Hamid Olimjon ijodida folklor va kichik janrlar ifodasi” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar xulosasi
Download 16.06 Kb.
|
Bahriddinova Shahnoza Ilmiy rahbar xulosasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: S.R. MIRZAYEVA ADU, f.f.d,professor
Andijon davlat universiteti 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi 404-guruh talabasi Bahriddinova Shahnozaning “Hamid Olimjon ijodida folklor va kichik janrlar ifodasi” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar XULOSASI Bitiruv malakaviy ishida Hamid Olimjon ijodida folklor va kichik janrlar bilan bog’liq masalalar dalillar bilan chuqur tahlil qilingan va dolzarb mavzulardan biri hisoblangan ijodkor asarlarida xalq og’zaki ijodi na’munalarining ishtirok etishi hamda ularning g’oyaviy xususiyatlari ustida tadqiqot olib borilgan. Ijodkor asarlaridagi kichik janrlarning funksiyalari va xalq og’zaki ijodi namunalarining asar mazmuniga yuklagan ma’nosi asosli ko’rsatilgan. Folklorizmlarning adabiy asar tarkibida kelib, asarning g’oyaviy xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishi, xalq dostonlari singari sodda va ravon o’qilishi ham nazardan qochirilmagan. Ijodkor asarlarida xalq og’zki ijodidan keltirilgan misollar asar mazmuniga qay darajada to’g’ri kelishi ilmiy asoslangan holda nazariy va amaliy tadqiq qilingan. Bitiruv malakaviy ishi 2 bobdan iborat va ikkala bob ham bir nechta paragraflarni o’z ichiga olgan. 1-bob Hamid Olimjonning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni, adib asarlarining o’zbek adabiyotining rivojlanishiga qo’shgan hissasining tadqiq etilishiga bag’ishlangan. Shuningdek, 1-bob bo’yicha xulosa berilgan. Bitiruv malakaviy ishining 2-bobi asosan shoir ijodida milliy qadriyatlarning afsonaviy variantlari hamda ularning shoir ijodida tutgan o’rni va ularning milliy madaniy xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan. Hamid Olimjon ijodining folklor bilan bog’liq bo’lgan jihatlari tahlil qilingan va bob bo’yicha xulosalar berilgan. Bitiruv malakaviy ishi boblari bo’yicha umumiy xulosa berilgan. Bitiruv malakaviy ishi xulosalarida Hamid Olimjonning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni, asarlari tahlili, ijodkor asarlariga xalq og’zaki ijodining ijobiy ta’siri, ijod na’munalaridagi xalqona talqin, fikrni yorqin, aniq ifodalanilishi, ta’sir doirasiga e’tibor berish to’g’risida tadqiqot ishlari olib borilgan. Bitiruv malakaviy ishisida keltirilgan fikrlar o‘z o‘rnida ishonarli misollar bilan keltitilgan va amaliy ishlar me’yoriy darajada yoritib berilgan. Bitiruv-malakaviy ishini himoyaga tavsiya etish mumkin. Ilmiy rahbar: S.R. MIRZAYEVA ADU, f.f.d,professor Download 16.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling