘shiq ikki marta ijro etilishi taxminan 20 sekundcha vaqt oladi va bu muddat qo‘l yuvishning ideal
davomiyligi hisoblanadi.
13-savol:
O‘tgan asrning 20-yillarida bir ko‘ngilochar ish shu darajada ommalashadiki, Nyu-York talabalari shahar



Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling