Shohnoma”ning kompozitsion qurilishi Reja: Firdavsining shohnoma asari haqida Shohnoma eng yirik epik asar


Download 19.08 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi19.08 Kb.
#264408
Bog'liq
“Shohnoma”ning kompozitsion qurilishi


Shohnoma”ning kompozitsion qurilishi

Reja:

1.Firdavsining shohnoma asari haqida

2.Shohnoma eng yirik epik asar

3.Shohnoma asarida bosh qahramonlar obrazlari

4.Xulosa

Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur oʻrgangan. Oʻz davrining qomusiy olimi boʻlib yetishgani uchun ham uni hakim deb ulugʻlashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. F. yoshligidanoq sheʼrlar mashq qila boshlagan. Bu haqda maʼlumotlar boʻlsada, sheʼrlarining oʻzi yetib kelmagan. Uning "Yusuf va Zulayho" nomli doston yozganligi xam haligacha munozarali. F. otasidan qolgan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Baʼzi manbalarda uning uzoq yillar sarbozlik xizmatida boʻlgani ham aytiladi. F.ning yoshlik yillari somoniylar davlatining gullabyashnagan davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Eron va Turon xalklarining nafakat ijtimoiysiyosiy, balki madaniymaʼnaviy hayotida ham bir koʻtarilish boʻlgan. Oʻzining kimligini anglash va uni boshqalarga ham koʻrsatish maqsadida ular Eron va Turonning shonli tarixini tiklashga intiladilar. Shu maqsadda qad. afsona va rivoyatlar, buyuk shoxlar va bahodirlar tarixi toʻplanadi va yoziladi. Bu boradagi intilishlarni somoniy hukmdorlar qoʻllabquvvatlab turganlar va toʻplangan ulkan materialni sheʼrga solishni Abu Mansur Daqiqiyni soʻraganlar. Lekin shoir endigina ming bayt ijod kilganda, fojiali ravishda oʻddirilgach, Buxoro amiri Nuh ibn Mansur Somoniy F.ni huzuriga chorlab, unga chala qolgan "Shohnoma"ni nihoyasiga yetkazishni buyuradi. Bundan maqsad shonli tarixi va buyuk shaʼnshavkatiga koʻra forsiy xalklarning arablardan kam emasligi, balki ustunligini koʻrsatish va ularga qarshi kurashda foydalanish edi. Vatanga va uning buyuk tarixiga muhabbat ruhida tarbiyalangan, bolalikdan qad. afsona va rivoyatlar, qaxramonlik qissalari, jangnomalarni jon qulogʻi bilan tinglab ulgʻaygan F.ning oʻzi ham xalq ichida yurib, ularni yozib olgan, koʻplab ogʻzaki va yozma materiallar toʻplagan.

ShohnomaTahrirlash

Shohnoma, buyuk fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiyning shoh asari.

Qadimgi shohlar haqidagi rivoyat, afsonaviy va epik dostonlardan iborat kitoblar nomi. Firdavsiy "Shohnoma" asarini Soʻgʻdda va Sosoniylar imperiyasi davrida mavjud bolgan rivoyatlar asosisda qayta ishlangan.

Choriyeva D .D, [29.03.21 16:44]

materiallar toʻplagan.

ShohnomaTahrirlash

Firdavsiy Sulton Mahmud G'aznaviyga "Shohnoma"-ni o'qib eshittirmoqda

Eron va Turon xalklarining qariyb 3 ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan "Shohnoma" ustida F. 30 yildan ortiq mehnat qilgan. Tadqiqotchilar asarni 3 qismga boʻladilar: 1boʻlimda eng qad. afsonalar qayta ishlanib, nazm ipiga terilgan boʻlsa, 2 boʻlimda xalq qahramonlari haqidagi rivoyatu qissalar badiiy talqin qilinadi. 3boʻlimda tarixiy shoxlar hayoti tasvirlangan. "Shohnoma" eng qad. davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlanadi. "Shohnoma" hajmi (60 ming baytni oʻz ichiga oladi), mavzu koʻlami, obrazlar olami, qahramonlarning koʻp va xilma-xilligi, gʻoyaviy motivlari va koʻtarilgan masalalar jihatidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asar. 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan bu asarda mingdan ziyod kattakichik personajlar ishtirok etadi.

"Shohnoma" garchi shohlar kitobi deb atalib, 50 podshohlikdan iborat 4 sulolaning tarixi ni tadrijiy ravishda yoritgan boʻlsada, barcha kurashlar va qahramonliklar xalq ichidan chiqqan bahodirlar tomonidan amalga oshirilgan. Asarda Vatan va xalq yoʻlida jonini tikkan yuzlab fidoyi qahramonlar obrazi yaratilgan. Podshohlar bahonasida xalq, uning tarixi, qadriyatlari, qahramonliklari ulugʻlangan. Ayni jihatdan "Shohnoma" — xalq zakovati va jasoratiga qoʻyilgan oʻziga xos nazmiy haykal.

Firdavsiy vafotidan soʻng, "Shohnoma" jiddiy oʻzgarishlar va buzilishlarga duch keldi.[1] Bizgacha etib kelgan fors tilidagi eng qadimgi Shohnoma roʻyxati 1276-1277 yillarga toʻgʻri keladi. Shunday qilib, u Firdavsiy vafotidan 250 yil oʻtgach tuzilgan.[2]

"Shohnoma"ning asosiy gʻoyasi — vatanni ulugʻlash, xalq qudrati va zakovatini koʻzkoʻz qilish, va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. "Shohnoma"dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tuye, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. "Zol va Sudoba", "Bijan va Manija" dostonlarida chinakam baynalmilallik gʻoyalari ilgari surilgan. "Isfandiyor", "Shogʻod", "Oʻn ikki muhoraba" dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu sarkardalar keskin qoralanadi. "Siyovush" dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.

"Shohnoma" chinakam xalq kitobiga aylanib, xalq orasida keng tarkalgandan soʻng muayyan oʻzgarishlarga ham uchragan. Shuning uchun temuriy shahzodalardan Boysunqur Mirzo uning 40 dan ortiq nusxalarini oʻzaro qiyoslab, mukammal matnini tuzdirgan.

Fanda "Shohnoma"ning temuriyzoda Boysunqur nusxasi sifatida mashhur bu matn asarning ishonchli nusxalaridan biri hisoblanadi. "Shohnoma"ning tanqidiy matnlari ichida eng moʻʼtabari Ye.E.Bertels va Abdulhusayn Noʻshin taxriri osida SSSR FA Sharqshunoslik instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan 9 jildlikdir.

Shoir jasadi otasidan qolgan bogʻning bir chekkasiga koʻmilgan. 1934 yilda F. tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan shoir qabri ustiga maqbara qurilgan va u shoir muxlislarining muqaddas ziyoratgoqiga aylangan.

Sharq mamlakatlarida shohnomaxonlik bir anʼana tusini olgan. F. qahramonlari oʻzbek xalqi orasida ham qadimdan mashhur. "Kitobi Jamshid", "Kitobi podshoh Afrosiyob", "Shoh Tahmurasp" nomli xalq kitoblari, "Rustam va Suhrob", "Doro va Iskandarbek" kabi xalq ertaklarida "Shohnoma" taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi.

"Shohnoma" dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 13-asr boshida arab, 15—16-asrlarda turk va gurji, 19-asrda esa fransuz, ingliz, nemis, italyan va rus tillariga oʻgirildi. "Shohnoma" oʻzbekchaga Shoh Hijron, Xomushiy (18-asr), Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy (19-asr), Sh. Shomuhamedov, Hamid Gʻulom, Nazarmat, J. Jabborov (20-

asr)lar tomonidan tarjima qilingan boʻlsada, bu tarjimalarning birortasi toʻliq emas. "Shohnoma" syujetlari asosida "Zahhoki Moron", "Siyovush", "Rustam va Suhrob", "Faridun" singari sahna asarlari yaratilgan.

Taxminan 963 - yil Abd al-Muayyad Balxiy nasriy "Shohnoma" yozgan. U bilan ayni vaqtda Masʼud Marvaziy va Abu Ali Balxiylar "Shohnoma" bitganlar. Balxiy asarida Firdavsiy "Shohnoma"sida tilga olinmagan Narimon, Som, Ogʻush, Vahodan, Kayshikan nomlari bilan bogʻliq lavhalar mavjud boʻlgan. Marvaziy oʻz "Shohnoma" sini birinchi odam va birinchi podshoh Kayumarsdan boshlab, somoniylar davlatining oxirgi davri tasviri bilan tugallaydi. Bu borada toʻplangan katta tajriba va yigʻilgan salmoqli material asosida somoniy hukmdorlar buyrugʻi va homiyligida Abu Mansur Daqiqiy nazmiy "Shohnoma"ga qoʻl urgan. Biroq u Zardusht, Gushtasp va Arjasp dostonlarini — jami 1000 bayt yozgan-da, fojiali ravishda oʻldirilgan.

Temuriyzoda Boysunqur davridagi "Shohnoma" nusxasidan rasm

Daqiqiy boshlagan ishni Abulqosim Firdavsiy nihoyasiga yetkazgan: 50 podshohlikdan iborat, 4 ta sulola misolida Eron va Turon xalqlarining qariyb toʻrt ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan 60 ming bayt (120000 misra)dan iborat muazzam "Shohnoma" ustida u 30 yildan ortiq vaqt ishlagan. U eng qadimgi davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlangan. Firdavsiy "Shohnoma"-si oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, unga javoban koʻplab "Shohnoma"-lar yozilib, oʻziga xos shohnomanavislik anʼanasi vujudga kelgan. Bu anʼanani Asadiy Tusiy boshlab bergan: u 1066 yilda 145 bob, 9000 baytdan iborat "Gershaspnoma" dostonini yaratgan. qadimiy Eronning afsonaviy qahramoni boʻlgan Gershasp Jamshidning 6 - avlodi, Firdavsiy qahramoni Rustamning katta bobosidir. Firdavsiy "Shohnoma"-sida Gershasp haqida batafsil toʻxtalmagani uchun Asadiy Tusiy uning faoliyatini keng yoritishni maqsad qilgan.

Firdavsiy vafotidan soʻng, "Shohnoma" jiddiy oʻzgarishlar va buzilishlarga duch keldi.[1] Bizgacha etib kelgan fors tilidagi eng qadimgi Shohnoma roʻyxati 1276-1277 yillarga toʻgʻri keladi. Shunday qilib, u Firdavsiy vafotidan 250 yil oʻtgach tuzilgan.[2]

11 — 12-asrlarda "Barzunoma", "Bahmannoma", "Qushnoma", "Faromurznoma" asarlari, keyinroq — moʻgʻullar hujumi arafasida "Jahongirnoma", Qoneʼiy Tusiyning "Saljuqnoma"si, 1300 yilda qatl etilgan shoir Robeʼiy Bushanjiyning "Kartnoma"si, temuriylar davrida "Somnoma", Rustamning qizi Gushaspbonuga bagʻishlangan 4 doston paydo boʻlgan. Bu dostonlar orasida eng salmoqlisi "Barzunoma" boʻlib, uning 2 nusxasi maʼlum: kichigi — 45, kattasi — 65 ming bayt. Qoʻlyozmalari Parij va Dushanbeda saqlanadi. Uning oʻzbekcha nusxalari ham mavjud.

"Shohnoma" taʼsirida bir necha tarixiy va tasavvufiy dostonlar ham yaratilgan: "Iskandarnoma"lar, mutasavvif shoirlar yozgan pandnoma dostonlar, "Shahanshohnoma" nomlari bilan ijod qilingan asarlar shular jumlasidandir. Faqat Hamdulloh Mustavfiy Qazviniyning "Zafarnoma" kitobi "Shohnoma"ning davomi boʻlib, 1335 yilgacha boʻlgan tarixiy voqealarni oʻz ichiga oladi. Sohib nomli shoir ham 1320 yilda yozilgan "Daftari dilkusho" asarida "Shohnoma"-ni davom ettirgan. Badriddin Chochiy ham 35 ming baytdan iborat "Shohnoma" yozgan boʻlsada, u hali topilgan emas. Turk shoiri Uzun Firdavsiy ham Boyazidga atab "Shohnoma" yozgan. Lekin sulton shoirga dostonini ixchamlashtirishni buyurganidan achchiqlanib, unga qarshi hajviya yozib, Xurosonga qochib ketadi.

Bagʻishlovni hisobga olmaganda, Firdavsiy "Shohnoma"-sida islom dinining taʼsiri deyarli yoʻq. Holbuki, unga ergashib yozilgan "Shohnoma"-larda mualliflarning musulmon ekanligi yaqqol sezilib turadi, baʼzi dostonlarda bahodirlar hatto islom dini uchun kurashchilar sifatida tasvirlanadi. Safaviylar davrida yozilgan "Hovaronnoma"da shialik mazhabi uchun kurash asosiy oʻrinni egallaydi va hatto bosh qahramon oʻrnini Hazrat Ali egallaydi. Bundan tashqari, bu dostonlarning barchasi uchun xos xus

usiyat ularda pand-nasihat motivining ustunligidir. "Gershaspnoma"ning ham uchdan bir qismini pand-nasihat tashkil etadi. Bu asarlarning birortasi gʻoyaviy-badiiy jihatdan Firdavsiy "Shohnoma"-si darajasiga koʻtarila olmagan, adabiyot taraqqiyotida ham sezilarli rol oʻynamagan.

Choriyeva D .D, [29.03.21 16:54]

Shohnoma» ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar sflsilasidan iborat bo’lib, ularda ta’limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she’rlar va boshqalar ham bor.

«Shohnoma», kompozitsion qurilishiga ko’ra, turli hajmdagi 50 ta podshohlikning tasvir va tavsifidan iborat. Ayrim podshohliklarning tasviriga esa, o’z navbatida, yana bir necha dostonlar bag’ishlangan.

«Shohnoma» shartli ravishda uch qismga bo’linadi: 1) mifologik, 2) qahramonlik va 3) tarixiy qismlar. Agar mifologik qismga «Avesto»da qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonik tasawurlar aks etgan asarlar kirsa, qahramonlik qismini bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlari tashkil etadi. Bu turkumdagi asarlar markazini Rustam obrazi egallaydi. Shu bilan birga Siyovush, Isfandiyor, Iskandar, Bahrom Go’r obrazlari ham shu turkumdagi dostonlarning g’oyaviy yo’nalishini belgilab keladi.

Firdavsiy «Shohnoma»si Sharq adabiyotida xamsachilik an’analarining paydo bo’lishi va shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Nizomiy, Xusrav

pehlaviy, Navoiy xamsalaridagi ayrim sujet chiziqlari va qahramonlar Firdavsiy •«Shohnoma»sidan o’sib-unib chiqqan. Ana shunday qahramonlardan biri

• Iskandardir. Navoiy, Firdavsiydan farqli o’laroq, Iskandarni to’Ia-to’kis ijobiy I qahramon darajasiga ko’tarib, u orqali o’z idealidagi odil podshoh obrazini yaratgan.

«Shohnoma»dagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar,

• san’atkoriar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

a) mifologik obrazlar: Kayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid va boshqalar.

b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va •boshqalar.

v) tarixiy personajlar Iskandar, Bahrom Go’r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshqalar.

«Shohnoma»dagi afsonaviy qahramonlar orasida Rustam bilan birga Kova : obrazlari alohida ahamiyatga molik.

Ahrimanning fitnasi bilan saltanatni egallab, ming yil davomida toj egasi bo’lgan Zahhok mamlakat ahlini qon qaqshatib, yelkasidan o’sib chiqqan ilonlarni ularning miyasi bilan parvarish etadi.

Temirchi Kova mamlakatda adolat daraxti qurigan va zulm-zo’ravonlik

Bavjga chiqqan bir zamonda bedodlikka qarshi bosh ko’taradi. U ofat va falokat, zulm va o’lim timsoli bo’lgan Zahhokka qarshi sabr kosasi to’lgan xalq ommasini yetaklaydi va xalq qo’zg’oloniga rahbarlik qiladi. Uning peshbandi xalq qo’zg’olonining bayrog’iga, zulmga qarshi ko’tarilgan qutlug’ harakatning

Eramziga aylanadi. Natijada xalq ommasining junbishga kelgan to’lqini Zahhok va uning saltanatini yemirib tashlaydi.

Ammo Firdavsiy tasavvurida yangi barpo etilajak rnamlakatga temirchi Kovaning rahbarlik qilishi g’ayri tabiiy edi. Shuning uchun ham u Zahhokning o’rniga Jamshidning o’g’li Faridunning saltanat sohibi bo’lgani va uning podshohlik davrida elu yurtda adolat tantana qilganini tasvirlashga alohida e’tibor beradi. Shu tarzda Faridun «Shohnoma»da odil podshoh sifatida talqin etiladi.

«Shohnoma» jahon adabiyotining muhtasham obidalaridan biridir. Asar boshidan oxiriga qadar aruzning mutaqorib bahri (faulo’n faulo’n faulo’n faul) da yozilgan. Firdavsiydan keyin qahramonlik dostonlarini aruzning shu bahrida yozish Sharq adabiyotida an’ana darajasiga ko’tarildi. Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma», Xusrav Dehlaviy «Oinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiy f esa «Xiradnomai Iskandar» («Iskandarning donishmandligi nomasi») dostonlarini shu bahrda yozganlar. «Shohnoma»ning masnaviy yo’lidagi qofiya tizimi ham Sharq dostonchiligida barqarorlashgan.



O’zbek xalqi «Shohnoma» va uning muallifi Firdavsiyni uzoq zamonlardan beri e’zozlab keladi. Asar asliyati va turli tarjimalari xalqimiz tomonidan sevib o’qib kelinadi. U ilk bor 1682-yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma»ning o’zbekcha nasriy variantini yaratgan.
Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling