Shoir ijodida milliy qadriyatlarning afsonaviy variantlari
Download 14.42 Kb.
|
Bahriddinova Shahnoza Taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoir ijodida milliy qadriyatlarning afsonaviy variantlari
- Taqrizchi: Z. Eshonova, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, phd dotsent AnDU
Andijon davlat universiteti 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi 404-guruh talabasi Bahriddinova Shahnozaning “Hamid Olimjon ijodida folklor va kichik janrlar ifodasi” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishi TAQRIZ Bitiruv-malakaviy ishi kirish, uchta bob va xulosa qismlaridan iborat. Har uchala bob o’z ichiga bir nechta paragraflarni qamrab olgan. Unda o’zbek va ingliz tillarida bog’lovchilar semantikasi haqida so'z boradi va dalillar bilan ochib berilgan. Bitiruv-malakaviy ishiga oid maqsad va vazifalar aniq qo’yilgan va maqsadga muvofiq bajarilgan. Bitiruv-malakaviy ishi mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili ko’rsatilgan. Shuningdek, bog’lovchilarning sintaktik xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil qilingan. Bog’lovchilarning shakllanish va rivojlanish bosqichlari chuqur o‘rganilgan. Bog’lovchilar va ularning tilda qo‘llanilishi tadqiq qilingan. O’zbek va ingliz tillarida bog’lovchilarning tilshunoslikda o’rganilishi ko’rsatilgan. Bitiruv-malakaviy ishi 2 bobdan iborat va ikkala bob ham bir nechta paragraflarni o’z ichiga olgan. 1-bob “Hamid Olimjonning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni” deb nomlangan hamda ushbu bobda o‘zbek tilida bog‘lovchilarning o‘rganilishi va undagi muammolar ingliz tilshunosligida bog‘lovchilar ta’rifi hamda tasnifi nazariyasi haqida ma’lumotlar berilgan va shuningdek 1-bob bo’yicha xulosa berilgan. Bitiruv-malakaviy ishining 2-bobi asosan “Shoir ijodida milliy qadriyatlarning afsonaviy variantlari” deb nomlanib, o‘zbek va ingliz tillarida bog‘lovchilarning sintaktik tasnifiga shu bilan birgalikda o‘zbek va ingliz tillarida bog’lovchilarning gap strukturasidagi sintaktik bog’lanishlariga e’tibor qaratilgan va bob bo’yicha xulosalar berilgan. Bitiruv-malakaviy ishi xulosalarida bog‘lovchilarning o’zbek va ingliz tilidagi nazariy asoslarini hamda ularning o‘rganilish tarixlari bilan birgalikda bog‘lovchilarning tilshunoslikdagi vazifalarini ham asosli fikr-mulohazalar orqali yoritib berilgan. Shuningdek, so‘z turkumlari umumiy tilshunoslik nazariyasida eng ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgan mavzu ekanligi ham aniq nazariy asoslar bilan ko‘rsatib berilgan. Bitiruv-malakaviy ishida keltirilgan fikrlar o’z o’rnida ishonarli misollar bilan keltirilgan va amaliy ishlar me’yoriy darajada yoritib berilgan. Undagi ayrim kamchiliklar dissertatsiya ishining umumiy mazmuniga salbiy ta’sir qilmasligini hisobga olib, ishni ijobiy baholash va himoyaga tavsiya etish mumkin. Taqrizchi: Z. Eshonova, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, phd dotsent AnDU Download 14.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling