El ishqimdan xabarsiz Matnazarman,
G’arib dostoni dostonimdan o’tdi.
Maqta’da shoir o’zini “xabarsiz Matnazarman” deb sifatlaydi.Bu yuqorida keltirganimiz kabi “Sifatlash” san’atini yuzaga keltiradi.Ushbu baytda “talmeh” san’ati ham hammohirona qo’llangan.Talmeh-(“nazar solmoq”) she’r yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar,afsonalar,adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilish san’atidir.Ushbu baytda shoir “ G’arib dostoni dostonimdan o’tdi” deya “ G’arib va Shoxsanam” dostoniga ishora qiladi.
Matnazar Abdulhakim g’azallarini o’qir ekanmiz, ma’noviy kashfiyotlardan bir karra zavqlansak, so’zni jilolantirish orqali hosil qilgan badiiy san’atlardan yana bir karra maroq olamiz. Shoir mumtoz an’analarni davom ettirib g’azalchilikda o’zining so’zini ayta oldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Amanov Ulug‘murod.Adabiyotshunoslik nazaryasi || qism. (Oliy oquv yurtlariga kiruvchilar uchun).Buxoro – 2008.
2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Darslik. –T.: O‘zbekiston, 2002.
3. Dilnavoz Yusupova.ARUZ VAZNI QOIDALARI VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI.O‘quv qo‘llanma.“TA’LIM-MEDIA” NASHRIYOTI. TOSHKENT-2019.
4.Матназар Абдулҳаким. Мангулик жамоли. Хоразм Маъмун академияси нашриёти, Хива, 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |